O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


-§. Hujjatlashtirish va ta’limni portfolio yordamida baholash



Download 202,5 Kb.
bet5/6
Sana01.07.2022
Hajmi202,5 Kb.
#725807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
35-курс иши махбуба

2.2-§. Hujjatlashtirish va ta’limni portfolio yordamida baholash
Portfolio – qabul qilingan paytdan boshlab guruhda o‘qishni tugatguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bolaning yutuqlari va ishlarining individual to‘plami. Shuningdek, bu bola ishlari va boshqa hujjatlarning maqsadli to‘plami bo‘lib, ular bola ta’lim olishi va rivojlanishidagi o‘sish haqida dalolat beradi. Bolaning rivojlanish darajasi haqida u bajargan narsalar ma’lumot beradi – rasmlar, ish daftarlari, ijodiy ishlar va boshqalar. Shuning uchun bolaning rivojlanish dinamikasi haqida yaxshi tasavvur beradigan va bolaning individual rivojlanish tarixini aks ettiradigan rivojlanish papkasi (portfolio)da bolaning ishini yig‘ib borish tavsiya etiladi. Vaqt o‘tgan sari bolaning o‘sishini qayd etib boradigan bola portfoliosi “Ilk qadam” davlat dasturi va davlat talablarini tatbiq qilish sifati monitoringining unsuri sifatida tavsiya etiladi. Portfolio bir qancha muhim vazifalarni bajaradi:
● individual bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini hujjatlashtirish usulidir. Ta’limni hujjatlashtirish, odatda, bola yoki bolalar ishi- ning turli bosqichlarda bajarilishi namunalarini o‘z ichiga oladi. Ishlar rasmlar, so‘z va sonlarni yozishga urinishlar, nutqni qo‘llash usullarini (bola fikr yoki g‘oyani ifoda etish uchun qo‘llagan aniq so‘zlar qaydlari) o‘z ichiga olishi mumkin. Surat yoki videolar bolaning faoliyati haqida vizual axborot beradi. Bola so‘zlaganini yozib olib, uni ham potrfolioga kiritish mumkin. Biz to‘plagan ma’lumotlar bolalar portfoliosiga ularning hikoyalarini gapirib berish uchun solinishi mumkin. Ota-onalar ruxsati bilan ularni guruh nima qilganini ko‘rsatish uchun e’lonlar doskasiga ham joylashtirsa bo‘ladi;
● bolaning o‘z-o‘zini baholash vositasi. Biz bolalarni o‘z ishlarini tanlashga va nima uchun uni portfolioga joylashtirishni istashlarini tushuntirishimiz/yozishimiz kerak. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar (4-6 yosh) ham o‘z o‘quv maqsadlarini belgilashga yordam berishi mumkin. Portfolioda to‘plangan ishlar bolaning o‘z oldiga o‘zi, pedagoglar yoki oila a’zolari tomonidan qo‘yilgan muayyan maqsadlarga erishganligini ko‘rsatadi. Qo‘shimcha ravishda bola faoliyatini aks ettiradigan suratlarni, nutqi yozilgan audioyozuvlarni (ota-onalarning yozma ruxsati bilan) tanlasa bo‘ladi. Agar ijodiy vazifani bola plastilin, novdalar, barglar va albomga joylashtirilmaydigan boshqa materiallardan bajargan bo‘lsa, u suratga olinadi va yopishtiriladi. Albomga sertifikatlar, mukofotlar, medallar va bola yutuqlarining boshqa natijalarini qo‘shishingiz mumkin. Bolalar portfoliosi ota-onalariga ko‘rsatilishini bilishlari kerak. Oila a’zolari ham bir necha materiallar qo‘shishi mumkin va biz ular nima uchun farzandining aynan shu ishini tanlaganlarini so‘rab, yozib olishimiz mumkin;
● portfolio bir yosh guruhidan ikkinchisiga o‘tish samaradorligini
hamda maktabga oson o‘tishni ta’minlovchi axborot manbai hisoblanadi. Portfolioni yaratishdan yana bir maqsad – bola boshqa guruhga o‘tganida pedagogga u haqida ma’lumot berish. Albomni ko‘rib chiqib, u bola bilan ishlashda nimaga e’tibor berish, mashg‘ulotlar rejasini qanday to‘g‘ri tashkil etish kerakligini bilib oladi. Portfolio har bir necha oyda to‘ldirib boriladi va bola uni ko‘ra olishi va boshqa guruh yoki MTTga o‘tishda (yoki maktabga chiqishida) o‘zi bilan olib ketishi uchun guruhda saqlanadi. Shuningdek, bu ota-onalar uchun bolaning rivojlanishi va ta’lim olishi haqida ma’lumot manbai hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi portfoliosining asosiy vazifalari:
● diagnostik – ma’lum vaqt davomida bola rivojlanishida kuzatilgan o‘zgarishlarni qayd etib boradi;
● maqsadga yo‘nalganlik – o‘quv maqsadlarni qo‘llab-quvvatlaydi (bolani nimaga va nima uchun o‘rgatyapmiz);
● motivatsion – bola erishgan natijalarni rag‘batlantiradi;
● mazmuniy – barcha bajariladigan ishlar ko‘lamini ochib beradi;
● rivojlantiruvchi – bolaning MTTga qabul qilingan kunidan to maktabga chiqqunigacha ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Har bir bolaning portfoliosi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi mumkin :
● ota-onalardan olingan ma’lumot: MTTga qabul qilinganida ota-onalardan bola haqida olingan dastlabki ma’lumot, ota-onalar bilan uchrashuvlar bayonnomalari “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik” (qo‘llanmasining 1,2-ilovalarida keltirilgan).
● bolaning rivojlanish xaritasi va bolaning maktabga tayyorligi xaritasi vaqt kesimida boladagi rivojlanishni hujjatlashtiradi;


XULOSA

Maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorgarligi xaritasi to‘ldiriladib (faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitiruvchilari uchun). Maktabga tayyorlik bolaning umumiy va rivojlantiruvchi kompetensiyalarini shakllantirishni anglatadi. Ushbu xarita maktabgacha tashkilotning har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi.


● har bir bolaning rivojlanishi va ta’lim olishida o‘sishni baholash vositasi. Tarbiyachining roli bolaning rivojlanishi va o‘sishini bir qator rivojlanish sohalarida ko‘rsatadigan ishni tanlashdir. Biz ushbu materialni nima uchun tanlaganimizni va u qanday rivojlanishni anglatishini qaydlarda yozishib qo‘yishimiz kerak; Uchta baholash natijalari asosida oxirgi yakuniy kuzatuvdan so‘ng o‘quv yili davomida bolaning rivojlanishi haqida qisqacha hisobot tuziladi va keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari shu bolaning rivojlanishida yangi kutilayotgan natijalarni hisobga olgan holda keyingi o‘quv yilida aniqlanadi. Shunday qilib, rivojlanish xaritasi ta’lim strategiyasini va ta’lim mazmunini o‘zgartirish uchun kompas bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Pedagoglar har bir yosh guruhi uchun jamlama xaritadan foydalanishlari mumkin, bu esa o‘quv yili davomida kuzatish natijalarini birlashtiradi va har bir yarim yil davomida pedagog tomonidan belgilangan rivojlanish maqsadlarini (shuningdek, ularni amalga oshirish darajasini) ko‘rsatadi (1-4 ilovalariga qarang). Ushbu jamlama xaritasi pedagogga va ota-onalarga o‘quv yili davomida bolaning rivojlanish dinamikasini ko‘rishga yordam beradi. Pedagogning xohishiga ko‘ra, har bir bola rivojlanishining jamlama xaritalari ularning portfelida ota-onalari (qonuniy vakillari) bilan kelishilgan holda saqlanishi mumkin.. Rivojlanishning beshta yo‘nalishi bo‘yicha natijalar (bola kompetensiyalari) umumlashtirilib, tavsiya va takliflar shaklida ota-onalar e’tiboriga havola etiladi.


Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish