Aim.uz
xalqining XIV-XV asrlarda boshlagan milliy tili va madaniyatini yuzaga keltirishdagi
urinishlari polyak shlyaxtalari qarshiligiga uchradi. Natijada XVI-XVIII asrlarda
munozaraviy adabiyot (polemicheskaya literatura) paydo bo`lib, Ivan Vishinskiy, Mixail
Andrelalar ushbu yo`nalishda ijod qilishdi. Munozaraviy adabiyot bilan hamohang tarzda
maktab adabiyoti (shkolnaya literatura) ham shakllandi. Ukrain xalqining 1648-1654-
yillarda polyak panlariga qarshi olib borgan kurashi Ukrainaning Rossiya bilan
birlashuviga olib keldi. E.Slavinetskiy, S.Polotskiy, F.Prokopovich kabi ukrain shoirlari
Moskvaga qo`chib ketishdi. Ukrain adabiyotining XVIII asr ikkinchi yarmidagi ulkan
arboblaridan biri Grigoriy Skovoroda edi. O`z zamonasining o`qimishli faylasufi bo`lgan
Grigoriy maktab adabiyotiga qarshi chiqib, masal janrini ukrain adabiyotiga olib kirdi.
Uning «Xarkov masali» asari 30 ta masalni o`z ichiga olib, xalqning manfaatlarini himoya
qildi. undan keyin bu janrni I.Kotlyarevskiy, G.Kvitka-Osnovyanenkolar davom ettirishdi.
I.Kotlyarevskiyning «Natalka-Poltavka» asari yangi ukrain dramaturgiyasinri boshlab
bergan ilk qaldirg`och edi. XIX asrning birinchi yangi ukrain adabiyotining shakllanishida
yangi davr bo`ldi. Taras Grigorevich Shevchenkoning ijodi adabiyotining yorqin
sahifalarini tashkil qiladi. N.Dobrolyubov ta'biri bilan aytganda, «Shevchenko suyak-
suyagi bilan xalq shoiri edi».
XIX asrning 50-60-yillarida ukrain adabiyoti ravnaqiga Marko Vovchok alohida
hissa qo`shdi. «Xalq hikoyalari», «Rus xalqi hayotidan hikoyalar», «Uch taqdir» asarlarida
u o`zining ijodiy salohiyatini ko`rsata oldi. Sekin asta-adabiyot olamiga kirib kelgan Ivan
Franko «Cho`qqilar va tubanliklar», «Vesnyanka», «Quyosh qizitmoqda», «So`lg`in
yaproqlar», «Pan hazillari,» «Ivan Vishenskiy», «Muso», «Ko`mirchi», «Lesixin oilasi»,
«Borislav», «Ikki do`st», «Rusalka», «O`zi aybdor», «O`g`irlangan baxt», «O`qituvchi»,
Mixail Kotsyubinskiy «Fata Morgana», «Kulgi», «Yo`lda», «Otlar aybdor emas»,
«Persona Grata», Lesya Ukrainka «qanotli qo`shiqlar», «Orzu va xayollar», «Aks-sado»,
«Robet Bryus», «Qadimgi ertak» asarlarini chop etishdi.
XX asrning 20-yillaridan to 50-yillarigacha A.Golovko, Ivan Le, Yu.Smolich,
A.Kopilenko, Yu.Yanovskiy, O.Vishnya, A.Shiyan, L.Smilyanskiy, N.Ribak, V.Kucher,
S.Tudor, Ya.Golan, P.Kozlanyuk, A.Desyak, O.Gonchar, I.Muratov, M.Stelmaxlar turli
mavzularda ijod etib, ijtimoiy hayotni realroq tasvirlashga harakat qiladilar.
Ukraina dramaturgiyasi «Diktatura», «Eskadra halokati», «Bogdan Xmelnitskiy»,
«Platon Krechet», «Svichka to`yi», «Front», «Makar Dubrava», «Ukraina cho`llarida»,
«Tongdagi muhabbat», «Abadiy birga», «Faust va o`lim» asarlari bilan eng yuqori
pog`onaga chiqdi. Mazkur asarlarning ko`pchiligi boshqa tillarga tarjima ham qilingan.
O`zbek-ukrain adabiy aloqalari ham baquvvat ildizlarga ega. Ukrain adiblarining ko`pgina
asarlarini G`afur G`ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya o`zbekchaga o`girgan bo`lsa, o`zbek
adiblarining asarlaridan qardoshlar bahramand bo`lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: