Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
23. Harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlar quyidagilar hisoblanadi:
tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;
tabiatdan foydalanuvchi — yuridik shaxsning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tabiatdan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organlarni xabardor qilish;
jadal sur’atlarda hayvonlardan foydalanish olib borilayotgan xo‘jaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablarini amalga oshirish;
ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;
olingan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng foydalanilgani (hayvonot dunyosi obyektlarining tutilgan miqdori, vaqti va joyi) to‘g‘risida 10 ish kuni mobaynida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish;
ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
ruxsatnomaga o‘z ixtiyori bilan qandaydir qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi;
ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishda davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma boshqa shaxslarga bermaslik huquqi bilan faqat ariza beruvchiga yoki uning ishonchli vakiliga beriladi.
Ruxsatnoma talablariga rioya qilgan, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirgan, yovvoyi hayvonlar va tutilganlari soni hisobini olib borgan yuridik va jismoniy shaxslar teng sharoitlarda yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsatnomalar olishda ustuvor huquqlardan foydalanadilar.
24. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma korxona rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.
Hayvonlarni tutish uchun berilgan, amal qilish muddati tugagan ruxsatnomalar foydalanib bo‘lingandan so‘ng uni bergan tabiatni muhofaza qilish hududiy organlariga 10 ish kuni davomida qaytariladi.
25. Hayvonot dunyosi obyektlarini tutganlik uchun to‘lov ariza vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab, amaldagi qonunchilik asosida 15 ish kuni mobaynida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun berilgan ruxsatnomalardan foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan bo‘lsa bojxona organlarining belgisi bilan olingan joyiga qaytariladi. Tabiatdan foydalanuvchining arizasiga ko‘ra chetga olib chiqilmagan (olib kirilmagan) hayvonot dunyosi obyektlarining soni uchun yangi ruxsatnoma berilishi mumkin. Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargungacha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bunday hollarda narxlardagi tafovut qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
27. Hayvonot dunyosi obyektlarini chetga olib chiqishda bojxona rasmiylashtiruvi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu obyektlar davlat chegarasidan olib o‘tilayotganda bojxona organlari tomonidan kerakli belgi qo‘yiladi.
28. Hayvonot dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlar miqdori mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |