3. Hamshiraning huquqi - 3. Hamshiraning huquqi
- 3.1. Oshpazlar tomonidan taom tayyorlash texnologiyasiga amal qilinmaganda yoki ular .o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashganlarida, ma`muriyat oldida chora ko`rish va jazolashni taklif qiladi.
- 3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ta`minotida uzilish bo`lganda, taomnomaga o`zgartirish (taomni almaiggirish) kiritish.
- 3.3. tashkilot rahbariga o`zining majburiyati va huquqi doirasida talab qo`yish.
- 3.4. Uzining malakasini oshirish.
- 3.5. Qonunda ko`rsatilgan boshqa huquqlardan foydalanish
Ombor mudirining lavozim yuriqomasi Ombor mudiri bilishi lozim Oshpazning lavozim yo`riqnomasi Xulosa - Har qanday millatning asosiy boyligi-bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`nggiga qadar bizga hamroh bo`ladi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda
- jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli
- va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini to`g`ri tashkil etish bolalar tashkilotlari rahbarlari va ma`sul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga
- kiritish zarur. Bolalarni maktabgacha ta`lim tashkiloti va oila sharoitida ovqatlantirish bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. tashkilotda xamshira tomonidan xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruhlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, ovkatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib, yaxshi nonushta qilmaydi.
- Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva yoki buterbrod) berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |