Zargarlik zavodi.
Zarafshon shahrida joylashgan. 1992 yilda "Zarispark" O`zbekiston - Amerika qo`shma korxonasi sifatida barpo qilingan. 1996 yilda kombinat xorijiy hamkorning ulushini sotib oldi va korxona "Zargarlik zavodi" nomini oldi. Faoliyatining asosiy yo`nalishi: - zargarlik buyumlarini tayyorlash.
"Agama" davlat trikotaj fabrikasi.
"Agama" xalg iste’moli mollarini ishlab chigarish va sotish bo`yicha qo`shma korxona sifatida 1990 yil 12 aprelda barpo qilindi.
1997 yildan boshlab "Agama" - ustki trikotaj kiyimlarni ishlab chigarishga ixtisoslashgan davlat trikotaj firmasi, Navoiy KMK korxonasi.
Zarafshon yigiruv-trikotaj kombinatining birinchi navbati gurildi. Paxta va akrildan yigirilgan kalavalarning yangi turlarini ishlab chigarish o`zlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |