M a j l i s b a yo n i. Turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq xolda qayd qiluvchi rasmiy xujjat. U vokealikning o’rni, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to’g’ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini tekshirishga
imkon beradi. Doimiy ish kuruvchi organlar (ilmiy kegash, xay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko’ruvchi organlar (konferentsiyalar yig’ilishlar, slyotlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, majlis bayoni yozilishi kerak. Majlis bayonini yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Majlis bayonlari turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko’ruvchi organlar majlislarida esa yig’ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |