Berilgan ruxsatnomalar reyestri
66. Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb — saytlariga joylashtiradi.
67. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxslarning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ruxsatnomaning berilgan sanasi va tartib raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilish asoslari va sanasi;
ruxsatnoma dublikatini berish asoslari va sanasi.
68. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |