O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati


Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish



Download 2,06 Mb.
bet59/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

Ruxsatnomalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish

45. Tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng 7 ish kuni ichida, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

46. Tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning unga berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat manzili o‘zgargan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘tgandan so‘ng 7 ish kuni ichida, ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, SITESning Ma’muriy organiga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

461. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

462. Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 45, 46 va 461-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgargan taqdirda, ruxsatnoma tabiatdan foydalanuvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.

(461 va 462-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)

47. Hujjatlar tabiatdan foydalanuvchi tomonidan SITESning Ma’muriy organiga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma bilan topshiriladi. Elektron shaklda topshirilgan hujjatlar tabiatdan foydalanuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

48. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilgunga qadar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tabiatdan foydalanuvchi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va/yoki faoliyatni sodir etadi yoki amalga oshiradi.

49. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda SITESning Ma’muriy organi berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

50. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnoma berish haqidagi arizasi SITESning Ma’muriy organi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berilgan sanada to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Olingan mablag‘lar moddiy-texnik ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun sarflanadi.

51. Ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.

52. SITESning Ma’muriy organi ariza hamda ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusxasi va ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ruxsatnoma dublikatini berishi (yuborishi) shart. Ruxsatnoma dublikati berilganligi uchun tabiatdan foydalanuvchining ruxsatnoma berish haqidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun dublikat berish to‘g‘risidagi ariza berilgan sanada to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi SITESning Ma’muriy organi hisob raqamiga o‘tkaziladi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish