O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Iroda buzilishlari 
Iroda buzilishlariga impulsiv harakatlar va impulsiv mayllarni o‘z 
ichiga oladigan 
impulsiv holatlar 
kiradi.
Impulsiv harakatlar 
istaklar kurashisiz bajariladi va psixik fao-
liyatning aniq ifodalangan buzilishlari mavjud bo‘lganida yuzaga ke-
ladi. To‘satdan va sabab (motiv)siz paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi, 
o‘z-o‘zidan bajariladi. Bemor notanish odamlarga zarbalar beradi, 
bolani suvga uloqtiradi, jonsiz narsalarga nisbatan agressiv harakatlar 
sodir etadi: uy devorlarini chopadi, yostiqni bo‘g‘adi va h.k.
Impulsiv mayllar 
ko‘pincha pasaygan yoki g‘azabli (disforik) 
kayfiyat fonida yuzaga keladi. Dastlab u yoki bu harakatni sodir etish 


64
istagiga qarshi kurash yuz berishi mumkin, tez orada mayil bartaraf 
etib bo‘lmas tus oladi va barcha fikr va istaklarni o‘ziga bo‘ysundirib, 
amalga oshadi. Ko‘pincha bu davrda sodir etiladigan harakatlar 
haqidagi xotiralar noaniq yoki uzuq-yuluq bo‘ladi. Kamroq hollarda 
impulsiv mayl sodir etib bo‘linganidan so‘ng g‘ayritabiiy holat 
sifatida anglanadi va hatto tanqidiy baholanadi. Impulsiv mayllarning 
eng ko‘p uchraydigan shakllariga tinimsiz mayxo‘rlik qilish 
(dipsomaniya), daydilik (dromomaniya), o‘t qo‘yishga (piromaniya), 
o‘g‘rilikka (kleptomaniya) ishqibozlik, odam o‘ldirishga, o‘zini 
o‘ldirishga (gomitsidomaniya, suitsidomaniya) yoki o‘ziga jismoniy 
shikast yetkazishga intilishlar kiradi.
Depersonalizatsiya, derealizatsiya, sarosimalik 
O‘z «Men»i, atrofdagi narsa va voqealarni yoki har ikkisini 
birdaniga idrok etishning o‘zgarishi bilan birlashadi.
Depersonalizatsiya 
– o‘zini anglash, o‘z «Men»ini idrok 
etishning buzilishi. His-tuyg‘ular, fikrlar, tasavvurlar, istaklar, 
xotiralar, nutq, harakatlar, fiziologik jarayonlar o‘zgargandek yoki 
begonalashgandek, ya’ni ushbu shaxsga tegishli emasdek tuyuladi.
Derealizatsiya – 
voqelikni va atrofdagi narsalarning haqiqiyligini 
idrok etishning buzilishi. Bunda atrofdagi narsalar uzoqda turgandek, 
jonsiz, harakatsiz, qotib qolgan, noaniq va rangsiz tuyuladi. Jonli 
yoki jonsiz narsalar va hatto, butun dunyoning haqiqatan 
mavjudligiga shubhalanish bilan kechishi mumkin. Dearealizatsion 
buzilishlarga birinchi marta yuz berayotgan va notanish hodisa ilgari 
bo‘lgandek tuyuladigan «eshitilgan, boshdan kechirilgan, ko‘rilgan» 
narsalar fenomeni xosdir. «Hech qachon eshitilmagan, boshdan 
kechirilmagan, ko‘rilmagan» fenomenida, aksincha, yaxshi tanish 
narsalar birinchi marta paydo bo‘lgandek bo‘ladi.
Sarosimalik (hayrat affekti) –
o‘zi yoki atrofdagilar bilan yuz 
berayotgan o‘zgarishlarni azobli tarzda tushunmaslik holati. 
G‘ayrioddiy va tushuntirib bo‘lmaslik hissi bilan kechadi. Hayrat 
so‘zlashish va o‘zini boshqacha tutish tarzida namoyon bo‘ladi. 
Bemorning nutqida so‘z boyligi kam, u darhol javob bermaydi, 
ko‘pincha savoldagi so‘zlarni takrorlaydi. Javoblar tasdiq shaklida 
emas, savol shaklida beriladi. Doimo «men hech narsani tushun-


65
mayapman», «bir nima sodir bo‘lyapti», «bu nimaga», «aftidan 
aqldan ozayapman», «atrofimda qandaydir g‘alati narsalar yuz 
berayapti» kabi gaplar uchraydi. Bunday bemorlarga e’tiborning 
haddan tashqari ko‘p chalg‘ishi xos. Kichkina tashqi ta’sirlar 
(taqillash, soatning chiqillashi, yo‘tal kabilar)da ham bemorlar ko‘p 
hollarda «taqillatishyapti», «ana soat», «yo‘talyaptilar» kabi so‘zlarni 
takrorlab, tovush kelgan tomonga qaraydilar. Sarosima kuchli 
rivojlanuvchi ruhiy buzilishlarda yuzaga keladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish