Xodimlar o‘qitilishi kerak bo‘lgan masalalar:
■
Har kuni sog‘lom turmush tarzi va gigiyena qoidalariga amal qilish
(bolalarga
yangi gigiyena tadbirlari va foydali ko‘nikmalarni o‘rgatish; gigiyena va xavfsizlik
masalalari yuzasidan xodimlarning o‘zini o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash);
■
COVID-19 pandemiyasi davrida bolalar va MTT xodimlari uchun profilaktika
choralari va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish
(
ertalabki saralash; bemor bolalar
va xodimlarni aniqlash va yakkalash tartib-qoidalarini bilish; kasallikning asosiy
belgilarini bilish, bola bemor bo‘lib qolsa, ota-onalarga ma'lumot berish va hokazo);
■
MTT xonalarining sanitariya-gigiyenik xavfsizligini ta'minlash choralari
(xonalarni,
sirtlarni tozalash va dezinfeksiya qilish, dezinfeksiya uchun eritmalar tayyorlash,
umumiy ovqatlanish joyining ishlashiga qo‘yiladigan talablar)
.
MTT xodimlaridan xavfsizlik choralarini ta'minlash va nafaqat bolalarning sog‘lig‘ini, balki
o‘zlarning sog‘lig‘ini ham nazorat qilish talab etiladi. Yoshi yoki surunkali kasalligi tufayli
yuqori xavf ostida bo‘lgan xodimlarga alohida e'tibor berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |