Glyukozaning katabolizmi
Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz sharoitda parchalanishi mumkin. Buning uchun glyukoza avvalo geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65%to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi.Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi:
a) aerob (kislorodli) parchalanish;
b) anaerob (kislorodsiz) parchalanish;
d) pentozofosfat (apotomik) parchalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |