O’zbekiston respublikasi kon metallur0giya kombinati navoiy



Download 0,77 Mb.
bet52/77
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#287206
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti konchilik fakulteti «konchilik

Nazorat savollari:


    1. Konchilik sanoatining xalk xo’jaligidagi ahamiyati va soxaning xududimizdagi ahvoli.

    2. Foydali qazilmalarni qazib olish tarixi va qadimiy makonlar.

    3. Minerallar, madan, tog’ jinsi, konlarining zaxira ahamiyati.

    4. Ruda zaxiralarining qiymatiga ko’ra turlari va madanning og’irlik miqdorlari.

    5. Ruda tanalarining ichki tuzilishi.

    6. Qanday holatda joylashgan konlar ochiq usulda qazib olinadi?

MAVZU 11

FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ USULDA QAZISH TUSHUNCHASI




Reja


  1. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish. Ochiq kon ishlari.
  2. Ochiq kon ishlarida ochish va qazib olish ishlari.


  3. Ochiq usulda kon tayyorlov ishlari.

Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o’z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko’pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.

Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli- tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga oshiriladi.

Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:



  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish ishlari ).

Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar). Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash uchun yo’l ochib beradi.

Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:



  • kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);

  • qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-zaxira muhofazasi va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar).



1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish