O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati


IV. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanilishini nazorat qilish tartibi



Download 2,06 Mb.
bet14/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

IV. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanilishini nazorat qilish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

69. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.



(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

Oldingi tahrirga qarang.

70. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan idoraviy nazorat yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan hudud qarashli bo‘lgan organlar: davlat o‘rmon fondida — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan; o‘z hududlarida — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.



(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

71. O‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ko‘paytirish yuzasidan jamoatchilik nazorati fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)

72. Davlat nazorati organlari tomonidan foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, me’yorlarga hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va ko‘paytirishning boshqa qoidalariga rioya etilishi tekshiriladi.

73. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:

o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish me’yorlari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan hududni qarshiliksiz borib ko‘rish;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, o‘simlik dunyosi obyektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, o‘rmonchi va egyerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va to‘xtatib turish;

o‘simlik dunyosining tayyorlangan obyektlari bilan bog‘liq shaxslardan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish;

mazkur Nizom, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, me’yorlari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida o‘simlik dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilarning bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish;

mazkur Nizom va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish;

o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;



Oldingi tahrirga qarang.

berilgan xizmat qurolini va uning o‘q-dorilarini belgilangan tartibda olib yurish.



(73-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)

74. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majbur.

75. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va me’yorlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar va zararni undirish miqdorlarini hisoblash uchun koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 14 — 19-ilovalariga muvofiq o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplashi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

G‘amlashga (to‘plashga) to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan holda g‘amlangan (to‘plangan) yalang‘och qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan to‘lovlar summasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq undiriladi.



(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 85-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 12-son, 113-modda)

76. O‘zbekiston Respublikasi hududida ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda yig‘ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda tashish, sotish, uning hududidan olib chiqishga urinish vaqtida ushlangan yoki olib qo‘yilgan o‘simlik dunyosi obyektlari hamda ularning qismlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi va:

agar qonun buzilishi va olib qo‘yish davlat o‘rmon fondi yerlari boshqaruvida bo‘lgan o‘rmon qo‘riqchiligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa — tabiatni muhofaza qilish organiga yoki o‘rmon xo‘jaligi organiga,

yovvoyi o‘simliklar mahsulotlari noqonuniy g‘amlangan huquqbuzarlik holatlari tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan aniqlanganda va olib qo‘yilganda — mahsulotlar tabiatni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.

77. Olib qo‘yilgan yovvoyi o‘simliklardan, shuningdek ularning qismlaridan, o‘sish davridagi mahsullaridan quyidagi tarzda foydalaniladi:

tirik o‘simliklar Fanlar akademiyasining O‘simlik va hayvonot olami genofondi institutiga saqlash va kelgusida foydalanish uchun yoki ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi;

jonsiz o‘simliklar va ularning qismlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi.

Tovarni olib qo‘yishdan boshlab u topshirilgungacha bo‘lgan barcha tartibotlar uchun xarajatlar tovar egasi tomonidan to‘lanadi.

78. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Tabiiy o‘simlik guruhlarida qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi.

79. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashi shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish