11-bob. Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash 55. Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini baholash maqsadida Markaz va filiallar tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.
56. Attestatsiya yakuniy onlayn test sinovlari va suhbatdan iborat bo‘ladi.
57. Attestatsiyani o‘tkazish uchun Attestatsiya komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Markaz va filiallari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
58. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Markaz va filiallari, oliy ta’lim muassasalari, oliy sport mahorati maktablari, federatsiyalar, uyushmalar vakillari jalb qilinishi mumkin.
59. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi.
60. Attestatsiya komissiyasi o‘z qarorini onlayn test sinovlari, tinglovchining yakuniy suhbat natijalarini hisobga olgan holda qabul qiladi.
61. Attestatsiya komissiyasining qarori malaka oshirish ta’lim muassasasi rahbarining kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
62. Yakuniy onlayn test malaka oshirish o‘quv rejasidagi har bir modul bo‘yicha savollarni qamrab olgan holda tayyorlangan test savollari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy onlayn test asosida tinglovchining bilim darajasi 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini o‘tkazish Markazning serverida joylashtirilgan elektron tizimga filiallar kompyuterlarining ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi.
63. Yakuniy onlayn test uchun belgilangan umumiy 50 balldan kamida 28 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbatiga kirishiga ruxsat beriladi.
64. Yakuniy attestatsiya komissiyasi suhbati tasdiqlangan savol-javoblar, tinglovchining oxirgi 5 yillik faoliyati davomida hamda uning o‘quvchilari (shogirdlari) tomonidan erishilgan natijalar, shuningdek, sport va ta’lim sohalariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha va kasbiy bilim darajasi maksimal 50 balllik tizimda baholanadi. Yakuniy onlayn test va attestatsiya komissiyasi suhbati jami 100 balllik tizimda baholanadi.
65. Kurs sinovlarida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) miqdorida to‘plagan tinglovchi kurslar va yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomning 7-ilovasidakeltirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Yakuniy onlayn testga ajratilgan 50 balldan 28 ball (56 foiz) miqdoridan va kurs sinovlarida 56 balldan (100 ballning 56 foizi) kam to‘plagan tinglovchi kurs sinovlaridan o‘tmagan hisoblanadi.
66. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan o‘tkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.