O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Fuqarolik protsessida sud-psixiatriya ekspertlari hal qiladigan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Fuqarolik protsessida sud-psixiatriya ekspertlari hal qiladigan 
masalalar 
Fuqarolik protsessida sud-psixiatriya ekspertlari hal qilishi kerak 
bo‘lgan masalalar asosan quyidagi toifadagi ishlarga taalluqlidir:
– vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish; 
– bitimlarga doir nizolar; 
– er-xotindan birining ruhiy kasalligi tufayli nikohni haqiqiy 
emas deb topish yoki bekor qilish
– ruhiy bemor shaxs yetkazgan zararni qoplash.
Vasiyatnomani imzolash chog‘ida muomala 
 layoqatiga ega emaslik 
Muomala layoqatiga ega emaslik haqidagi masala vasiyatnoma-
ning qonuniyligiga doir ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida yuzaga 
keladi. Vasiyatnoma yuridik bitim sifatida haqiqiy bo‘lishi uchun 
vasiyat qiluvchi muomala layoqatiga ega bo‘lishi kerak. Ruhiy 
kasalligi yoki aqli ojizligi tufayli vaiyatnomani imzolash davrida o‘z 
ishlarini aql bilan yuritishga qodir bo‘lmagan, ya’ni muomala 
layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar vasiyatnomani imzolashlari 
mumkin emas. Muomala layoqatiga ega emaslik holatida imzolangan 
vasiyatnomalar haqiqiy emas deb topilishi kerak. 
Vafot etgan vasiyat qiluvchi shaxsning muomala layoqati 
haqidagi masalani hal qilishda ekspert mavjud tibbiy ma’lumotlar, 
hujjatlar, guvohlik ko‘rsatmalari kabilar asosida xulosa beradi. 
Vasiyat qiluvchi shaxsning ruhiy holati haqida ekspertlar muayyan 
darajada vasiyatning xususiyati bo‘yicha xulosa chiqarishlari 
mumkin. 
Vafot etgandan keyin o‘tkaziladigan ekspertizada shaxsning 
vasiyatnoma tuzgan paytidagi ruhiy holatini aniqlash talab qilinadi. 
Ekspert uchun guvohlik ko‘rsatmalarining ziddiyatliligi bois qiyin-
chiliklar tug‘ilishi mumkin. Guvohlik ko‘rsatmalarining ziddiyat-
liligida vaqt omili katta rol o‘ynaydi. Vasiyatnoma tuzish paytidan 
keyin qanchalik katta muddat o‘tgan bo‘lsa, guvohlarning vasiyat 
qiluvchi shaxsning ruhiy holati haqidagi xotiralari shunchalik noaniq 


35
bo‘ladi. Agar guvohlar tavsiflayotgan alomatlar majmui muayyan 
ruhiy kasallik doirasiga to‘g‘ri kelsa, vasiyat qiluvchi haqiqatan ham 
kasal bo‘lgan deb hisoblash lozim. Agar guvohlar keltirgan alomatlar 
har xil bo‘lsa va murakkabligi bilan kasallikning u yoki bu shaklini 
aks ettirmasa, ko‘rsatmalarni S. S. Korsakovning vasiyatnoma maz-
muni shaxsning kasallikdan avvalgi maqsadlari va o‘zaro munosa-
batlariga mosligi haqida bildirgan qo‘shimcha mezonlardan 
foydalanib shubha ostiga qo‘yish lozim. 
Hadya shartnomasi (vasiyatnoma)ni imzolagandan keyin ruhiy 
holatning yomonlashuvi aslo bu shartnomani haqiqiy emas deb topish 
uchun sabab bo‘lmaydi va vasiyatnoma imzolangandan keyin yuzaga 
kelgan ruhiy kasallik vasiyatnomaning kuchiga ta’sir etmaydi. 
Bitim tuzish chog‘idagi muomala layoqatiga ega emaslik 
Muomala layoqatiga ega, ammo bitim tuzish chog‘ida o‘z 
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara 
olmaydigan holatda bo‘lgan fuqaro imzolagan bitimni sud ushbu 
fuqaroning davosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bitim 
imzolagan shaxsning muomala layoqatiga ega emasligi aniqlanganida 
bitimni bekor qilish haqidagi da’voni uning qarindoshlari, vasiyi yoki 
homiysi beradi. 
Agar bitim haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, har bir taraf boshqa 
tarafga bitim bo‘yicha olingan hamma narsani qaytarishi, olingan 
narsani aslicha qaytarishining iloji bo‘lmaganida esa uning qiymatini 
qoplashi shart. Bundan tashqari, bitim tuzish paytida o‘z harakat-
larining ahamiyatini tushunish yoki ularni boshqarish imkoniga ega 
bo‘lmagan tarafga boshqa taraf, agar u bilan bitim tuzgan fuqaroning 
bunday holatini bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, unga 
yetkazgan zarari, mulkni yo‘qotishi yoki shikastlashini qoplab berishi 
kerak. 
Shunday qilib, ikki tomonlama bitim tuzgan taraflardan loaqal 
bittasi ruhiy kasalligi, aqli ojizligi yoki vaqtinchalik kasalligi natijas-
ida muomala layoqatidan mahrum bo‘lgan, taraflarning vakillaridan 
biri o‘z harakatlarining ahamiyatini tushunishi mumkin bo‘lmagan 
taqdirda, bunday bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi. 


36
Ikki tomonlama bitim tuzishda ishtirok etayotgan shaxslardan 
birining muomala layoqati haqidagi masala ekspertizadan o‘tkazi-
layotganida ekspert uchun bitimni imzolash paytida ruhiy buzilishlar 
bo‘lgan-bo‘lmaganni, ushbu ruhiy buzilish qanchalik chuqur 
ifodalanganni, mazkur shaxs o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna 
olgan-olmaganligini aniqlash muhimdir. 
Nikoh tuzish yoki uni bekor qilish paytidagi muomala 
layoqatiga ega emaslik 
Tomonlardan biri ruhiy kasal yoki aqli zaif bo‘lgan shaxslar 
o‘rtasida nikoh tuzilishi va, binobarin, ro‘yxatdan o‘tkazilishi 
mumkin emas. Agar er-xotindan biri nikoh tuzish vaqtida aqli zaif 
yoki ruhiy kasal bo‘lganligi aniqlansa, bunday nikoh haqiqiy emas 
deb hisoblanadi. Sudning nikohni haqiqiy emas deb topishi yuridik 
jihatdan nikoh mavjud bo‘lmaganligini bildiradi. Haqiqiy bo‘lmagan 
nikoh bunday nikohga kirgan shaxslar o‘rtasida hech qanday huquq 
va majburiyatlar, xususan, er yoki xotindan nafaqa olish, umumiy 
mulkda o‘z ulushiga ega bo‘lish huquqini keltirib chiqarmaydi. 
Er-xotinlik davrida ruhiy kasallik yuzaga kelganida ba’zan 
mavjud nikoh munosabatlarini bundan keyin to‘xtatish haqidagi 
masala kelib chiqadi. Nikohni bekor qilish zaruratini keltirib 
chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarga er yoki xotinning surunkali 
ruhiy kasalligi kiradi. Sud ajralish haqidagi ishning qo‘zg‘atilishiga 
asoslantirilgan motivlar (rashk asosida hayotga xavf solish) sabab 
bo‘lganiga, nikohni bundan keyin saqlab turish birgalikdagi turmush 
va bolalar tarbiyasi uchun normal sharoit yarata olmasligiga 
ishonganidagina nikohni bekor qilishi mumkin. 
Nikohni bekor qilish haqidagi sud qaroridan avval sud-psixiatriya 
ekspertizasi o‘tkaziladi. Ekspertiza oldiga bunday vaziyatda nafaqat 
shaxs kasalligining xususiyati va chuqurligini aniqlash, balki uning 
rivojlanish istiqbollarini belgilash haqidagi masala ham qo‘yiladi. 
Yaxshi natijaga olib keladigan qisqa muddatli ruhiy kasallik odatda 
nikohni bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Ruhiy kasal deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni bekor 
qilish ko‘pincha farzandlarning moddiy ta’minoti yoki er-xotinning 
umumiy mulkini bo‘lish, javobgar er yoki xotin va farzandlarning 


37
shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish uchun vasiylik tayinlash 
haqidagi masala bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxsdan 
jabrlanganlarning da’vosi 
Qonunga muvofiq boshqa shaxsga yoki uning mulkiga ziyon 
yetkazgan muomala layoqatiga ega shaxs yetkazilgan zararni 
qoplashga majbur. 
Agar shaxsni sud huquqbuzarlik sodir etgan paytda muomala 
layoqatiga ega bo‘lmagan yoki aqli raso bo‘lmagan deb topgan 
bo‘lsa, u yetkazgan zarari uchun javobgar bo‘lmaydi. Masalan, 
tutqanoqqa chalingan shaxs ongi buzilish bilan kechadigan psixoz 
holatida do‘konga moddiy zarar yetkazgan bo‘lsa (vitrinani sindirib, 
undagi tovarlarni yaroqsiz holga keltirsa). Ushbu holda bemorning 
fuqaroviy aybi bo‘lmaydi va agar u yetkazgan zarar uchun unga 
nisbatan fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, bunday bemor o‘sha 
vaqtda muomala layoqatiga ega bo‘lmagan deb topiladi va yetkazgan 
zarari uchun javob bera olmaydi. Ushbu qilmish og‘ir jinoyat 
(masalan, bezorilik) deb baholansa, bemorni sud aqli noraso deb 
topadi va u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Biroq agar bu shaxsning 
bemorning jamiyat uchun xavfsizligini ta’minlashi shart bo‘lgan 
vasiyi yoki homiysi mavjud bo‘lsa, da’vo ularga nisbatan 
qo‘zg‘atilishi mumkin. Bunda vasiy zarar yetkazish paytini oldindan 
ko‘rishi va buning oldini olish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan 
holatlar inobatga olinadi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish