O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati



Download 2,06 Mb.
bet63/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)

5. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar 100 foiz miqdorida:



Oldingi tahrirga qarang.

agar huquqni buzish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kirmaydigan davlat qo‘riqxonasi hududida sodir etilgan bo‘lsa — uning hisob raqamiga;



(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)

agar biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan bo‘lsa — qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari hisob raqamlariga;



Oldingi tahrirga qarang.

ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi.



(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha mablag‘larning 100 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu undirilgan mablag‘larning 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga yo‘naltiriladi.



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Quyidagi mablag‘lar:

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hududlaridagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar — 100 foiz miqdorda hududida huquqbuzarlik sodir etilgan qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘lari hisob raqamiga o‘tkaziladi;

davlat o‘rmon fondi yerlaridagi hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘larning:

50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;

50 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi.



(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qaroriga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qolgan barcha hollarda, qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hamda davlat o‘rmon fondi hududidan tashqari, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qoidabuzarlik ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilganda, yer maydonlarining tegishliligidan qat’i nazar, jarimalar va yetkazilgan zararni qoplashdan tushadigan barcha summa “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarimalar to‘lash va yetkazilgan zararni qoplashdan tushgan summaning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.



(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish