Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;
g‘amlash yoki to‘plash usuli;
g‘amlash hududi (viloyat, tuman);
g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubometr);
g‘amlash (to‘plash) muddatlari.
Tabiatdan foydalanuvchining O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan to‘plashga ruxsatnoma olish uchun arizasida o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqishga ruxsatnoma Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
turlar bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o‘simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko‘rsatiladi;
chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;
olib chiqish uchun asos — yovvoyi o‘simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o‘simliklarni qonuniy g‘amlash (to‘plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami);
33. Sun’iy sharoitda (maxsus ekin maydonlarida (plantatsiyalarda, parvarishxonalarda) o‘stirilgan o‘simliklarning mahsulotlarini chetga olib chiqish uchun quyidagilarni ko‘rsatgan holda ariza beriladi:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
olib chiqilayotgan o‘simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari miqdori.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qarori yoki yer maydonini ijaraga berish shartnomasi;
yovvoyi o‘simliklar zaxirasining holati to‘g‘risida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ta’lim muassasalari biolog mutaxassislarining xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan — o‘rmon fondi yerlarida), O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari (zaxira yerlarda) tomonidan, quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;
foydalanish turi (pichan o‘rish yoki chorva mollarini o‘tlatish);
pichan o‘rish miqdori hajmlari (kg, tonna, kubometr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) o‘tlatilganda — ularning taxminiy yoshi) va foydalanish muddati;
Ruxsatnoma arizachiga daftarga yoki ruxsatnoma nusxasiga imzo qo‘yilgandan so‘ng beriladi.
37. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
38. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat yoki ariza nusxasi bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol tabiatdan foydalanuvchiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |