O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati


Ruxsat berishga doir talablar va shartlar



Download 2,06 Mb.
bet8/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

Ruxsat berishga doir talablar va shartlar

24. Quyidagilar harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar hisoblanadi:

tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;

tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxs bo‘lganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxs bo‘lganda, unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish;

o‘simliklarni tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda o‘simliklarning o‘sish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan foydalanish jarayoni natijasida buzilgan o‘simlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish;

ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;

olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan so‘ng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (o‘simlik dunyosi obyektlarining g‘amlangan hajmi, vaqti va to‘plash joyi);

ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;

ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qo‘shimchalarni kiritishni taqiqlash;

ruxsatnomani olishga arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnomani berish uchun to‘lov.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yovvoyi o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash) uchun ruxsatnoma faqat arizachiga yoki uning ishonchli vakiliga, boshqa shaxslarga bermaslik huquqi bilan beriladi.

Ruxsatnoma talablariga rioya qilgan, yovvoyi o‘simliklarni muhofaza qilish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirgan, o‘simlik mahsulotlari zaxirasini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazgan yuridik va jismoniy shaxslar teng sharoitlarda yovvoyi o‘simlik turlarini g‘amlash va to‘plashga ruxsatnomalar olishda ustuvor huquqlardan foydalanadilar.

25. Ruxsatnoma olgan shaxs foydalanish uchun uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma korxona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.

Amal qilish muddati tugagan o‘simliklarni g‘amlash (to‘plash) uchun berilgan ruxsatnomalar foydalanib bo‘lingandan so‘ng hududiy tabiatni muhofaza qilish organlariga qaytariladi (10 ish kuni davomida).

26. O‘simlik dunyosi obyektlarini olganligi uchun to‘lov ariza vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni davomida undiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

27. O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun berilgan ruxsatnomalar foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan bo‘lsa, bojxona organlarining qo‘yilgan belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra, chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) o‘simlik dunyosi obyektlarining miqdori uchun yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargungacha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bunday hollarda narxlardagi tafovut qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.



(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Oldingi tahrirga qarang.

28. Chetga olib chiqilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlarining bojxona rasmiylashtiruvi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu obyektlar davlat chegarasidan olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan tegishli belgi qo‘yiladi.



(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

29. O‘simlik dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlar miqdorlarini hisoblash mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish