3. TO‘G‘RI UXLANG.
Uyqu gigiyenasi qoidalariga binoan, kishiga kuniga 7-8 soat uxlash
tavsiya etiladi, xira yorug‘lik va xona salqin bo‘lishi kerak. Oxirgi ovqat yotishdan kamida
ikki soat oldin tanovvul qilinishi lozim. Uyquga yotishdan bir soat avval dush qabul qilish
lozim, kechasi ko‘p suv ichmaslik kerak. Smartfoningiz bilan uxlamang. Buning o‘rniga,
tinchlantiradigan musiqa tinglang.
4. BOSHQALARDAN O‘RGANING!
Yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning ijobiy
misollarini payqashga va tadbiq etishga harakat qiling. Bu sizga ruhingizni tetik
saqlashga, ish samaradorligingizni oshirishga va ishlashda davom etishingizga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |