O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


-bob. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish



Download 1,43 Mb.
bet26/71
Sana22.04.2022
Hajmi1,43 Mb.
#572531
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
1.2.-UMK-STM-RAHBAR-kadrlar

7-bob. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish
22. Qayta tayyorlash, maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari 15 — 20 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, shu jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida sport turlarida o‘quv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin. Maxsus o‘quv kurslari uchun guruh talab etilgan tarkibda shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini o‘qitish qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslari bo‘yicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi.
23. Kasbiy qayta tayyorlash o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan turdosh mutaxassisliklar ro‘yxati vazirlik tomonidan belgilanadi.
24. Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Markaz va filiallar rahbarining buyrug‘i bilan kurslar boshlanishi sanasidan boshlab 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
25. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar Markaz va filiallar rahbarlarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning o‘quv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy ma’lumot, mutaxassislik, toifa va egallab turgan lavozimi, shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
26. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
27. Tinglovchilarning qayta tayyorlash, maxsus o‘quv va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari bo‘lgan taqdirda ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha navbatdagi kurslarda o‘qishga ruxsat beriladi.
28. Markaz va filiallar tinglovchilarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligi holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va vazirlikka darhol xabar beradi.
29. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, trening, ko‘chma mashg‘ulot, mahorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllarda olib boriladi.
30. Ko‘chma, amaliy mashg‘ulotlar ilg‘or ta’lim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlar negizida tashkil etiladi.
31. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish mas’uliyati Markaz va filiallarga yuklanadi.
32. Joriy yilda rejaga kiritilmagan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar Markaz va filiallar bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari mumkin.
33. Shartnoma asosida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni hamda kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Markazda tashkil etiladi.
34. Markaz va filiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etadi.
35. Markazda 3, 6 va 10 oylik maxsus o‘quv kurslar murojaat etilgan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
36. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
37. Namunaviy o‘quv rejasi va dasturlar sport, fan, texnika, texnologiyalar hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtiriladi.
38. Markaz va filiallar xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish