O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Savol va topshiriqlar 
1. Ruhiy kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlang ? 
2. Tashqi olamni elementlarini bilish nima? 
3. Qabul qilishning buzilishlari: illuziyalar va gallyutsinatsiyalar nima?
4. Tafakkur buzilishlaridagi patologik g‘oyalar to‘g‘risida tushuncha bering?
5. Tafakkurning buzilishlari haqida tushuncha bering? 
6. Yopishqoq g‘oyali holat: yopishqoq sanash, yopishqoq xotiralar, yopishqoq 
donishmandlik, yopishqoq ikkilanish (shubhabozlik), yopishqoq qo‘rqoqlik nima?
7. Xotiraning buzilishlari turlarini aytib bering? 
8. Hissiyotning buzilishlari turlarini aytib bering? 
9. Iroda va ong buzilishlari qanday bo‘ladi?
10. Intellektning buzilishlari turlarini aytib bering?
Ruhiy kasalliklarning simptomokomplekslari (sindromlari) 
Kasalliklarga klinik simptomlarni tahlil qilish va sintezlash 
natijasida tashxis qo‘yiladi. Kasallik hech qachon simptomlarning 
tasodifiy yig‘indisi bo‘lmaydi. Kasallikning ayrim belgilari qonuniy 
ravishda o‘zaro birlashadi, o‘ziga xos takrorlanuvchi aloqada 
uchraydi. Simptomlarning bunday tipik yig‘indisi ruhiy kasallik-
larning sindromlari sifatida baholanadi. Ushbu sindromlar turli 
kasalliklarda o‘xshash shaklda uchrashi mumkin. Masalan, aqli 
ojizlik sindromi, keksalik psixozlari, progressiv shollik, tutqanoq 
kabilarda namoyon bo‘ladi. Har bir kasallik unda uchraydigan 
sindromlarda muayyan iz qoldiradi. Ularga xo sindromlarni klinik 
ajratish kasalliklarga tashxis qo‘yishni osonlashtiradi. Masalan, 
Korsakov amnestik sindromining mavjudligi alkogol, sanoat zaharlari 
kabilar ta’sirida miyaning zaharlanishdan shikastlanganini taxmin 
qilishga majbur qiladi. U biroz boshqacharoq shaklda keksalik 
psixozlari yoki bosh miya shikastlanishida ham paydo bo‘lishi 
mumkin. 
Inson ruhiy faoliyati buzilishining simptomlari uning bilish va 
tafakkur faoliyatidagi o‘ziga xos og‘ishlardir. Sindromlar esa, ichki 
tomondan o‘zaro bog‘liq simptomlarning muayyan majmui bo‘lib, u 


67
yoki bu kasallikka xosdir. Sindromlarning ketma-ket almashuvi 
kasallikning klinik manzarasini tashkil qiladi va rivojlanishining 
patogenetik qonuniyatlarini aks ettiradi.
Endi eng ko‘p uchraydigan sindromlarni ko‘rib chiqamiz. 
Nevrotik sindromlar:
astenik, isterik va miyaga o‘rnashib qolgan 
buzilishlarning ustunligi. 
Astenik sindrom 
turli xil ruhiy kasalliklarda kuzatiladi va klinik 
manzarasining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bosh miya 
qobig‘ining asab hujayralaridagi funksional jarayonlarning sustligi, 
ularning u yoki bu kasallik tufayli yuzaga kelgan o‘ta sustlashishi 
(tormozlanishi) natijasida kelib chiqadi. Asab tizimining tez ishdan 
chiqishi, tashqi ta’sirga javoban muhofaza tormozlanishi 
hodisalarining oson yuzaga kelishi. Bemorlar uzoq vaqt faol ruhiy 
zo‘riqish bilan ishlashga qodir bo‘lmaydilar, diqqatlarini to‘plashlari 
qiyin, e’tiborlari susaygan bo‘ladi. Kayfiyat odatda pasaygan bo‘lib, 
bu goh bo‘shashish va befarqlikda, goh tajanglik va ko‘z yoshi 
to‘kishda namoyon bo‘ladi. Ba’zan osonlik bilan har xil qo‘rquv va 
xavfsirashlar, parishonlik yuzaga keladi. Bu esa izchil, maqsadga 
qaratilgan faol ruhiy faoliyatni qiyinlashtiradi. Bemorlar turli 
shikoyatlar bilan murojaat etadilar. Astenik sindrom kasallikning 
markaziy asab tizimining yuqori bo‘linmalariga, birinchi navbatda 
bosh miya qobig‘iga yemiruvchi ta’sir ko‘rsatishi natijasida 
(barqaror, davomli kasalliklarda, og‘ir yuqumli kasalliklar, tug‘ish, 
suyak sinishi, miyaning organik kasalliklaridan keyin) yuzaga keladi 
va u yoki bu kasallikka xos bo‘lgan psixopatologik alomatlar 
kuzatilishi mumkin bo‘lgan asosiy fon bo‘lib xizmat qiladi.
Asteniya simptomlari kunning ikkinchi yarmi va kechga borib 
kuchayadi. Unga uyqu buzilishi va vegetativ (nerv sistemasining 
ichki organlar faoliyatini idora qiluvchi qismidagi) buzilishlar – ko‘p 
terlash, taxikardiya, vazomotor buzilishlar xos.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish