Savol va topshiriqlar
1. «Aqlirasolik» va «aqlinorasolik» tushunchalarini to‘g‘ri talqin etishning
ahamiyati nimada?
2. Shaxsning aqlinorasoligini belgilovchi shart-sharoitlarni aytib bering.
3. Sud-psixiatriya eksperti bergan aqlirasolik yoki aqlinorasolik xulosasi sud
tomonidan qanday baholanadi?
3. Aqlinorasolikning tibbiy va huquqiy mezonlari nimalardan iborat?
4. Surunkali ruhiy kasalliklar, ruhiyatning vaqtinchalik buzilishlari, aqlizaiflik
va boshqa ruhiy holatlarning alomatlarini sanab bering.
5. Aqlinorasolikning huquqiy mezoni belgilari – intellektual va irodaviy
belgilarga tavsif bering.
6. Mahkumlar, guvohlar va jabrlanganlarni guvohlantirishda ekspertiza qaysi
masalalarni hal qilishi lozim?
7. Alkogolizm bilan kasallangan shaxslarga majburiy yo‘sindagi
tibbiy choralarni qanday qo‘llanadi?
8. Giyohvandlik (narkomaniya) va zaharvandlik (toksikomaniya)
bilan kasallangan shaxslarga majburiy yo‘sindagi tibbiy choralarni
qo‘llashga asos bo‘ladigan normativ hujjatlarini sanab bering.
FUQAROLIK PROTSESSIDA SUD-PSIXIATRIYA
EKSPERTIZASI
Huquqiy layoqat, muomala layoqati va muomalaga layoqatsizlik
Aholiga psixiatriya yordamini tashkil qilishning mavjud tizimi
tufayli O‘zbekiston Respublikasida har bir ruhiy bemor mintaqaviy
psixiatriya muassasasining doimiy kuzatuvida bo‘ladi. Psixiatriya
muassasasi ruhiy bemorni davolash bilan bir qatorda, uning fuqarolik
huquqlarini faol himoya qiladi, unga maishiy masalalarni hal etishda
ko‘maklashadi, tegishli tashkilotlarga vasiylik ta’sis etish zarurligi
haqida xabar beradi, manfaatdor muassasalarning talabi bilan
sog‘lig‘ining holati bo‘yicha zarur xulosalar beradi va h.k.
Sog‘liqni saqlash organlarining ruhiy bemorlar fuqarolik huquq-
larining rejali muhofaza qilinishini ta’minlashi fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish hollarini kamayti-
rishga yordam beradi, chunki sudning fuqarolik nizosini hal qilish
chog‘ida da’vogar yoki vasiyi bo‘lmagan javobgarning ruhiy
29
sog‘lig‘i xususida shubhasi mavjudligi sababli unga ehtiyoj yuzaga
keladi. Ushbu holda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish uchun ishni
to‘xtatadi. Ekspertlar sud qaroriga muvofiq psixiatriya muassasasi-
ning rahbari tomonidan tayinlanadilar.
Oxir-oqibatda fuqarolik jarayonida sud-psixiatriya ekspertizasini
tayinlashdan fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadi ko‘zlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq,
respublikamizning barcha fuqarolari teng huquqli va huquqiy
layoqatga egadirlar. Biroq bu barcha fuqarolar o‘z huquqlaridan teng
darajada foydalana olishlari va o‘z majburiyatlarini bajara olishlarini
bildirmaydi. Shu sababli o‘zaro jiddiy farq qiladigan «huquqiy
layoqat» va «muomala layoqati» tushunchalari mavjud.
Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilganida yuzaga keladi va
vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqaro o‘zining buzilgan yoki talashilayotgan shaxsiy va mulkiy
huquqlarini himoya qilishga kirisha olishi uchun fuqarolik muomala
layoqatiga, ya’ni o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va
o‘z fuqarolik burchlarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Shaxs yuridik ahamiyatli harakatlar qilish va noqonuniy
qilmishlari uchun javob berish (javobgarlikka tortilish) qobiliyatiga
ega bo‘lishi uchun o‘z harakatlarini tushunishi va boshqara olishi
kerak. Shu sababli shaxsda muomala layoqatining bo‘lishi uning
voyaga yetganligi va ruhiy holatiga bog‘liq. Fuqaroning o‘z
harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va o‘zi uchun fuqarolik
majburiyatlarini yaratish qobiliyati (fuqarolik muomala layoqati)
voyaga yetganida, ya’ni 18 yoshga to‘lganida to‘la hajmda yuzaga
keladi. Qonun 18 yoshga to‘lgunicha nikohga kirish huquqini bergan
taqdirda, bu yoshga to‘lmagan fuqaro to‘la hajmdagi muomala
layoqatiga nikohga kirgan paytidan boshlab ega bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va
burchlarni bajarish qobiliyatiga ega bo‘lgan fuqarolar muomala
layoqatiga ega fuqarolar hisoblanadi, binobarin, ularning o‘zlari,
birovlarning yordamisiz o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga
qodirdirlar.
30
Fuqarolar u yoki bu sababga ko‘ra (voyaga yetmaganlik, kasallik,
qarilik tufayli) mustaqil ravishda o‘z huquqlarini himoya qilish va
burchlarini bajarishga qodir bo‘lmagan hollarda ularga nisbatan
vasiylik yoki homiylik belgilanadi, ana o‘shanda bu fuqarolarning
manfaatlarini vasiylar va homiylar himoya qiladilar.
Vasiylik va homiylikni aynan bir deb hisoblamaslik lozim.
Homiy go‘yoki og‘ir kasalligi (infarkt, falaj) tufayli faol harakat
qilishga va o‘z manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lmagan bemor
fikrlari va istaklarini amalga oshiruvchi, uning irodasini bajaruvchi
hisoblanadi. Vasiy esa, aksincha, o‘z homiyligidagi shaxsning vakili
va uning o‘rniga qaror qabul qilish vakolatiga ega.
Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan yoshlar va sud qonunda
belgilangan tartibda muomala layoqatiga ega emas deb topgan
shaxslarga belgilanadi. Bu shaxslar yoshi yoki sog‘lig‘i tufayli yetuk
va normal psixikaga ega emaslar, shu bois o‘z huquqlarini himoya
qilish va o‘z burchlarini anglashga qodir bo‘lmaydilar. Ularning
shaxsiy va mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun vasiy
belgilanadi.
Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan-
larga belgilanadi. Bu yoshdagi voyaga yetmaganlar nisbiy yoki
cheklangan muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. Bu ular ba’zi huquq
va majburiyatlarini mustaqil amalga oshirishga haqli ekanliklarini
bildiradi. Masalan, agar 16 yoshli o‘smir ishlayotgan bo‘lsa, u o‘z ish
haqi doirasida oldi-sotdi, hadya qilish kabi bitimlar tuzishi mumkin.
Yetkazilgan zarar uchun 14–18 yoshdagi voyaga yetmaganlar
mustaqil javobgarlikka tortiladilar, holbuki qonunda belgilangan
alohida hollarda bu javobgarlikka ularning qonuniy vakillari ham
tortilishlari mumkin.
Homiylik sog‘liqning holatiga ko‘ra o‘zgalar yordamisiz kun
kechira olmaydigan va shu bois o‘z huquqlarini mustaqil himoya
qilish va fuqarolik burchlarini bajarishga qodir bo‘lmagan voyaga
yetgan shaxslarga ham belgilanishi ham mumkin. Ushbu hollarda
faqat mazkur shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanadi.
Shunday qilib, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan insonning
shaxsini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun –
vasiylik, muomala layoqati cheklangan shaxsga o‘z huquq va
31
majburiyatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashish uchun esa
homiylik belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |