Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida taomnomaning tuzilish tartibi - Bolalar ovqatlanishining to`g`ri yo`lga qo`yilishi shifokor va hamshiralarning asosiy vazifalari;
- Shifokor yoki hamshira bolalar ovqati uchun zaruriy bo`lgan texnologiyani yaxshi bilishi shart.
- Ovqat tayyorlash texnologiyasi qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak.
Kunlik va haftalik taomnomalar qanday tartibda tuziladi
Taomnomalar xalq ta’limi bo`limi mudiri va bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhrlanib, ro`yxatdan o`tkaziladi.
Unda kunlik taomnomalarning tibbiy me’yorlarga asoslangan holda to`g`ri tuzilishi, bir kishilik ovqat hajmi, bir bola uchun kunlik sarflanadigan mahsulot miqdorining bog`cha va yasli guruhlari uchun alohida belgilanishi, taomlarning xilma-xilligiga e’tibor qaratish, taomnomada oziq-ovqat mahsulotlarini to`liq ko`rsatish lozim
Bundan tashqari ombor daftari bo`lib, u tikilgan, sahifalangan, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan bo`lishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishiga doir qanday me’yoriy hujjatlar yuritiladi?
Taomnomani tuzuvchi mas’ul shaxslar uchun eslatmalar har bir Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ilingan bo`lishi kerak
Unda har bir mahsulot uchun alohida varaq ochiladi, kirim-chiqim qilinib, qoldiqlar ko`rsatiladi. Brakeraj daftarida ovqatlarning sifati, mazasi, kunlik sinamalar olinganligi hamda ovqatning iste’molga tarqatilishiga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda yozib boriladi.
Bolalar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish qat’iy tartibda taqiqlanadi? - Yuqumli kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bolalar ovqati uchun xavfsizligi
- va sifatini kafolatlovchi hujjati bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolar; saqlanish muddati tugagan va sifatsiz ko`rinishda bo`lgan mahsulotlar; veterinariya ko`rigidan o`tmagan barcha turdagi go`sht mahsulotlari, jumladan, mol, baliq, parranda go`shti; yovvoyi hayvonlar go`shti; suvda suzuvchi parrandalar go`shti va tuxumi; yorilgan, oqqan, po`chog`i ifloslangan, shuningdek, uy xo`jaliklaridan olingan tuxum; shishib qolgan, germetik berkitilishida kamchiligi bo`lgan, yorliqsiz hamda qopqog`ida zang paydo bo`lgan konserva bankalaridagi mahsulotlar; har xil aralashmalar bilan ifloslangan, ombor zararkunandalaridan zararlangan yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlar; tashqi ko`rinishida mog`or, chirik bo`lgan sabzavot va mevalar; krem va kremli
- qandolat mahsulotlari (pirojniy, tort); go`sht mahsulotidan tayyorlangan rulet hamda liver kolbasalar; pasterizasiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog, flyagali tvorog va smetana; qo`ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlar, qo`ziqorin buloni hamda konsentrati; issiqlik ishlovi berilmagan salqin ichimliklar (mors, kvas va boshqalar); okroshka va sovutilgan sho`rvalar; makaron (go`sht qiymasi bilan), makaron bilan maydalangan tuxum; bir tomonlama chala qovurilgan tuxum; go`shtli va tvorogli blinchiklardan foydalanish va tashkilotga qabul qilib olish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |