I sh o n ch n o m a. Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o’z nomidan ish ko’rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli xujjat. Ishonchnomalar o’z mazmuniga ko’ra, mol – mulkni boshqarish, pul va moddiy – buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Muayyan ish – harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo’linadi.
Rasmiy (xizmat soxasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi va boshqa kooperativ hamda ijtimoiy tashkilotlar tomonidan muayyan lovozimli shaxsga uning mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi; ular muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muxr bilan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |