Mavzuning dolzarbligi. Biologik oksidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb to‘qimalarda organik moddalarni kislorod ishtirokida parchalanishi va karbonat angidridining ajralishiga aytiladi. Bunday oksidlanish jarayonida energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga ko‘ra ekzergonik jarayon hisoblanadi. Biologik oksidlanish jarayonini o’rganish va shu orqali amalga oshuvchi fiziologik xususiyatlarni to’g’ri anglash mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.