О‘zbekiston respublikasi madaniyat


Tayanch sо‘zlar va iboralar



Download 0,85 Mb.
bet21/91
Sana23.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#844494
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bog'liq
madaniyat va sanat sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish (4)

Tayanch sо‘zlar va iboralar


Axborot, ichki axborotlar, tashqi axborotlar, oddiy tizim, murakkab tizim, aralash axborot tizimi, samarali quloq solish.


Nazorat uchun savollar


  1. Axborot nima? Uning boshqaruvdagi roli nimalardan iborat?

  2. Axborotga nisbatan qanday talablar qо‘yiladi?

  3. Axborotlar qanday turkumlanadi?

  4. Samarali quloq solish nima degani, ta’rifini bilasizmi?

  5. Prezidentning axborot kommuniatsilarini rivojlantirish borasidagi qaysi Farmonlarini bilasiz?

  6. Rahbar axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qay darajada mukammal bilishi lozim?

  7. Axborotni qanday uzatish va qabul qilish lozim?

  8. Siz rahbarlik faoliyatingizda axborotlardan qanday foydalanasiz?

Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar:


1.“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida” gi Prezident Farmoni .2018 yil 19 fevral.
2.P.Fedotov. Menejment v sfere kulturi. Velikiy Novgorod , 2015.
3.M.Sharifxо‘jayev, YO.Abdullayev.Menejment.Toshkent.О‘qituvchi,2001.


    1. BOSHQARUV QARORLARI


REJA
1.Boshqaruv qarorlari va turlari. 2.Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. 3.Qaror qabul qilishni nazorat qilish.


Darsning maqsadi: talabalarga madaniyat va san’at sohalarini boshqarish qarorlari, qarorlarni nazorat qilish, bajarilishini ta’minlash xususida ma’lumotlar berish.
Inson hayoti turli xil vaziyatlar, xolatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar ekan, har bir lahzada, har bir qadamdaqaror qabul qilish zaruriyatiga duch keladi. U ish faoliyati bо‘ladimi, yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar bо‘ladimi, xatto о‘z-о‘zimizning holatimiz, о‘z-о‘zimizni tushunishga taalluqli jarayonlar
bо‘ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi kо‘ndalang bо‘lib turadi. Va bizning faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun hayotimizning qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat hollarda qabul qilgan qarorimiz xarakteriga bevosita bog‘liq bо‘lib qoladi.
О‘rinli savol tug‘iladi:
Nima uchun bitta shaxsning о‘zi turli xil vaziyatlarda, turli sharoitlarda aynan bitta masala bо‘yicha bir xil qaror qabul qilishi mumkin emas?
Bu qaror oldingi qarorning aynan aksi bо‘lsa-chi?
Nega biz ba’zi holatlarda tо‘g‘ri qaror qabul qilishda ikkilanamiz?
Nima uchun ba’zi qarorlarimiz qо‘llab-quvvatlansa, boshqalari tо‘g‘ri bо‘lsa ham, kerakli bо‘lsa ham qо‘llab-quvvatlanmaydi?
Qarorimizning о‘zgalar nazarida optimal natijaga erishishi dargumon deb gumon qilinmasligi uchun qanday harakat qilmoq kerak?
Mana shunday qator savollar inson psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqib, tо‘g‘ri javob berishga undaydi.
Ekspertlarning xulosalari shuki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik tarzda qabul qilib ham bо‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda subyektiv, psixologik omillarning roli juda yuqoriligini kо‘rsatadi. Tо‘g‘ri, qaror qabul qilish jarayonini yengillashtiruvchi kо‘plab qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin har birimiz о‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida formallashtirilmagan, subyektiv, xatto kо‘pincha intuitiv omillarning roli juda katta bо‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda qaror qabul qilish ham boshqaruv nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti bо‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, qaror qabul qilish funksiyasi jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan keskin farq qiluvchi, lekin juda о‘zaro bog‘liq ikkita sohani – tashkiliy va psixologik sohani о‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash kerakki, boshqaruv qarorlarini qabul qilish muammosi boshqaruv tо‘g‘risidagi ta’limotni rivojlanishida muhim rol о‘ynagan. Lekin uzoq yillar davomida xulq-atvorning, shu jumladan qaror qabul qilishning ratsionalligi nuqtai nazaridan yondasha borib, rahbar turli xil vaziyatlarga tо‘liq tayangan
holda tо‘g‘ri qaror qabul qilishga erishishi kerak degan qat’iy xulosaga asoslanib kelingan. Lekin CH.Bernard, G.Saymon, D.March, D.Olsenlarning tadqiqot ishlari natijasida odamga xos bо‘lgan psixofiziologik cheklanishlarning mavjudligi obyektiv sharoitlarni tо‘liq hisobga olish va natijada ratsional xulq-atvorga va qaror qabul qilishga erishish mumkin emasligi isbotlandi
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga doir qator tashkiliy omillar borki, mazkur tashkiliy omillar yordamida qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati va sifati belgilab beriladi.
Bular:

  • qaror qabul qilish muhitining noaniqligi;

-murakkabligi va dinamikligi.
Qaror qabul qilish muhitining murakkabligi deganda qaror qabul qilish jarayonida hisobga olish zarur bо‘lgan kо‘p sonli omillar mavjudligi, ularning о‘zaro bog‘liqligiva о‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi tutuniladi. Bu ma’noda ayrim omillarning о‘zaro bog‘liqligi kо‘pincha boshqa bir omillarning о‘zgarishiga sabab bо‘lishi nazarda tutiladi. Qaror qabul qilish jarayoni psixologik jarayon bо‘lganligi sababli shaxsning qaror qabul qilishiga ta’sir kо‘rsatadigan qator psixologik mexanizmlar va qonuniyatlarga, ularning fanda о‘rganilganligiga e’tibor qaratish zarur.
Inson psixologiyasida qator qonuniyatlar mavjudki, ularning qaror qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir kо‘rsatishi fanda о‘rganilgan. Bular idrok va xotira xususiyatlari, informatsiyaning qanday va tarzda kelganligi bilan bog‘liq xolatlardir.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish