O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati


Ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish tartibi



Download 2,06 Mb.
bet29/65
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#219971
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
Esaplaw taksaları

Ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish tartibi

29. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomalar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uni rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;



Oldingi tahrirga qarang.

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, ov qurolini olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish ko‘zda tutilsa);



(29-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning o‘lchami), suzish vositalari (katyerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish);

tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

Hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, arizaga yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi ilova qilinadi. Shartnoma, agar uning bo‘yicha bir necha marotaba ruxsatnoma olinsa ham, bir marotaba taqdim etiladi. Bunday holatlarda arizada ushbu shartnomaga havola qilinadi.

30. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklar o‘lchami), suzish vositalari (katyerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish).

31. Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqishga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

turlari bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi;

chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi;

chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami), zoologiya kolleksiyasining Tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat.

Har bir guruh namunalari uchun alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomaning asl nusxasi namunasi bilan birga bo‘ladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, o‘ljasi, tulumlari va boshqalar bilan).

32. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchining arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonlarni saqlashning maqsadi;

aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga, Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES)ning talablariga muvofiq hayvonlarni saqlash sharoitlari;

turlari bo‘yicha hayvonlar soni;

hayvonlarning kelib chiqishi.

33. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarning, shuningdek zoologiya kolleksiyalarining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchining arizasida quyidagilar ko‘rsatilgan holda beriladi:

yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;

jismoniy shaxsning ma’lumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportidan nusxa;

hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;

turlari (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa — ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi) bo‘yicha soni ko‘rsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining ro‘yxati;

kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);

hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);

pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo);

hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish);

veterinariya xizmatining mavjudligi.

34. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

35. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun tegishli vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish