T u sh u n t i r i sh x a t i. Xizmat soxasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jixatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo’lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo’llanuvchi xujjatdir.
X i z m a t x a t l a r i. Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy xujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko’lami juda keng bo’lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko’rsatmalar, so’rovlar, tushuntirishlar, javoblar, iltimoslar, takliflar, xabarlar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilib olinadi. Mazmun jixatdan turlicha bo’lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida qo’llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |