Bolalar xarakati - Bolajanlar kapalaklardek qanot qoqishib qo‘llarini ikki yonga cho‘zishib tepaga chiqarib tushirishadi, kaftlarini ochishib gul bo‘lib ochiladi va o‘tirib turishadilar.
Tap-tap etar kaptogim,
Do‘p-do‘p etar kaptogim.
Tepganimda uzoqa,
Uchib ketar kaptogim.
Bolalar xarakati - Bunda bolalar tupni erga urgandek qo‘llarini xarakatlantiradilar, oyoqlari bilan xayolan to‘pni tepadilar.
Kaptogim otib uzoqa,
Tushib qoldim tuzoqa.
O‘ng tomonga qarayman,
CHap tomonga qarayman,
YUqoriga va pastga,
Atrofimga qarayman.
Topolmadim hech erdan,
Topaman e ndi qaydan.
Bolalar xarakati - Bolalar qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishib top otganday xarakatlantirishadi, qo‘llarini oldirga juplab erga o‘tirib olishadi, o‘ng-chap ,yuqori,past tomonlarga qarashadi va qo‘llarini pastga tushirib elkalarini qisib qo‘yishadi.
Osmonda qushlar uchar,
Erda gullar ochilar,
Baland-baland tog‘lardan.
Pastga sharqiroq suv oqar,
Quyosh issiq nur sochib,
Muzdek qorni eritar.
Do'stlaringiz bilan baham: |