O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi 4 kurslar uchun Navoiy-2007


Harakat amallariga o’rganish jarayoni



Download 202,83 Kb.
bet2/8
Sana07.04.2017
Hajmi202,83 Kb.
#6185
1   2   3   4   5   6   7   8
Harakat amallariga o’rganish jarayoni
Harakat amallarini o’rganishning quyidagi uch bosqichi bir-biridan farq qilinadi:

I − harakat texnikasini o’rganishning dastlabki bosqichi (texnika asoslarini egallash).

II − texnikani chuqur o’rganish bosqichi (harakat texnikasini detallarga bo’lib o’rganish).

III − harakat amallarini takomillashtirish (barqaror qilish) bosqichi.

Harakat texnikasini o’rganishning dastlabki bosqichidagi umumiy vazifa − harakatni umumiy tarzda bajarish mahoratiga o’rgatish ya’ni texnika asoslarini qo’polroq shaklda egallash.

Xususiy vazifalar (bular harakatni egallab borish jarayoniga qarab paydo bo’ladi va yo’l-yo’lakay hal qilib boriladi):

a) o’rganiladigan harakat to’g’risidagi umumiy tasavvur bo’lishini ta’minlaydi. Harakat texnikasi asoslarini hamda uni bajarish xususiyatlarini bilib olishni ta’minlash, xarakat texnikasini shug’ullanuvchilar o’rganib bilolmagan qismlarini bajarishni o’rganish.

b) harakat reytingini o’rganish;

v) hamroh ortiqcha harakatlarni bartaraf etish;

g) Harakat bajarilmay qolishiga sabab bo’ladigan yoxud uni ancha buzilib bajarilishiga olib keladigan qo’pol xatolarni yo’qotish.

Mazkur bosqichda uqitish usuliyatining o’ziga xos xususiyatlari.

Harakat texnikasi asoslarini egallab olishning mazkur bosqichi yo’nalishidan kelib chiqqan holda o’qitish harakat amallari to’grisidagi dastlabki umumiy tasavvurni hosil qilishdan boshlanadi.

Ta’lim faoliyati turiga o’rgatish o’quvchi yangi bilimlar, ko’nikmalar, malakalar hosil qilishga ongli ravishda ehtiyoj sezgan taqdirdagina belgilanadi.

Bilim faoliyat natija
Foydalaniladigan uslublar – hikoya qilish, namoyish etish, tushuntirib berish, sinov tariqasida mashqlarni bajarib ko’rishga urinish.

Uslublarni ko’llanish izchilligiga namuna tarzida misol:

1 − harakatlarni iloji boricha to’la mukammal tarzda ijro etib ko’rsatib berish;

2 − harakatlarni bajarish usullarini qisqacha tushuntirib berish;

3 − harakatni iloji boricha sharoitga mos shaklda sekin sur’atlar bilan va ifodali ravishda takroran ko’rsatib berish;

4 − harakatni sinov tarzida bajarishga urinish qanday bo’lishini bajarib ko’rsatish.

SHug’ullanuvchilarda harakat to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib bo’linganidan keyin harakat amallari texnikasini bevosita o’rganishga kirishiladi. Eng avvalo o’rganish chog’ida mashqni qismlarga bo’lib o’rganish yoki umumiy tarzda o’rganish uslubi yetakchi bo’lishi aniqlab olinadi.
Mashqlarni qismlarga bo’lib o’rganish:

agar harakat amallari ko’p fazoga ega bo’lib, ular bir-biriga bog’lanib ketgan bo’lsa, mashq qismlarga bo’lib o’rganiladi.

Masalan, shitga tayanib sakrash, sport snaryadida bajariladigan gimnastika, (murakkab) mashqlari, disk uloqtirish va boshqalar.

Mashqni yaxlit holda o’rganish:

agarda harakat amallari unchalik murakkab bo’lmasa va o’quvchilar harakat qilmasdan uni mustaqil ravishda bajara olsalar, bunday mashqlar 1 butun, yaxlit holda bajariladi. Ko’p hollarda mashqni qismlarga bo’lib o’rganish usuli yetakchi uslub hisoblanadi. Bu amaliy mashg’ulotlarda tez-tez uchrab turadi.
O’qitishning mazkur bosqichida qo’llaniladigan uslublar
I − Ko’rsatib ta’sir o’tkazish uslubi - bu harakatlarni tabiiy shaklda hamda moslashtirilgan usulda ko’rsatib berish yetakchilik qiladigan uslubdir. CHunki dastlabki uqitish bosqichida harakatli amallarni detallarga bo’lib o’rganish zaruriyati bo’lmaydi. SHuning uchun ham aftidan o’quv jarayonida dasturlar, jadvallar, sxemalar va boshqa ko’rgazmali qurollardan foydalanishga ehtiyoj bo’lmaydi.

II. Qo’shimcha pedagogik ta’sir ko’rsatish uslubi

Ko’rinib turadigan mo’ljallar − bu fazoda bajariladigan harakatlarni egallab olish uchun (masalan, snaryadni uloqtirish harakati, gimnastkada (ko’tarishida oyoq yo’nalishini va boshqa yo’nalishlar belgilab ko’rsatib qo’yiladigan) mo’ljallardir. Barcha hollarda ham sportchi o’z ko’zi bilan ko’rib mo’ljal olish imkoniyatiga ega bo’lishi uchun harakat yo’nalishini ko’rsatib turadigan oriyentrlar o’rnatib qo’yiladi.

Tovush signallari. Harakatning vaqt jihatdan belgilangan paytini egallab olish uchun (chapak chalib, tovush signali berib) shunday tovushlar qo’llaniladi yoki mashq bajarayotgan vaqtda eng ko’p kuch-g’ayrat talab qilinadigan paytni aytib turish uchun (masalan, yugurib kelib sakrash, burilish, qo’zg’alish va boshqa shunga o’xshash harakatlarni bajarish zarur bo’lgan paytini aytib turish) uchun tovush signali qo’llaniladi.

Ko’rgazmali harakat usullari. Bu usullar harakat texnikasining to’g’ri bajarilishini his etib turish mahoratini egallab olish uchun qo’llaniladi. Masalan, murabbiy trenajer yordamida yoki boshqa vositalar orqali sportchiga harakat yo’nalishini amaliy tarzda ko’rsatib berayotganda shu usullardan foydalaniladi.

III. – Xatolarni yo’qotish uslublari.

Harakat amallarini dastlabki tarzda o’rganish bosqichida odatda o’quvchi hammadan ko’ra ko’proq xatolarga yo’l qo’yadi. Bu xatolar xususiyatlari va sabablari quyidagilardan iborat.

a) xususiyatlari.

Texnik xatolar harakat amallari va texnikasining buzib bajarilishi, mazkur harakatlarni o’rgana boshlagan deyarli barcha o’quvchilarda uchraydi:

b) individual xatolar – har bir o’kuvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan uning o’ziga xos bo’lgan xatolaridir. (masalan, bo’g’imlardagi xarakatchanlikning sustligi, kuch-quvvat tayyorgarligining yetarli emasligi va boshqalar).

Sabablari: a) fiziologik xususiyatdagi sabablar − mushaklarning beixtiyor zo’riqishi (irradiatsiya, qo’zg’alish, qo’rquv-himoya reaksiyasi va hokazolar);

charchash;

jismoniy sifatlar rivojlanishi darajasining yetarli emasligi.

asab jarayonlarining sust kechishi.

b) biomexanikaviy harakterdagi sabablar – bunda xatoning sabablari mazkur fazodagi, ya’ni, shu bosqichdagi mashqni bajarilishida bo’lmay, mashqning avvalgi bosqichda noto’g’ri bajarilishida bo’ladi.

Misol, gimnastika mashqlarida oyoqlarni ko’tarib oldinga uzatib va qo’lga tayanib turib siltanib tik turish holati. Bunday qilinganda tik turish holati bajarilmay qoladi. Sababi harakati xato bajarilgan oyoqlarni oldinga siltab ko’tariladi.

v) ruhiy – pedagogik sabablar bunda o’kitishning noto’g’ri usuliyati qo’llanilgan bo’ladi. Natijada kishi topshiriqning ma’nosini tushunib yetmaydi. Bunda o’kuvchining mashq mazmunini tushunib olganligiga albatta ishonch hosil qilinishi kerak (buning uchun undan topshiriqni nima ekanligini qarab ko’rish, u bilan suhbat o’tkazish kerak va xokazo);

sportchi o’z harakatini, nazorat qilmaydi. Bunda ko’rib turiladigan mo’ljal, tovush signallari harakat vaqtida ko’rsatiladigan yordam sifatida qo’l keladi;

shug’ullanuvchilar psixikasining salbiy holatda bo’lishi (qo’rquv, uyalish, tortinish, o’z kuchiga ishonmaslik, haddan tashqari hayajonlanish, umidsizlikka tushish va boshqa shunga o’xshash xatolar).

Sportchining ma’naviy-irodaviy tayyorgarligi
Ma’naviylik – ahloqiylik – bu odamlarning odobini, bir-biriga nisbatan majburiyatlarini belgilab beruvchi ifodalar va qoidalar yig’indisi.

Iroda – bu o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan ichki kuch g’ayratni ishga solish hamda maqsadga yetkazadigan faoliyati turini bajara olish qobiliyatidir.

Tarbiya tamoyilining yo’nalishiga muvofiq, bilim maktablarimizdagi uzoq negiziga yuksak darajada ahloqiylikka asoslangan talablar ruhidagi yetuklikni va xulq-atvorini shakllantirishni tashkil etadi. SHu asosda sport faoliyatini faollashtirish muammosi ham, sport etik (axloq tarbiyasi ham, sport xarakterini tarbiyalash va boshqa shu singari) tarbiyaviy muammolar ham xal etiladi.

«Sport etikasi» - odamlarning sport faoliyati sohasidagi o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan odob-ahloq shakllari yig’indisini ana shunday yaratish rusum bo’lgan.

Sport etikasining normalari osonlik bilan idrok etiladi, chunki ular umuman olganda har bir kishining sport sohasidagi ham insonga munosib talablarni o’zida aks ettiradi (masalan: musobaqalarning belgilangan shartlariga rioya kilish, o’z raqibidan ustun kelish uchun man etilgan usullarni qo’llamaslik, qo’polikka yo’l qo’ymaslik va shunga o’xshash odob qoidalari talab qilinadi). Sport murabbiylari va sportchilari jamiyat hamda jamoalar tomonidan ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan mahkam bog’liqdir. Masalan, maktab, shahar, respublikaning sport sharafini himoya qilish.

Musobaqalar qaydnomasida, tanlangan sport turining qoidalariga qat’iyan rioya qilish belgilangan.

Belgilangan me’yorlardan chekinishning sabablari ularni bilmaslikda, nima ahloqiy va nima axloqsizlik ekanligini tushunib yetmaslikda bo’lmay, balki ahloqiy odob-qoidalariga rioya etish kerakligi to’g’risidagi e’tiqodning mavjud ekanligidandir. YAkkama-yakka sport olishuvlari jarayonida iroda sifatlarini rivojlantirish darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Bir xil taktik faoliyat yo’nalishida jismoniy va texnik jihatdan keng tayyorgarlik ko’rgan sportchilar ichida kimning irodaviy tayyorgarligi yuqori bo’lsa, odatda o’sha g’olib chiqadi, ya’ni kurashda kimning to’g’ri qarorlar qabul qilish va ularni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish salohiyati bo’lsa, o’sha sportchi yutadi. Ko’pincha sportchi shunday vaziyatlarga tushib qoladiki, bunday vaqtlarda undan bir muayyan odob yo’lini tanlab olish talab qilinadi.

Masalan, - qattiq charchagan sharoitda kurashni davom ettirish yoki uni o’z jamoasidagi o’rtog’iga berish.

  • To’pni tepish yoki uni o’z jamoasidagi o’rtog’iga uzatish.

  • O’z raqibini qiyin ahvolda qoldirib ketish yoki unga yordam ko’rsatish (velosportda) jarohatlanish va boshqa shunga o’xshashlar.

  • Hakamning xatosini, bu xatto sening qoidangda bo’lmagan taqdirda ham, tuzatish.

Tabiiyki, bunday qarorlarni qabul qilish uchun sportchiga irodaviy kuch-g’ayrat zarur bo’ladi. Ayniqsa, qarorlar sport sharoitida qabul qilinadigan bo’lsa, yana ham ko’proq iroda kuchi talab qilinadi. Sportdagi muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan sportchining qay darajada biror emotsional kuchga ega ekanligiga, uning o’z niyat holatini boshqara olish mahoratiga, butun kuch - g’ayratni bo’lajak kurashga qaratib urinishga sababchi bo’ladigan har xil omillar ta’sirini yetkazib uzata olishga bog’liq bo’ladi.


I R O D A V I Y H A R A K A T

Qaror qabul qilinishi

Qarorning amalga oshirilishi


Irodaviy harakat 2 qismdan iborat qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirish.

Irodaviy harakatning samarasi, uning natijalari quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi.

1 - o’z vaqtida va to’g’ri qaror qabul qilish ( odatda murakkab vaziyatlar to’g’ri qaror qabul qilishda qiyinchiliklar tug’diradi).

2 - ichki va tashqi to’siqlarga qaramasdan, muvaffaqiyatli ravishda harakatlar qilish (futbol o’yinining oldingi daqiqalarida gol urish, to’p kiritish imkoniyati paydo bo’lgan vaziyatlarda, charchoqlik, himoyachilarning va’da beradigan harakatlari).
Irodaviy sifatlar tuzilmasi
Irodaviy tayyorgarlik tuzilmasida quyidagiga o’xshash sifatlar ajratib ko’rsatiladi:

Maqadga intilish - (istiqboldagi maqsadni aniq ko’rish);

Qat’iyat va jasorat - (o’z vaqtida qabul qilingan va puxta o’ylab topilgan qaror bilan birga tavakkal qilishga moyillik);

Sabr va matonat - (maqsadga erishish yo’lida butun kuch-qudratni va faoliyatini safarbar etish to’siqlarni yengib o’tishga bor kuch bilan intilish);

Sabr toqat va o’zini tuta bilish - (aql idrok teranligi, emotsional ko’nikish, his-tuyg’ular jumbushga kelgan sharoitda u fikr o’ylari va xatti-harakatlarini boshqara olish qobiliyati); O’z-uzini rag’batlantirish, hamda mashg’ulot ishlarini bajarishga o’zini o’zi majbur qilish;

o’z his-tuyg’ularini muvofiqlashtirish

- oldindan o’zining ruhiy va umumiy ahvolini yaxshilay olish;

- o’zini-o’zi nazorat qilib borish.

Ma’naviy irodaviy talablarni tarbiyalash uslublari:

- ishontirish;

  • majbur etish;

  • qiyinchiliklarni asta-sekin oshirib borish;

  • musobaqalashish.

Ruhiy imkoniyatlar tuzilmasi va ularni takomillashtirib borish.

Ruhiy tayyorgarlik tuzilmasi quyidagi tarkibdan iborat bo’ladi:

- reaksiya xususiyatlarini takomillashtirish, to’g’ri bashorat qilishga o’rgatish, kuzatish va diqqatni o’rgatish.

- muskul faoliyatini ruhiy jihatdan muvofiqlashtirib borishni takomillashtirish;

- start oldidagi holatni boshqara bilish;

- sport sohasida takomillashishga bo’lgan barqaror qiziqishni shakllantirib borish.


Mavzu: Sport formasini taraqqiyotining fazoliligi va uning mezonlari
Reja:
1. Sport formasi taraqqiyotining fazoliligi

2. Sport «formasi»ni rivojlantirish mezonlari

3. Sport formasini vaqtincha yo’qotish fazasida
Sport formasi taraqqiyotining fazoliligi
Sport formasi. Sport formasi ko’p jihatlidir. Maxsus ma’lumotlarni umumlashtirib, unga xos bo’lgan belgilar kompleksini ko’rsatish mumkin.

Fiziologik nuqtai nazardan sport formasiga quyidagilar xosdir:

- sport formasida bo’lmagan paytda mumkin bo’lmagan yuk-sak funksional darajada spetsifik muskul ishini bajara olish qobiliyati, ya’ni sport formasi davrida organizm eng yuksak funksional darajaga ega bo’ladi;

- funksiyalarni tejash, ya’ni nihoyat darajasiga yetmagan standart ishlarni bajarishda (jumladan, energiya sarflashda) barcha ish jarayonlari mukammalroq koordinatsiya qilinishi hamda organi-zmning funksional imkoniyatlari yuksakroq bo’lishi tufayli qator fiziologik o’zgarishlarni kamaytirish;

YUksak turg’unlik va shu bilan birga sport harakati malakalari dinamik steriotiplarining varinativligi (o’zgaruv-chan sharoitlarga moslasha olishi);

YUksak safarbarlik, ya’ni organizmning harakat faoliyati jarayoniga tezroq kirishib keta olishi va bir ishdan ikkinchi ishga tezroq o’ta oladigan qobiliyatning mukammalroqligi, tiklanish jarayonlarining tezroq o’tishi, sport formasi davrida ish samaraliroq bajarilishi bilan bir qatorda charchash holatidan keyin ish qobiliyati tezroq tiklanadigan bo’ladi.

Sport formasi haqida psixologik tasavvurlar hozircha to’la va yetarli darajada konkret emas. SHunday bo’lsada quyidagi belgilarni ko’rsatish mumkin.

Tanlangan sport faoliyati sharoitlari bilan bog’liq maxsus idrok etish qobiliyatining yaxshilanishi suzuvchilarda «suvni his etish» va hokazo);

Harakatlarni ongli ravishda boshqarish (harakat mala-kalarini maqsadga muvofiq ravishda avtomatlashtirish asosida) va sport taktika tafakkurining ijodiy namoyon bo’lish imkoni-yatlarining yuksalishi;

Iroda kuchi diapazonining kengayishi (ham uzoq vaqt iloji boricha iroda kuchi sarflash imkoniyatlarining kengayshi, ham shu imkoniyatlarning absolyut darajasi yuksalishi);

Musobaqalashishga va yutuqlarga erishishga qaratilgan alohida emotsional kayfiyat, sport formasi - kuch - quvvatiga qat’iy ishonishga asoslanib, eng zo’r jasorat ko’rsatish mumkin bo’lgan davr.

Sport formasi pedagogik nuqtai nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishga optimal tayyor ekani hamma tomonlarining - psixik, jismoniy, sport - texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining - garmonik birligidan iboratdir.

Ana shu komponentlarning barchasi mavjud bo’lsagina sportchi formada hisoblanadi. Sportchining jismoniy sifatlari qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo’lmasin, uning texnikasi va taktikasi qanchalik takomillashgan bo’lmasin, agar u jiddiy musobaqaga psixik jihatdan tayyor bo’lmasa, agar unda shu maqsadga qaratilgan tirishqoqlik yoki boshqa iroda sifatlari bo’lmasa, u hech qachon yuksak natija ko’rsata olmaydi. Xuddi shu gaplar sport formasining boshqa barcha tomonlariga ham taaluqlidir. SHu bilan birga jismoniy fazilatlar va harakat malakalarining birligi, ya’ni bu fazilat va malakalarning o’zaro o’yg’unligi shunday bo’lishi kerakki, unda sportchi tanlangan sport turida o’z jismoniy fazilatlarini ayni texnik va taktik malakalar formasida maksimal darajada namoyon etishga qodir bыlsin.

YUqorida aytilganlarning hammasini har bir aniq sharoitning o’ziga qarab tadbiq etmoq kerak. CHunki optimal tayyorgarlik tushunchasi nisbiydir. U sport formasi taraqqiyoti-ning faqat konrekt sikli uchun to’g’ri bo’ladi. Sportda kamolatga erisha borgan sari optimum (eng yaxshi) daraja o’zgarib boradi - sport formasi sport kamolotining har bir bosqichida ham sifat jihatdan, ham miqdor ko’rsatkichlari bo’yicha boshqacha bo’la boradi.

Sport formasini baholash uchun xilma - xil uslublardan foylanadilar. SHulardan asosiylarini shartli ravishda pedagogik va tibbiy fiziologik uslublarga bo’lish mumkin.

Pedagogik uslublar sportchining sifatlari, malakalari va mahoratlarini umumlashtirib baholash asosida uning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Bunda sport musobaqalaridagi, ya’ni sport formasini baholashda hisobga olinishi kerak bo’lgan real sport kurashi sharoitidagi sport natijalari eng umumiy mezon bo’ladi. Bunday natijada sportchi tayyorgarlik darajasini barcha tomon-lari xuddi ko’zguda ko’rilgandek ravshan aks etadi. Agar sportchi o’zining avvaligi shaxsiy rekordidan yuqori yoki o’sha darajaga yaqin natija ko’rsatsa, taxminan bo’lsa ham, u sportchini formada ekan deb hisoblaydilar.

Biroq sport natijasi tayyor ekanlikning ayrim tomonlarini tanlab nazorat qilishga imkon bermaydi. Bundan tashqari sportning ayrim turlarida hozircha sport natijalarining yetarli darajada ob’ektiv miqdor o’lchovlari mavjud emas (gimnastika, yakkama - yakka olishuv va boshqalar). Bular bari qo’shimcha xususiy mezonlar bo’lishini talab etadi.

SHu maqsadda jismoniy, texnik - taktik tayyorgarlik bo’yicha nazorat mashqlardan foydalaniladi. SHuningdek, musobaqalar va mas’uliyatli chamalashlar sharoitida sportchining texnikasini, taktik harakatlarini va umuman o’zini qanday tutishini kuzatish ham keng qo’llaniladi. Tanlab baholash yana ham aniqroq bo’lishi uchun tugal harakatlarni yoki hatto ularning ayrim elementlarini maxsus apparatlar, video tasma, siklografiya, dinamometriya, spidografiya va boshqalar) yordamida ham hisobga olinadi.

Sport formasini baholashning tibbiy - fiziologik uslub-lari organizmning harakat faoliyatini amalga oshiradigan hamda ta’min etadigan eng muhim tizimlari ish qobiliyatni aniqlashga qaratilgan. Buning uchun, jumladan, standart va maksimal spetsifik yuklamalar bilan funksional sinovlardan foydala-niladi (sport medetsinasi va sport fiziologiyasi kursiga qarang).

Ham pedagogik, ham tibbiy - fiziologik ma’lumotlardan kompleks foydalanilgandagina sport formasiga to’liq tavsif berish mumkin bo’ladi. Bunda ayniqsa, tibbiy - fizilogik ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. Biroq, sport formasini aniqlashda hal qiluvchi so’z shubhasiz murabbiyda qoladi.

Tadqiqotlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko’rsatadi. Bu jarayon uch fazadan - formaga kirish, uni saqlash va sport formasini vaqtincha yo’qotishdan iborat bo’ladi
Download 202,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish