ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan va tabiatdan foydalanuvchiga beriladigan, harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan hamda ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ifodalanadigan qaror.
3. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlari hisoblanadi:
yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;
yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;
yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.
Tanasi, po‘stlog‘i, shoxlari, poyasi, ildizi, g‘unchasi, gullari, urug‘lari, mevalari, barglari, piyozboshchalari va sharbati (yelimi) o‘simliklarning qismlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |