G u v o x n o m a. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa xolatlarini shuningdek, biror ishga vakolatini ko’rsatuvchi xujjat.
Har bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar bo’limi tomonidan guvoxnoma oladi. Bunday guvoxnoma yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadi.
D a l o l a t n o m a. Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’lik biron-bir bo’lgan voqea, xodisa, ish-harakatini yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvoxlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan xujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko’zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo’lgan vokea-xodisalarni yoki mavjud xolatni qonuniy-huquqiy jixatdan isbotlash yoki tasdiklashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat'iy belgilangan. Masalan, korxonalarning xisob-kitob bo’limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jixatdan muhim o’rin tutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |