O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


Fedor Mixaylovich Dostoyevskiy



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

Fedor Mixaylovich Dostoyevskiy
F.M.Dostoyevskiy   1821-yil   Moskvada   vrach   oilasida   tug`ildi.   Ular   juda   boy
bo`lmasa   ham,   uylarida   xizmatkorlari,   izvoshchisi   bo`lar   edi.   Onasining   aka-ukalari
Moskvadagi boy odamlardan edi. Oilada u faqat akasi Mixail bilan ruhan yaqin edilar.
otasi,   onasi   va   boshqalar   uni   unchalik   tushunmas   edilar.   Fedor   akasi   Mixail   bilan
Moskvaning eng yaxshi pansionlaridan birida o`qishadi. 1832-43 yillarda Peterburgdagi
Oliy Injenerlar bilim yurtida o`qiydi. 1847-yilda Petrashevskiy revolyutsion to`garagiga
qatnay boshlaydi. Lekin ko`p o`tmay 1849-yilda hibsga olinadi, Petropavlovsk qal’asiga
qamaladi.
1849-yil 22-dekabrda uni podsho qatl etishga hukm etiladi. Lekin hukm 4 yillik
katorga bilan almashtiriladi va Sibirga Omsk turmasiga jo`natiladi.
1850-54-yillarda katorgada, 1854-57-yillarda Semipalatinskdagi 7-Sibir batalonida
oddiy   soldat   bo`lib   xizmat   qiladi.   1857-yilda   uning   hamma   fuqarolik   va   dvoryanlik
huquqlarini   qaytarib   berishadi.   1859-yilda   M.D.Isayevaga   uylanadi,   lekin   baxtli
bo`lolmaydi. 
1861-yilda uning “Haqoratganlar va tahqirlanganlar” romani dunyoga keldi. 1862-
yilda Dostoyevskiy chet elga  safarga  chiqadi: Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiyaga
boradi.
1866-1888-yillar davomida birin-ketin “Jinoyat va jazo”, “O`smir”, “Telba”, “Aka-
uka Karamazovlar” va boshqa katta-katta romanlari yuzaga keldi. Dostoyevskiy 1872-
yildan 1881-yilgacha “Grajdanin” jurnaliga redaktorlik qiladi. 
1881   yilda   vafot   etadi,   uni   Peterburg   shahridagi  Aleksandr   Nevskiy   lavrasining
Tixvin qabristoniga qo`yishadi.
Dostoyevskiy   murakkab   va   ziddiyatli   buyuk   yozuvchidir.   U   hayotni   yaxshi
tushunadigan,   ma’naviy   va   moddiy   johillikni   yuzaga   keltiradigan   yolg`onu
63


Aim.uz
ikkiyuzlamachilikning,   vijdonsizlikning   basharasini   ochib   tashlaydigan   shaxs   sifatida
adabiyotga   kirib   keldi.   U   hamisha   o`z   asarlarida   shaxs   va   uning   barkamolligi   haqida
bo`lgan savollarni o`rtaga tashlaydi va yechishga harakat qiladi.
Dostoyevskiy   qahramonlari   boshqalarga   o`xshamaydi.   Uning   qahramonlari
kambag`allik, jabr-sitam, isyon haqida kam gapirishadi. Ularni boshqa muammolar o`ziga
jalb etishgan. Dostoyevskiy ikki xil mavzuni bir-biriga qarshi qo`yardi: hukm yuritayotgan
muhitga qarshi turishi kerak bo`lgan shaxs huquqi va shu shaxsning shu muhitga tobeligi.
Shu ikki tushuncha 
huquq
 va 
tobelik
ni bir-biridan ajratib bo`larmikin?
Dostoyevskiy   inson   qalbidagi   eng   nozik,   eng   chuqur,   har   qanday   odamni   ham
hayajonlantiradigan fikrlarini, tuyg`ularini quyuq ranglar bilan tasvirlaydiki, asarlari bilan
birinchi bor tanishgan kitobxon ularni osonlikcha xazm eta olmaydi.
Dostoyevskiyning   yana   bir   asosiy   tomonlaridan   biri   zamonaviy   o`zgarishlarning
shaxsning   o`zligini   tanishda,   ma’naviy   qashshoqlanishda   va   shu   shaxsning   oilaga,
jamiyatga, siyosatga, iqtisodiyotga ta’sirini yanada bo`rttirib ko`rsatishga intilishidir. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish