Zarafshon qurilish boshqarmasi(ZQB).
1967 yilda tashkil qilingan. Ettita qurilish-montaj boshgarmasi, temirbeton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarish-texnologik butlash boshqarmasini o`z ichiga oladi.
ZQB sanoat va fuqoralar qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va temir yo`llar qurilishini bajaradi.
Qizilqum fosforit majmuasi.
Yillik ishlab chiqarish hajmi 300 ming tonna fosforit uniga teng bo`lgan korxonaning birinchi navbati 1998 yil mayda ishga tushirildi.
2001 yilning avgustida boyitilmagan fosforit unidan tashqari kuydirilgan fosforit konsentrati ishlab chiqarila boshlandi va Olmalig "Ammofos" IChB va Samargand Kimyo zavodiga jo`natildi. 2001 yilning oxirida kuydirilgan fosforit konsentrati ishlab chiqarish yiliga 430 ming tonnalik loyiha quvvatiga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |