O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil


Havtalik mikrosiklni rejalashtirish



Download 4,17 Mb.
bet93/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Havtalik mikrosiklni rejalashtirish. O’quv trenirovka yig’inlari va yozgi oromgohlar sharoitlarida haftasiga 15 va undan ko’proq soat davom etadigan mashg’ulot yuklanmalarida (o’rgatishning ikkinchi yili va undan katta guruhlarda) kuniga 2-3 marta trenirovka o’tkazish zaruriyati tug’iladi, yuqori sport mahorati guruhlarida esa uchta trenirovka bo’lishi mumkin, ya`ni ikki mashg’ulot ovqatlanish va dam olish uchun 45 daqiqali tanaffus bilan.
Bunday hollarda bir kunda bo’ladigan darslarning yo’nalishi o’xshash va yuqorida taklif qilingan haftalik mikrosiklga mos tushishi yoki birinchi mashg’ulotlar yuqori yuklamali, keyingilari tiklovchi tavsifga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Mikrosiklning aniq vazifalari va sportchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda murabbiy haftalik sikldagi ayrim darslarni almashtirishi mumkin.
Asosiy musobaqalardan oldingi musobaqa davrining haftalik siklida sportchining holati va tayyorgarlik darajasiga qarab mashg’ulot yuklanmalari hajmi 2-3 kun oldin, bosh musobaqalardan oldin esa, 7-10 kun oldin kamaytirilishi lozim.
Bunga yana shuni qo’shimcha qilish lozimki, agar qandaydir sabablarga ko’ra taklif qilingan jadvalga asosan mashg’ulot darslarni taqsimlashning iloji bo’lmagan taqdirda ham mashg’ulot yuklanmalarining rejalashtirilgan hajmi bajarilishi shart.
Trenirovka mashg’ulotining tuzilishi. Har bir trenirovka mashg’uloti tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlaridan iborat.
I qism - tayyorgarlik qismi bo’lib, 15-25 daq. davom etadi va dars vazifalarini tushuntirishi, anjomlar va yurish, yugurish va boshqa past shiddatdagi siklik mashqlar va umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM) yoki past sur`atli eshkash eshish va texnik mashqlardan iborat chigil yozishni o’z ichiga oladi.
II qism - asosiy qism bo’lib, trenirovka mashg’uloti yo’nalishi, vositalari, davomiyligi va shiddati belgilanadi.
III qism - 10-20 daqiqa davom etuvchi yakuniy qism tiklovchi yurish, yugurish va past shiddatdagi boshqa siklik mashqlar va URM yoki past shiddatdagi eshkak eshishni, anjomlar va mashg’ulot joylarini yig’ish, mashg’ulotlarga yakun yassashni o’z ichiga oladi.
Sport tayyorgarligi jarayonini rejalashtirish texnologiyasi – bu aynan ma`lum bir vaqt oralig’ida trenirovka vazifalarni, mashg’ulotlarning moddiy texnik bazasi, tashkil qilish sakllari, vositalari, uslublari va foydalanish tartibi va tuzilishini maqsadli belgilovchi metodologik va tashkiliy uslubiy ko’rsatmalar yig’indisidir. U sport tayyorgarligi jatayonini tashkil qilish texnikasi, taktikasi va strategiyasini belgilaydi.
Trenirovka-musobaqa jarayonini rejalashtishish predmeti uning sport yutuqlari rivojlanishining obektiv qonuniyatlari va sportchi shaxsining rivojlanishiga yo’naltirilgan qonuniyatlar asosida tuzilishi, shakli va natijalari hisoblanadi. Trenirovka jarayonining har xil davrlari uchun maqsad va vazifalar belgilanadi. Oldingi yil (yoki yillar) da yuklama dinamikasini tahlil qilish asosida trenirovka yuklamasi kattaligi, hajmi va shiddati o’rnatiladi. Vositalar, uslublar, nazorat me`yorlari va boshqa ko’rsatkichlar belgilanadi.
Trenirovka rejasini ishlab chiqishda asosiy vazifa shundan iboratki, sportchi tayyorgarlik darajasi, uning yoshi, sport mahorati, tanlangan sport turi bilan shug’ullanish staji, sport musobaqalari taqvimi, sport turi xususiyatlari, o’quv-trenirovka jarayonini o’tkazish sharoitini hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan davrda sportchining modellashtirilgan ko’rsatkichlari aniqlanadi, optimal trenirovka dasturi belgilanadi.
Zamonaviy tayyorgarlik tizimi va innovatsiyalar jarayonlarining rivojlanishi kuchaygan hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi terma jamoasi a`zolarini va zahiralarini tayyorlash davrning muhim vazifalaridan biridir. Sport maktabi qo’shimcha ta`lim muassasasi bo’lib, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, professional o’zini anglashga, jismoniy, intellektual va ma`naviy sifatlarning rivojlanishiga va sport yutuqlarining yuqori darajasiga erishishga yordam beradi.
Ko’p yillik tayyorgarlik sportchilarda yangi shug’ullanuvchidan to xalqaro toifadagi sport ustasini shakllantirishdek uzoq davrni o’z ichiga oladi. Bolalar va o’smirlar sport maktablari (BO’SM) va ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar olimpiya zahiralari maktablari o’quv trenirovka va tarbiyaviy jarayonlarida ilg’or ta`lim uslub va uslubiyatlarini qo’llash sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish