O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325)
Xusrav   Dehlaviy   Keshda   yashagan   Hazorai   Lochin   turk   qavmidan   bo`lgan.   To
mug`ullar istilosigacha ular Poimurg va Keshda tirikchilik o`tkazgan. Mug`ullar bostirib
kirgach   mazkur   qavm   Hindistonga   ko`chib   boradi   va   uning   otasi   Sayfiddin   Mahmud
Dehlidagi bir Sultonning qo`lida xizmat qiladi. Otasi 1261-yilda (hijar 651) Hindistonda
mug`ullarga qarshi kurashda halok bo`ladi. Maktab va madrasa tahsilini olgach u 1273-yili
Sulton   Mamluk   xizmatiga   o`tadi.   Keyinchalik   Dehlida   G`iyosiddin   Balban,   1281-yili
G`iyosiddin   Muhammad   Sulton   uni   xizmatiga   oladi.   1286-yili   u   Patyoliyga   onasi   va
ukasini   oldiga   qaytadi.   Amir   Xusrav   Dehlaviy   tasavvuf   ilmini   o`rganib,   darveshlikni
ixtiyor qildi va Shayx Nizomiddin Dehlaviyga murid tushdi. 1299-yilda uning boshiga
musibat tushdi, ya'ni onasi va ukasi vafot etdi. Bu g`amni u «Layli va Majnun» asarida
ham tilga oladi. Tarixiy manbalarda keltiradiki, Amir Xusraviyning yetti farzandi bo`lgan:
1. Mastura
2. Ma'sud
3. Xizr
4. Rukniddin
5. Afifa
6. Ayniddin Muborak
7. Malik Ahmad
Dehlaviy merosini quyidagilar tashkil qiladi: «Chor devon»
«Tuhfat-us-sig`ar» (yoshlik ayyomi, 1272)
«Vasat ul-hayot» (o`rta yosh, 1286)
«G`urrat ul - kamol» (kamolot davri, 1302)
«Baqiyat-ul-naqiya» (qarilik, pirlik 1314)
Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»siga javoban «Panj ganj» ini yozadi:
«Matla'-ul-anvar», «Maxzan-ul-asror» ga javob tarzida bitilgan
«Shirinu Xusrav»-«Xusravu Shirin»
«Majnunu Layli»- «Layliu Majnun»
«Hasht behisht»- «Haft paykar»
«Oynai Iskandariy»-«Iskandarnoma»
Tarixiy mavzularda quyidagi asarlarni yozgan:
«Duvalroiy va Xizrxon»
«Qiron-us-sa'dayn»
«No`h sipehr»
«Tug`luqnoma»
«Ruh ul-oshiqin»
«Mantiq ul-ushshoq»
«Xazoin ul-futuh»
Xusrav   Dehlaviy   maktablarini   yig`ib,   «E'chozi   Xusraviyni»   tuzgan   bo`lsa,
insholarini «Inshoi Amir Xusraviy» sarlavhasi bilan tartib berdi. Amir Xusraviy yozgan
«Xamsa»ning   besh   dostonini   to`liq   tahlil   etishning   iloji   yo`qligi   bois   «Matla'-ul-
11


Aim.uz
anvar»dagi boblarning mavzularini ko`rib chiqamiz. Mazkur asarni shoir ikki hafta ichida
yozgan. U 3310 baytdan iborat bo`lib, musallasi  maqsur vaznida yozilgan avvalgi maqolat
baland darajada va martabaga ega inson haqida. Muso payg`ambar to`g`risidagi hikoyat
fikrlarning isboti yang`lig` ko`zga tashlanadi:
Charx turo bahri sharaf soxta,
Tu tani xud degi alaf soxta.
Dil, ki zi pasty so`i bolo shitoft,
Har chy furo` did, hamma hech yoft.
Ikkinchi   aqola   ilm   fazilati   va   johillik   xususida   bo`lsa,   uchinchisi   qalb,   ruh   va
shuurga   ma'naviy   ta'sir   etuvchi   suxan,   to`rtinchisi   Ollohning   yagonaligi   hamda
musulmonchilikning   5   asosi,   beshinchisi   pokiza   ahloq,   oltinchisi   so`fiylik   va
tarkidunyochilik, yettinchisi nafs pokiziligi, sakkizinchisi ishq martabasi, to`qqizinchisi
do`stlik, o`ninchisi ota-ona va farzand hamda xesh taborlarning munosabati, o`n birinchisi
javonmardlik,   saxovat,   xusumat,   o`n   ikkinchisi   islom   g`oziylari-podshohlari,   o`n
uchinchisi-   mamlakat   hukmdorlari,   o`n   to`rtinchisi-diyonat,   o`n   beshinchisi-shaxsning
adabi, o`n oltinchisi-insonning surat va siyrati, o`n yettinchisi umrning uch fasli-yoshlik,
yigitlik,   qarilik,   o`n   sakkizinchisi   vahdat   ul-vujud,   o`n   to`qqizinchisi   dunyoi   dundan
shikoyat,   yigirmanchisi   farzandga   nasihat   xususidadir. Ayni   shu     «Matla'   ul-anvor»   ni
yozayotganda   shoir   yetmish   yoshda   bo`lib,   asarni   qizi   Masturaga   nasihat   bilan
xotimalaydi.
Ey ruhu tu chashmu charog`i dilam,
Xubtarin meva zi bog`i dilam
Garchi ki ixvoni tu nek axtarand,
Ne zi tu dar didai man behtarand.
(Ihvon-barodaron-birodarlar)
Xusravning mazkur nasihatlarini faqat qizi Masturaga tegishli deb tushunish xato
bo`lardi. U barcha farzandlarga taalluqli. Har qanday farzand uchun qanoat, sabr-toqat,
munosib ahloq bezak sanaladi. Xulosa qilib aytish mumkinki,  Amir Xusrav Dehlaviy so`z
san'atkori, shoir, nosir, olim, tarixchi. Garchi Hindistonda yashagan bo`lsa-da, XIII-XIV
asr fors-tojik adabiyotining yetuk vakili sifatida ko`pgina janrlarda ijod qildi. xamsachilik
ana'anasini davom ettirib, besh mustaqil dostondan iborat «Panj ganj» ni tartib berdi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish