O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Test,  so‘rovnomalar  metodi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/148
Sana17.09.2021
Hajmi1,25 Mb.
#176824
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Test,  so‘rovnomalar  metodi  -  tadqiqotchining  boshqa  kishilardan  pedagogik 
tajribaning  biror  tomoni  yoki  hodisalari  haqida  axborot  olish  jarayoni  bu  metodning 
asosini  tashkil  qiladi,  ta'lim-tarbiyada  faol  qo‘llanilmoqda.  So‘rovnoma,  ya'ni 
anketada  yaratilgan  ilmiy  farazning  dolbzarligi  va  yangiligini  aniqlash, 
o‘quvchilarning bilimini va saviyasini aniqlash, ularning fikrlarini, qarashlarini, qaysi 
fanlarga va qanday kasblarga qiziqishlarini, qaysi darsda qanday usullar bilan ishlash, 
qanday vositadan foydalanish, qanday o‘yin qilish foydali, unumli va qiziqarli o‘tadi, 
qaysi  adabiy  kahramon,  ishchi,  shifokor,  olim,  san'atkor,  o‘qituvchi,  o‘quvchi, 
sportchidan  o‘rnak  olsa  arziydi,  kelajak  orzu-istaklarini  bilish  va  tegishli  xulosalar 
chiqarish,  tavsiyalar  berish  maqsadida  o‘tkaziladi.  So‘rovnomalar  oila,  sinf,  guruh, 
maktab  jamoadagi  o‘zaro  munosabatlarni  o‘rganishda  qo‘llaniladi,  ularning 
materiallari  munosabatlarning  shakllanishidagi turli bosqichlarni  ta'riflovchi to‘siqlar 
va faol holatlarni ko‘rsatadi.   


76 
 
So‘rovnoma  metodlaridan  biri  -  bu  test  yordamidagi  sinovdir.  Test  sinovlar 
metodi  -  bu  yozma  javoblarning  ommaviy  ravishda  yig‘ib  olish  metodidir.  Test 
savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida o‘quvchilarning bilimlarini yoppasiga 
baholashdir.  Test  yordamida  sinov  o‘quvchi  yoki  o‘qituvchining  bilimi,  ilmi, 
ma'naviyati hamda yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini 
zudlik  bilan  aniqlash  yoki  baholash  imkonini  beradi.  So‘rovnomalarda  javoblarning 
ta'rifi  va  miqdori  oldindan  nazarga  olinmasada,  test  so‘rovlarda  -  savollar  muayyan 
tarzda ifodalanib, taklif qilinayotgan javoblardan bir yoki bir nechtasini tanlab olishni 
nazarda  tutadi.  Test  yordamida  so‘roq  o‘tkazish  yana  bir  ijobiy  tomoni  -  testni 
ommaviy  tarzda  o‘tkazsa  bo‘ladi,  chunki  bilimni  baholash  jarayonini  kompyuter 
yordamida  avtomatlashtirish  mumkin.  Bundan  tashqari,  test  savollari  va 
masalalarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, uning qiska va lo‘ndaligi, to‘g‘ri 
javobni  umumiy  javoblar  ichida  borligi  va  ularning  o‘quvchilarga  ko‘rsatma  bo‘lib 
hizmat qilishi, uning  javobni topishda nafaqat bilim, balki diqqat, xotira, sezgirlik va 
topqirliklar  qo‘l  keladi.  Test  sinovlarni  o‘tkazishda  o‘quvchi-talaba  va  o‘qituvchi 
orasidagi  noxush  psixologik  to‘siqlar  yo‘qoladi.  Barcha  o‘quvchi-talabalarga 
beriladigan  imtihon  sharoitlari  vaqti,  variantlarning  murakkablik  darajasi,  baholash 
mezonlari deyarli bir xil bo‘lishiga erishiladi. Test savollari o‘quvchilarning mustaqil 
ishlashini  yanada  faollashtiradi.  Test  sinovini  oliy,  o‘rta  va  o‘rta  maxsus  o‘quv 
yurtlariga  reyting  nazoratlarida  qo‘llash  ijobiy  natijalar  bermoqda.  Test  natijalarini 
avtomatlash-tirilgan  holda  ishlab  chiqish  amalga  oshirildi,  o‘quvchilarning  qaysi 
fandan  bilimlarining  past  yoki  yuqoriligini  baholash  va  uni  darhol  muassasaning 
o‘zida tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Test sinovlarini ishlab chiqish murakkab ilmiy 
jarayon.  Pirovard  natijada  tadqiqot  natijalarining  ishonchliligi  berilayotgan  savollar 
shakli va mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish