Berilgan ruxsatnomalar reyestri
63. Vakolatli organlar berilgan ruxsatnomalarning reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
64. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida tabiatdan foydalanuvchilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
tabiatdan foydalanuvchilar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli;
tabiatdan foydalanuvchilar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ruxsatnomaning berilgan sanasi va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilish muddatini to‘xtatish asoslari va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asoslari va sanasi;
ruxsatnoma dublikatini berishning asoslari va sanasi;
65. Berilgan ruxsatnomalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |