O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish obyektlari
|
O‘simliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati
|
yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda
|
xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSh dollarida)
|
A. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar turlari (bitta piyozboshchaning yoki bitta ildizning qiymati — o‘simlik maqomiga ko‘ra)
Yo‘qolib ketayotgan turlar
Kamyob turlar
Qisqarayotgan turlar
1 kg urug‘lik va piyozboshchalar — shu maqomdagi o‘simliklar qiymatining 10 baravari miqdorida
1 kg ildiz, barglar va sharbat (yelim) — shu maqomdagi o‘simlik qiymatining 3 baravari miqdorida;
|
0,2
0,1
0,02
|
30
15
3
|
B.Qizil kitob�a kiritilmagan o‘simliklar turlari, dorivor va oziqbop o‘simliklarning yovvoyi turlari (quruq og‘irligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun mo‘ljallangan o‘simliklar texnik xomashyosi (o‘rganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, smorodina, chakanda, zamburug‘ — hisob xom holda amalga oshiriladi)
|
|
|
Zira (urug‘i)
|
0,035
|
1,8
|
Rodiola raznozubchataya (ildiz)
|
0,022
|
1,2
|
Yovvoyi holda o‘suvchi moychechak (to‘pgul)
|
0,015
|
1,1
|
Oddiy zirk (mevasi), zamburug‘, yalang‘och qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand bo‘znochi
|
0,008
|
0,4
|
Turkiston Ayugasi (jivuchka)
|
0,007
|
0,3
|
Do‘lana (guli, mevasi), qoraandiz,kiyiko‘t, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi o‘t, limon o‘t, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli tog‘ dastorboshi, katta bargizub,dala qirqbo‘g‘ini, dorivor mavrak,tikanli kovul,afsonak, Maksimovich ravochi, na’matakning barcha turlari, Anzura piyozi
|
0,005
|
0,3
|
Archa (mevasi),oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (tog‘rayhon), dag‘al qizilpoycha, oqqaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy mingyaproq, chebrets,uch bo‘g‘imli ittikanak, Turkiston arslonquyrug‘i, oddiy qamish (m3), sho‘ravor sistanxe va o‘simliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari
|
0,004
|
0,3
|
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan botanika kolleksiyalarini (ilmiy, madaniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy yoki estetik qiymatga ega) yaratish uchun o‘simlikning bir donasi uchun
|
0,002
|
0,1
|
O‘simlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urug‘ligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi o‘simlik qiymatining 5 baravari miqdorida
|
|
|
Izoh: ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qizil kitobga kiritilmagan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va ularning qismlarini g‘amlash (to‘plash)ga to‘lov mazkur tur uchun belgilangan to‘lovning 0,2 % miqdorida undiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |