O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi 4 kurslar uchun Navoiy-2007


Sportchining intellektual tayyorgarligi



Download 202,83 Kb.
bet7/8
Sana07.04.2017
Hajmi202,83 Kb.
#6185
1   2   3   4   5   6   7   8
Sportchining intellektual tayyorgarligi.

Sport faoliyati u bilan bevosita aloqador xodisalarni anglab turishga hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Bunday salohiyat bo’lmasa, bunday yirik maqsadlarga erishish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Hiyla tajribaga ega bo’lgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan murabbiylar sportchini intellektual jihatdan tarbiyalashni aniq maqsadni ko’zlagan holda rejalashtirish va rejadagi ishlarni amalga oshirishga allaqachon kirishib ketganlar, chunki ular intellektual tayyorgarlikni ajralmas qism deb hisoblaydilar. SHu munosabat bilan quyidagi ikki vaziyatni alohida ajratib ko’rsatadilar.

Sportchining hulq-atvori, uning to’g’ri dunyoqarashi faqat shunday bir vaqtda shakllanadiki, buning uchun u har doim to’g’ri dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqmog’i kerak.

Hozirgi zamon sport yutuqlari darajasi ortib borgan sari intellektga (aql idrokona, tafakkurga, zakotga) qo’yiladigan talablar ham tobora sezilarli shaklga kirmoqda: hamda odatiy tamoyillariga aylanmoqda. Buning oqibatida sportchining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish sport sohasida amalga yetib takomillashishining 1 darajali vazifasiga aylanib bormoqda

Sportdagi intellektual talablar darajasi quyidagi omillar bilan tavsiflanadi:

-mashg’ulot jarayoni ob’ektiv qonunlar bilan belgi lanadi. Sportchi yuksak qobiliyatga erishmoq uchun katta yuklamalar zarur ekanligini tushunishi uchun bu qonuniyatlarni bilishi shart, yuksak ko’rsatkichlarga erishish yo’lini belgilab beruvchi ko’p qirrali aloqalarni izlab topishi hamda mashqda mustaqil ravishda ijobiy tarzda o’tkaza olishi kerak;

-yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, yuksak sport yutuqlariga erishish sportchidan oldindan o’ylab ko’rilgan, rejala shtirilgan taktik tayyorgarlik ko’rishni (taktik konsepsiyasi) taqozo etadi.

-agar intellektual salohiyatlar o’sib, o’zining yuqori darajasiga erishsa, taktik konsepsiya (bilimlar tizimi) va uning amalga oshirilishi muayyan sharoitlarda talabning hal qiluvchi omiliga aylanadi.

Sport natijalarining qo’lga kiritilishi sportchi intellekti rivojlanishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lib boradi. Biroq sportchi intellektual jihatdan qay darajada faol bo’lsa, uning intellektual salohiyati ham o’sha darajada rivojlanadi. SHuning uchun ham sportchini tayyorlash sohasida maxsus tarzda tashkil etilgan hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan holda intellektual tayyorgarlik ishlarini olib borish zarur.

Sporchining intellektual qobiliyati tarkibi (uning tarkibiy qismlari) quyidagilardan iboratdir:

  • «fikriy material» bilan ishlash.

Fikriy materialga bilim (nazariy taktika va shunga o’xshashlar), maxsus til materiali (puxta yo’riqnomalar) hamda ko’rgazmali tafakkur materiali sifatida qabul qilinadigan tushunchalar (masalan xarakat jarayoni to’g’risidagi tasavvurlar) kiradi. Sportchini tafakkur material sifatida ishlashga maxsus tarzda o’qitish zarur.

- idrok etishga bo’lgan qobiliyat.

Kuzatuvchanlik va idroklilik sifatining intellektual qobiliyatidagi muhim tarkibi sifatida sport-tayyorgarlik jarayonida tarbiya predmeti bo’lib xizmat qiladi. SHu munosabat bilan mashg’ulotlar jarayonida sportchi oldiga kuzatish bo’yicha aniq maqsadni ko’zlaydigan vazifalarni qo’yish, mustaqil idrok etishga va idrok etilgan masala yuzasidan bir qarorga kelishga e’tiborni qaratish, sportchining idrok etadigan narsalarini muhim va unchalik ahamiyatli bo’lmagan qismlarga ajratib tabaqalashga (farqlashga) o’rgatib borish, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni va har birining ahamiyatini belgilab berish zarur.
xotira va tafakkur izchilligi.

Sportchi sport mashg’ulotlaridan olgan bilimlari asosida (mazkur sharoitda yoki boshqa bir vaziyatda) qaror qabul qiladi va mana shu qaror asosida mantiqiy izchillik bilan o’z bilimlaridan foydalanadi;

- sport harakatlarini bajarish jadalligi;

Sport qobiliyatlarining ushbu tarkibi asosida axborotlarni qayta ishlashning yuksak sur’ati, kuzatish natijalarini (kuzatuv) musobaqalashish vaziyati talabiga javob beradigan tarzda amaliy harakatga aylantirish;

Sportning yuqorida nomlari aytib o’tilgan intellektual qobiliyatiga barcha komponentlaridan muvaffaqiyatli ravishda foydalanish, mashg’ulotlar va musobaqalarda sportchining diqqat-e’tiborini sport malakalarining hal qilinishiga mujassamlashtirilgan sharoitdagina erishish mumkin.

Intellektual qobiliyatlarning tarbiyalanishi

Umumiy tarbiya nazariyasidan shu narsa ma’lumki, aql idrok sifatlarining rivojlantirilishi (aql idrokning kengligi va boshqa sifatlar) faqat ma’lum bilimlar majmuini to’plash orqaligina qo’lga kiritilmay, balki ko’proq darajada o’sha bilimlarni ijodiy yondashuv talab qilinadigan amaliy faoliyatga tatbiq etish orqaligina qo’lga kiritiladi. Sport faoliyati o’zining turli shakllarida (sport turlarida) sportchidan maxsus intellektual qobiliyatlarni talab qiladi.

Xususan, u tezkor taktik tafakkur deb ataladigan qobiliyatni taqozo etadi, bu qobiliyat, ayniqsa, sport o’yinlari va yakkama-yakka olishuvlarda qo’l keladi. YAngi-yangi harakat modellarini shakllantirish (gimnastika, akrobatika va shunga o’xshash sport turlarida), tahlil qilish va tuzish qobiliyatiga ega bo’lishni talab etadi. Intellektual tayyorgarlikning amaliy asosini sport texnikasi, taktikasini o’rganish va takomillashtirish tashkil etadi. Aniqroq qilib aytganda, maxsus ruhiy, irodaviy va jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida paydo bo’ladigan ijodiy xususiyatdagi va bir-biriga o’xshab ketadigan masalalarning xal qilinishi intellektual tayyorgarlik negizini tashkil etadi. Lekin bu hali yetarli emas. Intellektual ijodiy faollikni tarbiyalash uchun yuqorida sanab o’tilgan omillardan tashqari, yana bilimlar tizimi hamda mashg’ulotlarni tashkil qilish usullari ham zarur. Bunday mashg’ulotlar sportchilarni eng oddiy tahlil qilish qobiliyatini ijodiy tarzda namoyon etishdan boshlab, g’oyat murakkab masalalarni yechish yo’llarini izlab topish singari faoliyatiga otlantiradi. Bu vazifalar sportning amaliy musobaqalashish faoliyati modelini ishlab chiqish va uni tahlil qilish bilan bog’liq holdagi murakkab vazifalar bo’ladi.

Intellektual qobiliyatlarni tarbiyalashning shakl va uslublari

Quyidagilar sportchining intellektual qobiliyatlarini tarbiyalashning asosiy shakllari va uslublari hisoblanadi:

aqliy ta’lim berish uchun xos bo’lgan maxsus bo’lmagan shakllar va uslublar.

Masalan, seminar shaklida sport taktikasining nazariyasi va usuliyatini o’zlashtirish hamda boshqa shunga o’xshagan tadbirlar.

maxsus shakllar va uslublar. Bular aqliy ta’lim va tarbiya elementlari bilan bog’liq bo’lgan elementlar bo’lib, bevosita mashq jarayoni tarkibiga kiritilgan. Ularni quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

ular mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulot o’rtasida murabbiylar tomonidan berib boriladi. Mashg’ulotda bunday ko’rsatmalar doimiy ravishda berib borilishi kerak. Ular qisqa tushuntirilib, izohlar shaklida bo’lib, sportchining o’z harakatlarini tahlil qilib borishga qiziqtirishi va unga da’vat qilishi lozim. Natijada, sportchi masalani yana ham chuqurroq o’rganishi, unda mashg’ulotlarga qiziqish ortib borishi darkor.

Harakatlarni tashkil qilish – sportchining aqliy qobiliyatini tarbiyalashga qaratilgan tadbirdir. U sportchining aqliy qobiliyatiga xos bo’lgan, asosiy tarkiblarni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, xususan bunday tarkiblardan sport faoliyati jarayonida foydalanish nazarda tutiladi. Bunday harakatlarni tashkil etish bilan mashg’ul bo’lgan vaqtda quyidagi omillarni nazarda tutish kerak:

rejali ravishda boshqarib boriladigan tafakkur faoliyati bilan shug’ullanish;

sport natijalarini rag’batlantirib borish maqsadida, muvaffaqiyatlarni chuqur anglab yetish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish hamda sport natijalariga muntazam baho berish ishlarini tashkil etib borish lozim.
Mavzu: Mashg’ulot yuklamasiga tavsif
Reja:

1. Tayyorgarlik mashg’ulotlarining qismlari

2. Tayyorgarlik mashg’ulotlarining turlari

3.

mashg’ulot yuklamasiga tavsif
Tayyorgarlik jarayonining tuzilishi quyidagi omillar bilan tavsiflanadi.

Tayyorgarlik topshirig’i – u jismoniy mashqdan iborat bo’lib, mazkur mashqni bajarish uchun zarur bo’lgan barcha sharoitlarni, muayyan pedagogik vazifani hal qilishga imkon beradi, zaruriy vaziyatlarni o’z ichiga oladi. TT mantiqiy izchillik bilan mashg’ulot jarayoni qonuniyatlarini aks ettiruvchi maqsadlar, umumiy vazifalar va tamoyillarga muvofiq ravishda rejalashtiriladi.

Tayyorgarlik mashg’uloti – u tayyorgarlik mashqlari, sportchini tayyorlashning boshqa vositalari va uslublarini, o’z ichiga olgan tadbirlar to’plamidan iborat bo’lib, muayyan vazifasini bajarishga qaratilgan bo’ladi.
Tayyorgarlik mashg’ulotlarining qismlari
Tayyorgarlik mashg’ulotlarining tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga bo’linishi ish vaqtida sportchi organizmida, uning funksional xolatida sodir bo’ladigan qonuniy o’zgarishlar bilan belgilanadi. Odatda ish jarayonida zo’riqish asta – sekin ko’tarilib, mashg’ulotning asosiy qismga borganda o’zining eng yuqori nuqtasi – maksimum darajasiga yetadi, so’ngra mashg’ulotning yakuniy qismda esa asta – sekin zo’riqish darajasi pasayib boradi.

Tayyorgarlik qismi (badan qizdirish)
Tashkiliy tadbirlar saflangan sportchilarning mashg’ulotda ishtirok etayotganini tekshirish, tayyorgarlik topshirig’i berish, bu topshiriqni hal etish, bajarish vositalari bilan tanishtiradi.

Asosiy kismga bevosita tayyorlanish – bu tadbir badan qizdirishdan iborat bo’lib, uning o’zi umumiy va maxsus qismlardan tashkil topadi. 1-qismda umumiy tayyorgarlik mashqlaridan (emotsional mashqlardan) foydalaniladi. 2-qismda badan qizdirish uchun maxsus tayyorgarlik mashqlari qo’llaniladi. Bundan maqsad mashg’ulotning asosiy qismidagi eng muhim masalalarni, vazifalarni hal qilish uchun sportchi organizmini tayyorlashdir.

Mashg’ulotning tayyorgarlik qismining qancha vaqt davom etishi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:

Sportchining shaxsiy qobiliyatlari:

Bajariladigan ishning xususiyatlari, tashqi muhit sharoitlari.

Mashg’ulotning asosiy qismida eng muhim, asosiy masalalar hal qilinadi, ya’ni sportchini tayyorlashning maxsus jismoniy, texnik, taktik, ruhiy jihatlari hal qilinib, mana shu sohadagi ko’rsatkichlarni oshirish ta’minlanadi. Mashg’ulotining bu qismining qancha vaqt davom etishi qo’llaniladigan mashqlarning xususiyatiga va usuliyatiga, shuningdek tayyorgarlik yuklamalarining kattaligiga bog’liq bo’ladi.

Mashg’ulotning yakunlovchi qismi shunday mashqlardan iborat bo’ladiki, bu mashqlar yordamida yuklamalarning shiddati asta-sekin pasayib boradi. Sportchining organizmi ish boshlagunga qadar bo’lgan holatga yaqinlashtiriladi, tiklanish jarayoni jadal intensiv ravishda ketishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar vujudga keltiriladi.

Tayyorgarlik mashqlari o’zining pedagogik yo’nalishi bo’yicha – asosiy va qo’shimcha, yuklamalarning hajmi bo’yicha - katta va kichik, mashg’ulotlarning muayyan masalalari bo’yicha - o’quv vazifalari, tiklanish vazifalari va tayyorgarlik vazifalariga bo’linadi.
Tayyorgarlik mashg’ulotlarining turlari
O’rtaga qo’yilgan va hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalar xususiyatiga qarab, mashg’ulotlar quyidagi turlarga bo’linadi:

o’kuv mashg’ulotlari;

tayyorgarlik mashg’ulotlari;

tiklanish mashg’ulotlari;

modellashtiruvchi mashg’ulotlari;

nazorat mashg’ulotlari.

O’quv mashg’ulotlari. Bunday mashg’ulotlarda asosan yangi material o’zlashtiriladi. Mashg’ulotlar soni yangi mashg’ulotlarning soniga nisbatan to’plangan bo’ladi. Murabbiy tomonidan nazorat qilish va sportchi tomonidan o’z-o’zini nazorat qilish usullaridan keng foydalaniladi. Mashg’ulotlarni bunday xolatda boshlovchi yosh sportchilar bilan ishlash vaqtida tez-tez foydalanib turiladi. Malakali sportchilar bilan tayyorgarlik o’tkazilayotgan vaqtda bunday mashg’ulotlardan tayyorgarlikning tayyorgarlik davrida foydalaniladi.

Mashqlanish mashg’ulotlari – bu tayyorgarlikning har xil turlarini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik mashg’ulotlaridir. U jismoniy tayyorgarlik masalalari hal qilinayotgan vaqtda ayniqsa, mashq texnikasi va taktikasining turli ko’rinishlarini mustahkamalash paytida qo’llaniladi.

Ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida sportchi malakalarining oshib borishiga qarab mazkur turdagi mashg’ulotlarning ta’siri oshib boradi.

O’quv-tayyorgarlik mashg’ulotlari – bu sof mashg’ulotlar bilan tayyorgarlik mashg’ulotlari o’rtasida o’tkaziladigan oraliq turdagi mashg’ulotlar hisoblanadi. CHunki bunday mashg’ulotlarda yangi materialni o’zlashtirish bilan ilgari tanish bo’lgan materialni mustahkamlash tadbirlari bir-biriga qo’shib olib boriladi.

Tiklanish mashg’uloti – bu hajm jihatdan uncha katta bo’lmagan ishlarni o’z ichiga olgan mashg’ulotlar bo’lib, ular o’zining xilma–xilligi va emotsionalligi bilan ajralib turadi. Asosiy vazifa tiklanish jarayonlarini rag’batlantirishdan iborat. Og’ir ish bajarilgandan keyin musobaqalar tugagach, katta yuklamalar bilan o’tkazilgan tayyorgarlik seriyalaridan keyin shunday tiklanish mashg’ulotlaridan, ya’ni kuch-quvvatini tiklaydigan mashg’ulotlardan foydalaniladi.

Modellashtiruvchi mashg’ulotlar. Ular bo’lg’usi musobaqalar dasturiga muvofiq tarzda tuziladi. Bunday ko’rinishdagi mashg’ulotlar bevosita musobaqalarga tayyorgarlik davrida sportchining yuksak darajada texnik-taktik tayyorgarligi davrida qo’llaniladi.
Tayyorgarlik mikrotsikli tuzilmasi
Mikrotsikl – tayyorgarlik jarayonining yaxlit tarkibi ekanligi. Tayyorgarlik mikrotsikli – bu mashqlar, mashg’ulotlar seriyasidan iborat bo’lib, bir necha kun mobaynida o’tkaziladi hamda tayyorgarlikning mazkur muayyan bosqichi uchun mo’ljallangan masalalarni majmua tarzida hal etishini ta’minlaydi. Mikrotsikllar 3-4 kundan 10-14 kungacha davom etadi. Eng ko’p tarqalgan usul – bu yetti kunlik mikrotsikllar bo’lib, u taqvim xaftasiga to’g’ri keladi hamda shug’ullanuvchilarning umumiy hayot tartibiga ham yaxshiroq mos keladi. yetti kunlik mikrotsikllar ko’pincha xaftalik sikllar deb aytiladi. Boshqacha tarzda davom etadigan mikrotsikllar turli xil ko’rinishlarda foydalanilishi mumkin, shu jumladan ulardan musobaqalashish davrining ayrim xolatlaridan bo’lajak musobaqada tuzilmasi va davomiyligini aks ettiruvchi model sifatida foydalanish mumkin.

Basharti gimnastika va qilichbozlik musobaqalari, aytaylik, quyidagi sxema bo’yicha o’tsa:

Sport gimnastikasi – 1 kun majburiy dastur

2 kun erkin dastur

3 kun ko’p kurash bo’yicha final

4 kun ko’p kurashning ayrim turlari bo’yicha final

Qilichbozlik - 1 kun shaxsiy musobaqalar

  1. kun jamoa musobaqalari

  2. kun final musobaqalari

o’tkazilsa, bu holda mikrotsikllar ham xuddi mana shu sxema asosida takrorlanishi kerak. Mikrotsikllar kamida 2 kun davom etadi. 1 kun yuklamalar va 2 kun kuch-quvvatni tiklab olish mumkin bo’ladi. Odatda, bu bosqichlar mikrotsikllarda takrorlanadi, lekin har bir mikrotsikl tiklanish fazasi bilan yakunlanadi.

Mana shu misoldan ko’rinib turibdiki, tiklanish fazasi har doim mikrotsiklni yakunlamay, ba’zan uning ichki tarkibida ham bo’lishi mumkin ekan. Mashg’ulotning izchilligi, uning mazmuni tayyorgarlik davriga, mikrotsikl vazifasiga yoki biror bosqich va mikrotsiklning boshqa vazifalariga bog’liq bo’ladi. Uncha katta bo’lmagan shiddatdagi ish hajmining tez-tez tiklanishini talab qilmaydi va ayniqsa, yuksak darajadagi shiddat bilan bajarilgan katta ish hajmi, tiklanish yo’nalishidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zaruriyatini taqozo etadi. Mikrotsiklni tuzib tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan katta ish hajmi tiklanish yo’lidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zarurligini talab etadi.

Mikrotsiklni tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan va bundan keyin bajariladigan tayyorgarlik ishlarining yo’nalishi ham hisobga olinadi. M: sportchining tezlik xususiyatlarini rivojlantirishga ko’proq mo’ljallangan mashg’ulotlarni katta-katta yuklamalardan keyin emas, balki ular oldindan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Mikrotsikllar tuzilmasini belgilovchi sharoitlar.

Tayyorgarlik mikrotsikllari tuzilmasi ta’sir ko’rsatadigan juda ko’p omillar va sharoitlar ichida quyidagilar ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi:

1. Sportchi hayotiy faoliyati (uning o’quv, mehnat faoliyati tartibini ham o’z ichiga olgan) hamda ish qobiliyatini taqozo etadigan muayyan harakat dinamikasi.

SHuning uchun amalda, ayniqsa, ommaviy sport mikrotsikllarini taqvim xafta doirasida tuzib chiqishi tasodif emas.

2. Mashg’ulotlarning mazmuni, miqdori, mikrotsikllar yuklamalarining jamlangan hajmi. Ushbu omillarning ta’sir qilishiga, o’z navbatida, sport sohasidagi ixtisoslashish xususiyatlari hamda sportchilar tayyorgarlik darajasi sabab bo’ladi. M: tayyorgarlik mashg’ulotlarining mazmuni, ularning mikrotsikldagi miqdori, yuklamaning kattaligi aftidan gimnastikachilar bilan suzuvchilarda, velosipedchilar bilan uloqtiruvchilarda, sprinterlar va ko’p kurashchilarda bir-biridan farq qiladigan darajada turlicha bo’ladi. Bunday va bunga o’xshash farqlarni biz boshlovchi hamda katta darajali sportchilar o’rtasidagi mashg’ulotlarda yaqqol kuzatishimiz mumkin.

3. Tayyorgarlik yuklamalariga ko’rsatiladigan reaksiyaning individual xususiyatlari va bioritmik omillar.

Odamlar bu xildagi yuklamalarga turlicha munosabatda bo’ladilar. Aftidan ular organizmning xususiyatlari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Binobarin sportchilar organizmining tayyorgarlik yuklamalariga moslashishi ham individual tarzda olinganda bir xil bo’lmaydi.

SHu jihatdan olganda mikrotsikl fazalarini bioritmning bir xaftalik fazalariga muvofiqlashtirish to’g’risida (K.Siku-cherov va boshqalar) tavsiya etilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalaridan olingan ma’lumotlar diqqatga sazovordir.
Tayyorgarlik tuzilmasining umumiy tizimida mikrotsikllarning o’rni

Mikrotsikllar tuzilmasi mikrotsikllarning o’zidan ko’ra ancha yirikroq va kattaroq bo’lgan tuzilma tizimlari (bosqichlar, davrlar) dagi o’rniga bog’liq bo’ladi.

Tayyorgarlik davridagi umumiy tayyorgarlik bosqichi mikrotsikllari bilan musobaqalashish davri mikrotsikllari o’zining mazmuni jihatdan bir-biriga o’xshagan (bir xil) bo’lishi aslo mumkin emas.

Sport sohasidagi barcha hollarda birdan yaroqli bo’lgan yagona universal mikrotsikllar tuzilmasi ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar majmuasining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlari soni ularni almashtirib o’tish tartibi, yuklama bilan dam olish tartibining hajmi, dinamikasi, yuklamalar shiddati va boshqa shunga o’xshashlarni o’zgartirib borish yo’li bilan murabbiy hamda sportchi tashqi to’siqlarni yo’qotadi hamda tayyorgarlik jarayonining taraqqiyotini ta’minlaydi.

Download 202,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish