O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati


II. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish



Download 2,06 Mb.
bet5/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

II. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish

4. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari hisoblanadi:

a) yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini chorvachilik ehtiyojlari uchun g‘amlash;

b) chorva mollarini o‘tlatish;

v) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;

g) yovvoyi o‘simliklarning texnik xomashyosini g‘amlash;

d) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini g‘amlash (yig‘ish);

e) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish);

j) daraxt va butalarni kesish (sanitariya tartibida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek bino, inshoot va kommunikatsiya qurilishlari bilan bog‘liq holatlarda);

z) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;

i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;

k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;

l) o‘simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

5. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin.

6. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 4-bandi “g”, “d”, “e”, “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarda hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

7. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish foydalanuvchilar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat qo‘mitasi deb ataladi) bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.



(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

8. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq, to‘lov evaziga Davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

9. Chorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini o‘tlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g‘amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, yerlarning toifasi va yaylovlarning (pichanzorlarning) hosildorligini hisobga olgan holda belgilanadi.

Maxsus ekin maydonlari (plantatsiyalar) va parvarishxonalarda yetishtirilgan o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash) uchun to‘lov undirilmaydi.



Oldingi tahrirga qarang.

10. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni g‘amlaganlik (to‘plaganlik) bo‘yicha imtiyozlar:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) sharti bilan yalang‘och qizilmiyani g‘amlashda (to‘plashda) o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olishdan ozod etish;

g‘amlaganlik (to‘plaganlik) uchun to‘lovlarni kamaytirish shaklida beriladi:



Oldingi tahrirga qarang.

belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish- Qizil kitobga kirmaydigan hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki O‘zbekiston Respublikasining ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xomashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud bo‘lganda;



(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 987-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/987/0421-son)


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish