Bolaning maktabgacha ta`lim tashkilotiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi. - Bolaning maktabgacha ta`lim tashkilotiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi.
- Bola qancha yosh bulca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi, organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir. Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining boshlarida bola uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish lozim.
- Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, tashkilot xodimlarining eng asosiy vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa, bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin.
- tashkilotda maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi. Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga keltirish mumkin.
- Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida) berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220S dan past bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |