O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/148
Sana17.09.2021
Hajmi1,25 Mb.
#176824
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Falsafa 
 
 
 
Pedagogikaning barcha tarkibiy qismlari 
Halq pedagogikasi 
 
 
Psixologiya va fiziologiya 
 
 
Biologiya va sotsiologiya 
 
 
Oliy o‘quv yurtida pedagogik 
yo‘nalishdagi  boshqa fanlar 
 
 
Adabiyot va san'at 
 
 
Oliy o‘quv yurtida o‘qitilayotgan 
kasb fanlari 
 
 
Oliy o‘quv yurtida o‘qitilayotgan 
kasb fanlari 
 
 
Nutq madaniyati 
 
 
Jismoniy tarbiya va sport 
 
 
Ma'rifat va madaniyat amaliyoti 
 
 


68 
 
ilmiy  usullar  bilan  qurollantiradi,  ta'lim-tarbiyaning  ob'yektiv  qonun-qoidalarini 
ishlab chiqishga manba bo‘ladi.   
Falsafiy  dialektika  pedagoglarga  hayotning  murakkabligi,  unda  bo‘lgan 
qonuniyatliklari va tasodifliklarini ko‘rsatadi va amal qilishga chaqiradi. Shu falsafiy 
asoslarga  qarab,  o‘zbek  pedagogikasi  yosh  avlodni  milliy  mafkura  ruhida 
shakllantirish  va  rivojlantirish,  uni  komil  inson  qilib  tarbiyalashni  maqsad  qilib 
qo‘yyadi  hamda  ta'lim-tarbiya    mazmuni  va  tizimini  ishlab  chiqadi.  Pedagogika 
ta'lim-tarbiyaviy  hodisalarni  boshqa  hodisa  va  voqyealar,  jamiyatning  tarixiy 
taraqqiyoti  va  aynan  shu  payt  falsafiy  dunyoqarashi  bilan  bog‘liq    holda  o‘rgatadi. 
Odamda g‘oya, tasavvur, bilim, odob-ahloq maqsadli ta'lim-tarbiya jarayonida ko‘rina 
boshlaydi.  Ta'lim-tarbiya  o‘zi  esa  ijtimoiy-tarixiy  sharoiti  va  ta'siri  natijasida  paydo 
bo‘ladi hamda ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Shuning uchun ham hozirgi ta'lim-
tarbiya  nazariyasi  va  amaliyotining  yutuqlari  falsafiy  tomondan  ham  buyuk  milliy 
g‘oya va milliy mafkuraning mahsulidir.  
Falsafaning  tarkibiy  qismlari  bo‘lmish  etika  (odobnoma,  odobshunoslik)  va 
estetika  (go‘zallik,  nafosat  ilmi)  fanlari  ta'lim-tarbiya  nazariyasiga  bir  necha 
ma'lumotlar beradi. Bu fanlar odob, xulq,, vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, xulq-odat,  
go‘zallik  va  xunuklik  kabi  falsafiy  kategoriya  va  tushunchalarni  aniqlab  berishga, 
odamning  xulqi  va  odobi  me'yorlarini  belgilashga,  hayotning  go‘zalligini,  jozibali, 
nafis  qirralarini    o‘quvchining  qalbiga  singdirilishga,  o‘qish  va  mehnatga  bevosita 
rag‘bat uyg‘otishga pedagogikaga yordam beradi.       
Kasbiy  pedagogikada  o‘quvchi-talaba  rivojlanishi  va  tarbiyasining  o‘zaro 
bog‘liqligi  muhim  muammolardan  bo‘lib,  u  ko‘p  munozaralarga  sabab  bo‘ladi. 
Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta'sirlar va 
omillar  orqali  ro‘yobga  chiqadi  Pedagogika  fani  va  amaliyoti  psixologiya  va 
fiziologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham odam miyasi va tanasida 
bo‘layotgan psixologik va fiziologik jarayonlarni, ya'ni sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, 
tafakkur  kabi  jarayonlarining  kechayotganini  bilish  uchun  aynan  shu  fanlar 
pedagogikaga  ilm  beradi.  Psixologiya  shaxsning  turli  yoshdagi  psixik  rivojlanish 
qonuniyatlarini,  ta'lim-tarbiya  ta'sirida  inson  psixikasining  o‘zgarish  mexanizmini 
tushuntiradi.  Fiziologiya  odam  badani  va  miyasi  o‘sishlari,  tananing  qismlari, 
ularning  odamning  yoshiga  qarab  anatomik  xususiyatlari  va  rivojlarini  ko‘rsatadi. 
Shunday  ekan,  ta'lim-tarbiya  jarayonida,  ko‘rsatilayotgan  o‘qitish  ta'sirining 
samarasini  bilish  hamda    o‘quv  rejalarni  belgilash  uchun    pedagog  o‘quvchilarning 
aqliy,  ruxiy  va  jismoniy  rivojlanishini,  shaxsiy  irsiyatli  va  hosil  qilgan  sifatlarini 
o‘rganishi shart. Bundan kelib chiqadiki, ta'lim-tarbiya ishlaridagi barcha masalalarni 
to‘g‘ri tushunish va amalga oshirish uchun psixologiya va fiziologiya ma'lumotlaridan 
hamma vaqt xabardor bo‘lish kerak, chunki bu bilimlar turli yoshdagi o‘quvchilarning 
hulq-atvori,  aqli,  psixikasi,  temperamenti,  shaxsiy  miya  va  tana  xususiyatlari  va 


69 
 
sifatlari,  xatti-harakatlarini  ilmli  tushunish  va  ishni  pedagogik-psixologik  tarzda 
asoslangan to‘g‘ri olib borishga imkon yaratadi.  
Shakllanish  va  rivojlanish  deganda  biz  shaxsning  jismoniy,  aqliy  va  ma'naviy 
kamol  topish  jarayonini  tushunamiz.  Bu  jarayonda  har  bir  o‘quvchining  biologik  va 
ijtimoiy xususiyatlarini bilish, ya'ni  biologiya va sotsiologiya fanlar taqdimotini jalb 
qilishga  urinamiz.    Bu  fanlar  bolaning  ijobiy  ta'lim-tarbiyasi,  shaxs  sifatida 
rivojlanishi, har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida 
shakllanish va rivojlanishning biologik va ijtimoiy qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi 
tug‘ma  va  orttirgan  omillarni,  shuningdek,  shaxs  kamoloti  faoliyatining  ta'siri  va 
ahamiyatini  aniqlaydi  va  tahlil  qiladi.  Ma'lumki,  odam  shaxs  sifatida  dunyoga 
kelmaydi, lekin uning shakllanishi avvalo tug‘ma hususiyat va qobiliyatlariga, keyin 
oila  va  jamiyat  maqsadlari  va  sharoitlariga  bog‘liqdir.  Shaxs  hayot  davomida 
murakkab  rivojlanish  jarayonini  boshdan  kechiradi,  natijada  shaxsga  aylanadi.  Shu 
sababli  shaxsni  nafaqat  biologik  maxsuli,  balki  ma'lum  ijtimoiy  tuzumning  mahsuli 
deb tushunishimiz kerak. Hozirgi jamiyatimizda yosh avlodni tarbiyalash demokratik, 
gumanistik  xarakterga  ega  bo‘lgani  sababli  ta'lim-tarbiyaning  maqsadi  va  mazmuni 
hamda  tashkiliy  shakllari  shu  davlat  va  jamiyatimiz  maqsadlariga  belgilanadi, 
kelajagimizni ravon qilish va mustahkamlash uchun  xizmat qiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillik  davri  ta'lim-tarbiya  ishlarining  maqsad  va 
mazmunini  tamoman  o‘zgartirdi.  Uzluksiz  ta'lim  maqsadi  mamlakat  Konstitutsiyasi 
va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ko‘rsatilgan  barkamol  avlod,  insonparvar  va 
vatanparvar  kishilar  jamiyatini  qurish  umumiy  maqsaddan  kelib  chiqadi.  Shu 
jumladan, oliy ta'lim shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yuksak g‘oyali, chuqur 
ma'lumotli, kasbiga puxta ega, ma'naviy va jismoniy jihatdan yetuk qilib yetishtirish 
maqsadini  ko‘zda  tutadi  va  o‘z  ishlarini  xuddi  shu  nuqtai  nazardan  yo‘lga  qo‘yadi. 
Shunda  ijtimoiy  fanlar,  ya'ni  O‘zbekiston  tarixi,  falsafa,  iqtisodiyot,  milliy 
mustaqillik  g‘oyasi,  madaniyatshunoslik  kabi  fanlar  yosh  avlodni  ta'lim  berish  va 
tarbiyalash ishlari yangi huquqiy fuqarolik jamiyatni qurish  vazifalariga qaratilgan va 
shu tariqasida pedagogika fanlari chambarchas bog‘liqdir. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish