O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

BELORUS ADABIYOTI
50


Aim.uz
Belorus xalqi ko`p asrlar davomida san'at-adabiyot sohasida juda boy va xilma-xil
adabiy-madaniy merosga egadir. Juda ko`p belorus ertaklari, afsona va rivoyatlari, lirik va
tarixiy qo`shiqlari, maqol va hikmatli so`zlarida mehnatkash xalqning hayoti, uning orzu-
umidlari   uz   aksini   topgan.   Belorus   adabiyotining   ibtidosi   Kiyev   Rusining   madaniyati,
yozma     adabiyoti   va   xalq   xalq   og`zaki   ijodiga   borib   taqaladi.   XI-XII   asrlarda   Kiyev
Rusida   yaratilgan   asarlarning   bir   qismi   Belorusiya   tuprog`ida   yaratilgan.   XIII-XIV
asrlarda Belorusiya tuprog`i Buyuk Litva knyazligiga qo`shilgan bo`lsa-da, litvaliklarning
o`z yozuvi bo`lmagani uchun knyazlikda davlat tili belorus tili hisoblanardi, qonunlar,
yilnomalar shu tilda yozilardi. Ayni shu tilda boshqa tillardan tarjimalar ko`paydi. XVI
asrda   «Litva   statusi»   yaratilib,   uch   marta   nashr   ettirildi.   XVI   asrda   Litva   knyazligi
mustaqilligini yo`qotib, Polshaga qo`shildi. O`z-o`zidan panlarning jabr-zulmi kuchaydi.
O`z davrining olimi Georgiy Skorina tarjimonlik va nashrlik faoliyatini avj oldirib, mavjud
holatni   tasvirlashga   harakat   qilgan.   Belorus   adabiyotining   XVI   asr   oxiri   XVII   asr
boshlarida   yashagan   yirik   vakillari   Vasiliy   Tyapinskiy,   Stefan   Zizaniy,   Afanasiy
Filippovich, Simon Budniy, Montiy Karpovich, Simeon Polotskiylar xalq manfaatlarini
yoqlab, katolik zug`umiga qarshi kurashni dav'at qildilar. 1697-yilda Polsha seymi belorus
tilida kitob nashr etish, sud, maktab va muassasalarda ish yuritishni man etdi. XIX asrning
20-30-yillarida   beloruslar   Rossiya   bilan   birlashgach,   adabiy   tilda   jonlanish   sezila
boshlandi.   Mualliflarni   noma'lum   bo`lgan   «Yeneidaning   akasi»,   «Parnasdagi   Taras»
asarlari   ayni   shu   davr   mahsulidir.   Dunin   Martsinkovich   liberal-dvoryan   adabiyoti
namoyandasi bo`lib, mazkur davrda «Qishloqi qil» libretto, «Gapon» dostoni, «Seyllar»,
«Cho`milish»  she'riy  hikoyalari,  «Pan  shlyaxtasi»,  «Sovchilik»  pessalarini  yozgan  edi.
1863-yili dehqonlar qo`zg`aloni barobarida tug`ilgan publitsistik xalqchil shoir Franshin
Bogushevichni   yetkazib  berdi.  Keyinchalik  Bogushevich   ortidan  uning  ishlarini Yanka
Luchina, Adam Gurinovichlar, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Aloiza Tyotka kabilar davom
ettirishdi.   Eng   muhimi,   bu   adiblar   klassik   adabiyotning   estetik   printsiplariga   amal
qilganlar.   Yanka   Kupala   Vataniga   sadoqat   ramzida   «Igor   jangnomasi»   belorus   tiliga
tarjima qilgan bo`lsa, Yakub Kolas «Yangi yer», «Simon muzikant» dostonlarini tugalladi.
XX   asrning   20-yillarida   adabiyot   maydoniga   K.Krapiva,   K.Chorniy, A.Zaritskiy,
M.Linkov, shoirlardan A.Aleksandrovich, P.Glebka, P.Brovka, M.Xvedorovich o`zlarining
g`oyaviy   sog`lom,   badiiy   jihatdan   baquvvat   asarlari   bilan   kirib   keldilar.   Ya.Movra,
A.Yakimovichlar   belorus   bolalar   adabiyoti   taraqqiyotiga   salmoqli   hissa   qo`shdilar.
Dramaturgiyada   V.Garbatsevich,   ye.Romanovich,   I.Gurstsiy,   A.Zaritskiy,   M.Gromshen
singari iste'dod egalari  qalam tebratganlar. 1939-yilda G`arbiy Belorusiyaning Belorusiya
davlatiga   qo`shilishi   bilan   adabiyot   olamiga   Maksim   tank,   F.Pestrak,   M.Mashara,
A.Kuleshov,  P.Panchenko,   E.Ognetsvet,   A.Staxovich,   V.Kravchenko   kabi   yozuvchi   va
shoirlar kirib keldi.
O`zbek-belorus adabiy hamkorligi kundan-kun yangi mohiyat kasb etib borayapti.
Belorus   yozuvchilarining   asarlari   Mirtemir,   Mirmuhsin,   Mamarasul   Boboyev,   G`afur
G`ulom, Zulfiya tarjimasida o`zbek kitobxonlariga yetkazilgan bo`lsa, Alisher Navoiyning
«Farhod   va   Shirin»   dostoni,   Oybekning   «Navoiy»,   Abdulla   Qahhorning   «Sinchalak»,
Sharof Rashidovning «Bo`rondan kuchli» asarlari Belorus adiblari tomonidan o`girilgan.
E.Ognetsvet   «Salom   O`zbekiston»   she'rida   o`zbek   xalqiga   bo`lgan   muhabbatini
quyidagicha tasvirlaydi:
Menga atlas ko`ylak sovg`a qilibsan,
Shig`illashi menga shunday tuyuldi:
51


Aim.uz
Shahringda, Zulfiya, o`ynoqlab oqqan,
Sho`x Salor sharpasi kelganday bo`ldi.
1966-yil   may   oyida     O`zbekistonda   o`tkaziladigan   belorus   adabiyoti   va   san'ati
haftaligi bahonasida Yanka Kupala, Yakub Kolas, Kondrat Krapiva, miqola Avramchish,
Anton   Balevich,   Nina   Taras   kabi   shoirlarning   she'riy   to`plamlari   o`zbek   tilida   chop
ettirilgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish