Berilgan ruxsatnomalar reyestri
55. SITESning Ma’muriy organi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
56. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar haqidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;
tabiatdan foydalanuvchilar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ruxsatnoma berilgan sana va uning raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta tiklash, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;
ruxsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi.
57. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari va o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsat berish
SXEMASI
O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga
4-ILOVA
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Yovvoyi hayvonlarni tutishga, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga, yovvoyi o‘simliklarni (g‘amlash) to‘plash, ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar uchun, arizalarni ko‘rib chiqqanlik va ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov undirishdan olinadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish respublika davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda “Davbionazorat” inspeksiyasi deb ataladi) maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, ulardan:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tutganlik va yovvoyi o‘simliklarni to‘plaganlik (g‘amlaganlik) uchun 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga va 8 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga o‘tkaziladi. Mablag‘lar kelgusida faqat tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga, hayvonot va o‘simlik dunyosi kadastrini, hayvonlar va o‘simliklar soni hisobini yuritish, tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot tadbirlarini olib borish uchun foydalaniladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning boshqa turlarini tutganlik va to‘plaganlik (g‘amlaganlik) uchun 60 foizi — alohida modda bilan tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga sarflanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadiga o‘tkaziladi. Bunda dorivor o‘simliklarni to‘plashga (g‘amlashga) ruxsatnoma berganlik uchun yig‘im undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlar (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |