O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Sud-psixiatriya ekspertizasi natijalarini hujjatlar bilan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud-psixiatriya ekspertizasi natijalarini hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish 
Ekspertiza qilinayotgan shaxsni tekshirish chog‘ida olingan 
ekspertiza natijalari sud-psixiatriya ekspertizasining dalolatnomasi 
shaklida rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma ekspertiza tayinlagan 
shaxslarga yozma ravishda taqdim etiladi. Sud-psixiatriya eksper-
tizasi dalolatnomasini rasmiylashtirishga katta ahamiyat beriladi. 


38
Ekspertiza dalolatnomasida tekshiriluvchi shaxs ruhiyatini (psixika-
sini) tadqiq etish ma’lumotlari bayon etilishi sababli, sud-psixiatriya 
ekspertizasining dalolatnomasi uni ekspertizaning boshqa turlaridan 
ajratuvchi xususiyatlariga ega. 
Sud-psixiatriya ekspertizasining dalolatnomasi quyidagi bo‘lim-
lardan iborat: 
1) kirish qismi; 
2) anamnez: bemordan o‘z dardi haqida olingan ma’lumot yoki 
bemorning o‘tmish hayoti va kasalliklari haqidagi ma’lumotlar; 
3) ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning jismoniy va ruhiy 
holati tavsifi; 
4) olingan ma’lumotlar va tadqiqot natijalarining tahlili; 
5) xulosa. 
Dalolatnomaning kirish qismida ekspertiza o‘tkazilgan vaqt va 
joy, ekspertizani kim o‘tkazganligi (agar komissiya o‘tkazgan bo‘lsa, 
uning tarkibi birma-bir ko‘rsatiladi), tekshiriluvchining familiyasi, 
ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili ko‘rsatilishi kerak. 
Dalolatnomada tekshiriluvchining ishga munosabati, ayblanuv-
chi, guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar ekanligi yoki hukm 
qilinganligi ko‘rsatilishi, shuningdek ishning o‘zi qisqacha bayon 
etilishi lozim. So‘ngra quyidagilar qayd etilishi kerak: tekshiriluv-
chini ekspertizaga kim yuborgan va bunga nima sabab bo‘lganligi, 
ekspertiza ambulatoriya yoki statsionar sharoitda o‘tkazilganligi 
(statsionarda bo‘lgan taqdirda qancha vaqt ekspertlar kuzatuvida 
bo‘lganligi ko‘rsatilishi lozim), shuningdek ekspertiza hal qilishi 
uchun qo‘yilgan savollar keltiriladi. 
Ekspertlar dalolatnomada tekshirilayotgan shaxsning o‘tmish 
hayoti va boshidan kechirgan kasalliklari haqida ma’lumotlar keltirib, 
bu ma’lumotlar kimdan olinganini ko‘rsatishlari kerak. Agar 
o‘tmishda tibbiy muassasalarda bo‘lgani haqida so‘z yuritilsa, bu 
ma’lumot qaysi hujjatlar bilan tasdiqlanishi ko‘rsatilishi lozim. Agar 
ruhiy kasalligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, uning qachon boshlangani va 
qanday kechgani batafsil bayon etilishi darkor. 
Anamnezga oid ma’lumotlarni baholashda ayblanuvchining o‘zi 
ham, qarindoshlari ham u yoki bu ruhiy og‘ishlar va o‘tmishda 


39
psixiatriya kasalxonalarida bo‘lganlik haqida noaniq ma’lumotlarni 
aytishlari mumkin. Shu bois bunday ma’lumotlarni ekspertlar 
tanqidiy baholashlari talab qilinadi. Ayblanuvchi unga qarshi jinoyat 
ishi qo‘zg‘atilguniga qadar «buning oldini olish» hamda keyinchalik 
javobgarlikka tortilganida psixiatriya kasalxonasida bo‘lganini aytib 
shu asosda ekspertiza tayinlanishini talab qilish maqsadida psixiatriya 
muassasasiga yotgan yoki tuman psixiatriga qatnagan hollari ma’lum. 
Buni «oldini olish simulyatsiyasi» deydilar. 
Dalolatnomaning muhim bo‘limini tekshirilayotgan shaxsning 
jismoniy holatini, nevrologik tadqiqotlar ma’lumotlari, laboratoriya 
tadqiqotlarining natijalarini tavsiflash va, ayniqsa, tekshiriluvchining 
tadqiqot davridagi ruhiy holatini tavsiflash tashkil etadi. Bunday 
tavsif ruhiy buzilish xususiyati haqidagi xulosani asoslashda asosiy 
hisoblanadi. Ekspertizaning vazifasi ruhiy kasallik mavjudligini 
asoslashdangina iborat emas, balki zarur hollarda, masalan, ruhiy 
kasallik bordek qilib ko‘rsatishda kasallik holati yo‘qligi haqidagi 
xulosani ham asoslashdan iborat bo‘ladi. 
Dalolatnomaning xulosa qismiga alohida talablar qo‘yiladi. Unda 
xulosalar ifodalanishi va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga 
javoblar berilishi lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, ekspertlar 
tekshiriluvchining ekspertiza o‘tkazish vaqtidagi ruhiy holatiga baho 
berishlari va, agar mavjud bo‘lsa, ruhiy kasallikning tashxisini 
ko‘rsatishlari kerak. So‘ngra, ekspertlar ayblanuvchiga nisbatan 
g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etish vaqtida uning ruhiy holatiga 
baho berishlari va shu munosabat bilan aqli rasoligi haqidagi; 
guvohlar va jabrlanuvchilarga nisbatan – ruhiy kasallik bor yo‘qligi; 
fuqarolik protsessida da’vogar va javobgarga nisbatan – muomala 
layoqatiga egaliklari haqidagi savolga javob berishlari; ayblanuvchi 
yoki jazo o‘tayotgan va ruhiy kasalga chalingan shaxsga nisbatan 
tibbiy yo‘sindagi zarur choralarni ko‘rsatishlari kerak.
Dalolatnoma (ayniqsa, uning xulosa qismi) aniq ifodalanishi, 
xulosalar tadqiqot ma’lumotlaridan va barcha materiallar tahlilidan 
kelib chiqishi hamda ish bo‘yicha keltirilgan boshqa dalillar bilan 
mos kelishi, javoblar ishonchli tasdiq xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. 
Taxminiy xulosalar odatda sud jarayonida salbiy rol o‘ynaydi. 


40
Aniq ifodalanmagan va ziddiyatli xulosalar ekspertizani to‘liq 
bo‘lmagan va ishonchsiz deb topish uchun sabab bo‘ladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish