O’zbekiston Respublikasi Halq ta’lim vazirligi «Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlari» kafedrasi 4 kurslar uchun Navoiy-2007


Sportda shaxsning shakllanish psixologiyasi



Download 202,83 Kb.
bet5/8
Sana07.04.2017
Hajmi202,83 Kb.
#6185
1   2   3   4   5   6   7   8
Sportda shaxsning shakllanish psixologiyasi
Sport sohasidagi ko’pgina mutaxassislar - pedagoglar, psi-xologlar, fiziologlar va shifokorlar o’rtasida sportchilarning asab tizimi kuchli bo’ladi, ularning ruhiy xususiyatlari, shu jumladan, temperamentlari sportda yuksak muvaffaqiyat qozonish uchun zaruriy shart hisoblanadi, degan fikr keng tarqalgan. Bu fikr ayrim tadqiqot ishlari natijasida qisman tasdiqlangan. A.I. Kresotovnikov va uning hamkasblari 1937 yildayoq asab tizimi turi xususiyatlarini test usulida aniqlab, ko’p sportchilar kuchli tipning turli varivsiyalariga mansub, degan xulosaga kelgan. Ushbu muammoni o’rganishni davom etgan olimlar sportdagi muvaffaqiyat asab tizimining tipologik xususiyatlariga shartli ravishda bog’liqligi to’g’risida xulosaga keldilar (A.N. Krestov-nikov, 1951-1955).

K.M. Smirnov (1954, 1962) musobaqalarning yuqori toifa-dagi sportchilar faoliyatiga ta’sirini o’rganar ekan, qo’zg’alish jarayon kuchsiz kechadigan shaxslar muhim musobaqalarda yomon natijalarga erishishini aniqladi.

V.V. Medvedev, A.V. Rodionov, N.A. Xudadov (1973) tadqiqot-lar natijasida sportchilarning musobaqalarda, ruhiy zo’riqish sha-roitida asab tizimining qo’zg’alish jarayoniga bog’liq xususiyatlari yetakchi rol o’ynaydi, degan fikrga keldilar. Olingan ma’lumotlar qator mualliflar (K.M. Gurevich, L.A. Kopitova, V.F. Matveyeva, V.S. Merlin va h.z.) to’plagan ma’lumotlarga mos keladi.

Bu fikrlar ommaviy va o’smirlar sportida boshqacha tus oladi. N.D. Sinani (1967,1968) velosipedchilar faoliyati xusu-siyatlarini o’rganar ekan, turli malakali sportchilar o’rtasida asab tizimi bo’sh shaxslarni uchratmadi. Ammo bunday fikrlar zamo-naviy ma’lumotlarga (ayrim xususiyatlar kompensatsiyasi, tempe-ramentning faoliyat talablariga moslashishi) ko’p ham to’g’ri kelavermaydi (V.S. Merlin, V.D. Nebiglitsin, V.M. Teplov, K.M. Gurevich va h.z.) toifasi, yoshi, jinsi, sportdagi staji turlicha bo’lgan sportchilar o’rtasida inertli, yengiltak, jizzaki, asab tizi-mi bo’sh shaxslarning ham uchrashi o’rganishlar natijasida isbot qilingan.

Temperament xususiyatlarini ommaviy sport bilan shug’ul-lanishga bo’lgan qobiliyat, deb qarash noto’g’ri. Asab tizimining kuchsizligi, inertliligi yoki barqaror emasligi va bu bilan bog’liq temperament xususiyatlari muvaffaqiyatli sport faoliyatiga xalaqit bermaydi (B.A. Vyatkin, 1964, 1967, 1970; YU.YA. Kisyolev, 1971; V.P. Merlikin, 1967,1968; O.A.CHernikova, 1961; V.M. SHadrin, 1967).

B.A. Vyatkin (1978) ikki nuqtai nazar mavjud, degan fikrga kelgan:

1) istalgan sport turidagi muvaffaqiyat asab tizimi va temperament xususiyatlariga bog’liq;

2) ommaviy sportda va sportning alohida turlarida asab tizimi va temperament muhim rol o’ynamaydi, turli tipdagi asab tizimi va har hil temperamentli shaxslar sportda birdek natijaga erishishlari mumkin.

Inson asab faoliyatining individual jihatlari butun sport faoliyatining borishida katta ahamiyat kasb etadi. Ular harakat ko’nikmalarining shakllanish va barqarorlashishi tezligiga, ularning rivojlanishi va, kerak bulganda, qayta ishlab chiqish, o’zgartirishga katta ta’sir ko’rsatadilar. Sportchining mashg’ulot-larda va musobaqalardagi ruhiy holati va o’zini tutishi ham individual xususiyatlarga bog’liq. Hayotda, ishda, atrofdagilar bilan munosabatda ikki asosiy asab jarayoni - qo’zg’alish va tormoz-lanishning balanslashuvi ro’y beradi. Bu balansning buzilishi dinamik stereotipning shakllanishida qiyinchiliklar tug’diradi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, organlardan kelayotgan ta’sirlarni mustahkamlash, harakat ko’nikmasi dinamik stereoti-pini yaratish uchun asab markazlari qo’zg’alishining ma’lum darajasi zarur bo’ladi.

Sportchi organizmga ta’sir qiluvchi o’ta kuchli omillar (uzoq davom etgan maksimal yuklamalar, yuqori tempda ritmik ishlash) dan so’ng shug’ullanishlarning samarasi kuchli tormozlanish natijasida tushib ketadi. Aynan shu davrda yuklamalarni kamay-tirish kerak, aks holda oliy asab faoliyatida portlash ro’y beradi va sportchini uzoq vaqt izdan chiqarishi mumkin.
Jismoniy mashg’ulotlarning psixologik masalalari
Mashhur psixolog P.A. Rudik (1973) tadqiqotlar natijasida shaxsning psixologik xususiyatlari jismoniy mashqlar ta’siri ostida muayyan, barqaror o’zgarishi mumkin, degan fikrga kelgan. Odatda sport shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblash qabul qilingan. Sport musobaqa-lari tirishqoqlik, ahloq va iroda sifatlari, mardlikni tarbiya-lashga yordam berishi yuqorida qayd etildi. Ammo bu yo’nalishdagi tadqiqotlar endi boshlanmoqda.

Verner va Totxeyd Vest - Poyntedagi harbiy akademiya kur-santlarining shaxsiy xususiyatlariga muntazam sport mashg’u-lotlari va musobaqalarining ta’sirini aniqlamoqchi bo’ldilar. Buning uchun o’rta maktabning harbiy akademiyaga o’qishga kirmoqchi bo’lgan, sportchi va sportchi bo’lmagan bitiruvchilari kuzatildi. Ushbu tadqiqot natijalariga ko’ra shaxs o’smirlik davrida shakllanib bo’ladi va sport bilan shug’ullanish aytarli o’zgarish-larga olib kelmaydi, degan taxminga kelindi.

1968 yilda Vashingtonda o’tkazilgan sport psixologiyasi bo’yicha Ikkinchi xalqaro kongressda professor Ikegami uzoq va muntazam sport mashg’ulotlarining shaxsning o’zgarishga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan fundamental tadqiqotlar natijasini taqdim etdi. Bu ma’lumotlarning statistik tahlili shuni ko’rsa-tadiki, sport staji oshaverishi bilan kuzatilgan shaxslar faol-roq, tajovuzkorroq, beg’amroq bo’lavergan, depressiya va frestatsiya kamroq ishtiyoq his etganlar, boshqalar bilan munosabatda yetakchi bo’lishga kamroq intilganlar. Uning fikriga ko’ra, sport mashg’u-lotlari ruhiy barqarorlikning umumiy o’zgarishiga ta’sir etmagan.
Sport qobiliyatlarini rivojlanishida psixofiziologik shart sharoitlar
Asab tizimlarining turlari va sport jarayonidagi ahamiyati



Qobiliyatning barcha tuzilmalarining asosida, jumladan, sportda ham, tabiy va biologik barqarorlikka ega bo’lgan layoqatlar yotadi.

I.Pavlov, uning o’quvchilari va izdoshlarining tadqiqotlari inson asab tizimining tipologik faoliyatini tabiat rivojlanish qonunlariga asoslanib o’rgandilar. Aniqlanishicha, har-xil asab tizimi xususiyatlariga ega bo’lgan insonlarning xarakteri ham, xolati ham, rivojlanish xususiyati ham, malakasi, sifatlari ham turlicha bo’ladi.

Inson asab tizimining asosiy tipologik xususiyatlari:

-kuchlilik-zaiflik kishi asab tizimiga ta’sir etuvchi xolatlarning katta-kichikligini hisobga olgan holda chidamlilik darajasi;

-xarakatchanlik, sustlik – kishi asab tizimining qo’zg’atuvchiga nisbatan ta’sir qilishning tezligi;

-vazminlik, tezlik- asab jarayonidagi xususiyatlariga qo’zg’alish, tormozlanish va xarakat kuchlari bo’yicha munosabatining ochilishi;

Bu asab tizimlarini qo’shilishidan quyidagi tur guruhlariga ajraladi:

-o’ta vazmin tur – faoliyati bir tekisda o’tadi, xarakati charchoq tufayli kamdan-kam holda tushib ketadi;

-vazmin tur – bir tekisda kuch sarf qilinadigan ishlarni yaxshi bajaradi, davomiy va uslubiy zo’riqishda yuqori chidamlilikka ega;

-qiziqqon tur – xarakterini o’zgarib turishi, asablarini taranglashuvi tufayli faoliyati tushib ketadi;

-zaif tur – ish faoliyati juda past, stress holatlarga sezgirligi baland;

Asab tizimini o’ziga xos xususiyatlarini ajratib turuvchi ya’ni, kishi asab jarayoni dinamikasini xarakterlanishi fiziologik temperamentning asosi hisoblanadi.

Xolerik temperament – xodisalarga nisbatan qiziqqon, jangari, jahli chiqishi oson va tez. Kechinmalar faoliyatiga nisbatan o’zgaruvchan. U ishga butun borlig’i bilan berilib ketadi, o’zidagi kuchni sezadi va maqsadga erishish uchun, yo’lida uchragan qiyinchiliklarni yengishga xarakat qiladi. Qachonki, kuchlari sarflanib bo’lgandan keyin u mushkullikka tushib, ishlashga boshqa hech qanday imkoniyatlari qolmaydi. Xoleriklarning irodasi juda kuchli.

Sangvinnik temperament - o’ta vazmin tur bo’lib, asab jarayoni xarakatchan va yaxshi balanslashgan. U jamiyatning juda yaxshi, sog’lom, xushchaqchaq a’zosidir lekin, qachon uni qiziqtiradigan ish topilsagina, bu qobiliyatlar ko’rinadi. Sangvinnik bosiq, sharoitga tez ko’nikib ketadi, atrofidagi odamlar bilan tez til topishib ketadi, muomalali, begona odamlar orasida o’zini noqulay sezmaydi. Kollektiv orasida quvnoq, xushchaqchaq, ishlarni tez qabul qilib oladi va biror narsa bilan doim mashg’ul bo’ladi. Xarakterini tez o’zgartiradi, bu asab jarayonlarini xarakatchanligidandir. YOmon holatlarda iztirobga tushadi. U umuman olganda - optimistdir.

Flegmatik temperament – asabning nisbiy xarakatchanligiga, xayajonlanish va tormozlanish jarayonlariga yetarlicha bosiqligi bilan xarakterlanadi. Bular – bosiq, matonatli va juda mehnatkash kishilar. Ular juda og’ir murakkab holatlarda ham bosiqligini yo’qotishmaydi. Asab faoliyati jarayoning qattiqligidan ular o’zlarini yaxshi tutadilar, darhol hayajonlanib ketmaydilar. Ular mayda narsalar bilan o’zlarini chalg’itishni hohlamaydilar shuning uchun, bir xilda kuch sarflashni talab qiluvchi davomiy va uslubiy keskinlikda xarakatni bajaradilar. I.P.Pavlov bunday turdagi odamlarni chidamliligini juda yuqori deb baholagan.

Melanxolik temperament – ish qobiliyatining zaifligi bilan farq qiladi, ya’ni ularning xayajonlanish va tormozlanish darajasi juda ham kuchsiz. Ularni yangiliklar, yangi sharoit, odamlar bilan muomala cho’chitadi, uyaltiradi shuning uchun, ular odamovi bo’ladilar. Ular ichki dunyosini chetga chiqarmaydilar va hayot sharoitlariga qiyinchilik bilan o’rnashadilar.

I.A.Pavlovning ta’kidlashicha, inson shaxsi biologik meros sifatida va atrof muhit sharoitlari tarbiyasida aniqlanadi. Asab tizimi (temperament) tug’ma xususiyatlarga ega, xarakter esa individual odatlardan olinadi.

Asab tizimini turi haqida gapirganimizda, A.Pavlovning ta’kidlashicha, hayvonlar organizmi qanday tuzilgan bo’lsa, shundayligicha tug’iladi. Uning asab tizimini o’zgarishiga vaziyat va ahvolning yaxshi yomonligi, umumiy shartli- refleks ta’sir qiladi.

Fransuz tadqiqotchisi Morisning fikricha, har bir turdagi guruh aniq ish qobiliyatiga ega. Uning ko’rsatkichlari bo’yicha, kuchli va asabiy tur ko’pgina kilogrammometr ishlab chiqaradi, uning ergogrammasi esa darhol pasayib ketadi bu esa, asab tizimidagi qarshilik kuchining kattaligiga guvohlik beradi. Kuchli lekin, asabiysiz tur ham kilogrammometr ishlab chiqishga qodir lekin, pasayib ketayotgan ergogramma qismi juda qisqa shuning uchun, asab tizimi tez holdan toyadi. Asab turlari uzoq vaqt jismoniy ishlarga chiday olmaydi lekin, ergogramma pastlashish bosqichiga qarshilik ko’rsatishga katta kuch sarflaydi.
Ruhiy tayyorgarligining nazorati
Ruhiy tayyorgarlikning nazorati jarayonida quyidagilar baholanadi:

-shaxsli va ahloq iroda sifatlari, har-xil sport turlaridagi bellashuvlarda yuqori sport natijalariga erishini ta’minlash

(etakchilik qobiliyati, g’alabaga erishishning sabablari, kerakli daqiqalarda hamma kuchlarni yig’ish qobiliyati, yuqori yuklamalarni ko’tarish qobiliyati, his-xayajon turg’unligi, o’z-o’zini nazorat qilish qobiliyati);

-yuqori toifali raqib bilan bellashuvlarda qatnashib chiqishning barqarorligi, asosiy musobaqalarda yaxshi natijalarni ko’rsatish qobiliyati;

-turli bellashuv holatlarida va sportning o’ziga xos turlari bilan diqqatni bir yerga yig’ilganligi va hajmiga bog’liqligi;

-bellashuv oldidan va davomida kuchli hayajonni boshqarish qobiliyati;

-xarakat parametrlarini ( vizual, kinestetik) amalga oshirishni har-xil qabul qilish, mushak koordinatsiyalarini va axborotni qayta ishlashni ruhiy boshqarish qobiliyati;

-analizatorlar faoliyatining imkoniyatlari, sensomotor ta’sir, fazo va vaqt antipatsiyasi, vaqt tanqisligi, vaqtdan o’zib ketgan qarorlarni shakllantirish qobiliyati va x.k.

MAVZU: SPORTCHINI TAYYORLASH TIZIMI
REJA:
1.Sportchini tayyorlash tizimi

2.Sport mashqlariga moslashish

3. Tayyorgarlik yillari. Funksional zahiralarning zonasi nisbatan keyingi moslashishini kuchaytiruvchi doiralar nisbati

4.Funksional imkoniyatlarni mumkin qadar safarbar qilish qobiliyatini takomillashtirib borish

Adabiyotlar.

1. Salamov R.S. Sport mashg’ulotining nazariy asoslari. O’quv qo’llanma Tosh. 2005.

2.Raximov.M.M Sport mashg’ulotlarining nazariyasi va usuliyati asoslari Tosh.2005
SPORTCHINI TAYYORLASH TIZIMI.
Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko’ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo’yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o’z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:

-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko’rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo’llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.

-eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo’lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo’lgan talabni benihoya oshiradi.

-yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar yuksak cho’qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko’tarilish eng og’ir va eng murakkab vazifa bo’lib qoldi, shunga ko’ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo’lib qoldi.

-mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og’irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko’ndalang qilib qo’yildi. SHu bilan birga, mashg’ulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo’lish zarurati tug’ildi. SHunga ko’ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo’nalishlarda bo’lgan yuklamalar o’rtasidagi eng ko’p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o’rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to’la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko’zda tutadi.

-mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga to’la qonli ta’sir ko’rsatish va bunday uslublarni o’ta yuksak faoliyat darajasiga ko’tarish bilan bevosita bog’liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab yetkazishning o’ta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog’lom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib bo’lmaydi.

Sportchini tayyorlab yetkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo’yicha tayyorlashni izchillik bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.

1. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi, chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya, mashg’ulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga to’qnash kelishi kerak. Vaholanki, sportchi o’ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va xo’jalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional jihatdan tayyorlangan bo’lishini talab qiladi.

2. Sportchini tayyorlab yetkazish uslublarini ko’zdan kechirish uchun biz bu faoliyatni tashkiliy jihatiga murojaat qilaylik.

G’oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining tarbiyalash birinchi o’ringa qo’yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo’lga qo’yilgan taqdirdagina, o’zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida ko’rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o’zga ahloqsizlarga qarshi hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, og’zi katta, mutakabbirlar, chempionlik shaxsiga sig’inishni talab qiluvchilar ko’p uchrab turadi. Sportchilar tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, modalar ketidan quvish, sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog’ tushirish kabi salbiy qilmishlar mavjud.

Musobaqalar va o’quv yig’inlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir. Musobaqalarni shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, o’z amaliyotiga qarab tadrijiy ravishda o’tkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning qanday sharoitda (iqlim, joyning dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa) o’tkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik sikl rejasiga to’g’ri taqsimlash, sport natijalarining o’sishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga moslanishiga imkon tug’diradi.
Yillik siklda yuqori tasnifli sportchilarni rasmiy musobaqa va startlarga chiqish va mashg’ulot kunlarida erishilgan hajmi.


Sport turlari

Musobaqa kunlarini

Startlar soni

Sport turlari

Musobaqa

kunlarini soni

Startlar soni

Gimnastika

25-30

210-250

Futbol

70-85

70-85

Suvga sakrash

25-35

275-360

Stol tennisi

75-80

380-420

Qilichbozlik

30-40

415-480

Suv polosi

60-65

60-65


O’quv yig’inlarini tashkil qilish va o’tkazish uslubi ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bog’liq: bunday yig’inlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda puxta o’ylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yig’in o’tkaziladigan joyga olib borish; mashg’ulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashq o’tkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yig’inlar turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin: o’quv-mashq yig’ini, kuch yig’ish yig’ini, nazorat-tayyorgarlik yig’ini, musobaqa yig’ini va hokazo. SHuni ham aytib o’tish joizki, yig’in bo’ladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim.

O’quv-yig’inlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa o’rnatgan bo’lishlari zarur.

Sport haqida ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish yo’li bilan, nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Bu o’rinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashg’ulotlarga funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal qiladilar, ya’ni sportchilar 2005 yilning modelini tuzadilar.

Terma komandalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma yerda muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma komandalar uchun oliy toifadagi trenerlarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferensiyalar o’tkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yo’li bilan murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi.

O’quv yig’inlari va musobaqalar paytida sportchilarning bo’sh vaqti va dam olishini to’g’ri tashkil qilish va samarali o’tkazish zarur. Terma komandalarda g’oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, komanda a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib boriladi.

Sportchilarning g’oyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bag’ishlangan kechalar va shu singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat qaxramonlari, sport faxriylari bilan bo’ladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta o’ylab uyushtirish kerak bo’ladi.

Yig’in mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash, kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar).


Moddiy-texnik ta’minoti

Baza qurilishi

Sport formasi bilan ta’minlash

Mashg’ulot uchun joy tayyorlash

Anjom-uskunalarni takomillashtirish, trenajerlar yaratish

Apparatlar bilan ta’minlash

O’quv yig’inlari va musobaqalar o’tadigan

joylarda xo’jalik ishlari.


Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to’ldirish, mashg’ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to’g’ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yo’lga qo’yilmagan, sport ashyo -anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo’ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sport formalari, anjomlari, uskunalari o’zgarmoqda, sport natijalarining bo’lg’usi qiyofasi ham o’zgarmoqda.


Tibbiy ta’minot

Jismoniy mashq yuklamasiga chidamlilik xolatini operativ va chuqur nazorat qilish

Kasallikni oldini olish (profilaktik) tadbirlar

Davolash tadbirlari

Tiklanish


Hozirgi shifokorlar sportchining mashg’ulotga chidamlilik holati haqida faqat o’z amaliy ko’rsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy mashg’ulotga qay darajada chidamli ekanligi xaqida gapirmaydi.

Muntazam ravishda shifokor ko’rigidan o’tib turish (bu vazifani davolash fizkultura dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, o’z salomatligini o’zi nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida qo’llaniladigan boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma bosqich va joriy majmuali tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir.

Bu ishlarinng hammasi har bir sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me’yorga solishda va ularning og’ir yengilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam ko’rsatadi.

SHifokorlar profilaktika ishlari bilan shug’ullanmay-dilar, rejalashtirish sifatining pastligi uchun javob bermay-dilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari nomigagina tuzilgan o’quv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past.

Sportchining salomatligi, funksional holati, uning psixologik jihatdan musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yo’q.

Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser ko’rigidan o’tkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik oldidan o’tkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv o’tkazilib turilishi joiz.

Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:

a) organizmning qattiq charchashi va o’ta zo’riqishini bartaraf qiluvchi maxsus gigiyenik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch-quvvatni tiklovchi pedagogik vositalar deb ham yuritiladi).

b) psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo-profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni tartibga soluvchi (psixore-gulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish). Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun qulay psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, trenerlar, hodmlar sportchiga nisbatan xushmuomila bo’lishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni bartaraf qiluvchi usullar va mashg’u-lotlardan, dam olishning turli xil ko’ngilochar vositalaridan foydalanish lozim bo’ladi.

v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan keng ko’lamda va kompleks usulda foy-dalanish.

g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari bo’lgan taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oralig’ida iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish.

Sportning barcha turlarini idrok qilish g’oyat mushkul, hamma turlarini boshqaruvchi umumiy qonuniyatni sportchi chuqur o’rganishi shart.

SHuningdek, sport kelajagini oldindan ko’ra bilmay, mashqlar kuch tiklash jarayonini to’g’ri va ilmiy tarzda rejalashtirilmay turib sportni rivojlantirib bo’lmaydi.

Sportchini kurashga tayyorlash tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash uchun, birinchi navbatda bo’lg’usi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning ko’p turlari bo’yicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va uzunlikka sakrash, velosiped poygasi, bo’lib qatnashgan va boshqalar), modellar ishlab chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va o’lchamlari ham tayyorlangan bo’lib trenerlar sportchilarni harakat texni-kasidagi holatlarni to’g’rilash chog’ida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga tayyorlayotgan chog’larida mazkur o’lchamlarga suyanishlari mumkin.

Terma komandalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDX bo’yicha o’tkaziladigan hamda mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi nomdor sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday yuklamaga qurbi yetishi, turmush tarzi va o’zga jihatlari imkoni boricha to’laroq ma’lumot oli zarur. Bu sohada raqib komanda yoki raqibni uslublarini bilish razvedkasi tobora rivojlanib borishi kerak.

Ta’minot bilan shug’ullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq jarayonini boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining dinamikasi bo’yicha albatta o’z mulohazasini aytishi kerak.


Murabbiy

Mashg’ulotlar o’tkazish

Saralash

Mashg’ulot strategiyasi

Natijani rejalashtirish

YUklamalarni rejalashtirish

Mashg’ulot jarayonini boshqarish

Nazorat




Murabbiy, sportchining harakat a’zolari faoliyatini shakllantirishga jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan mashq jarayonini amalga oshiradi, mashg’ulot usuli yordamida sportchini tartibli ravishda musobaqalarga tayyorlash masalasini va sportchi faoliyatining rivojlanishini boshqarishda pedagogik jarayonini ifodalovchi moslovchi masalalarni hal qiladi.

Murabbiy mashg’ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish (bu pedagogik, ijtimoiy, psixologik, metodik–biologik usullardan tarkib topgan xarakterlar majmuining tashkiliy–metodik tadbirlari tizimi bo’lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste’dodi va qobiliyati mazkur usullar yordamida aniqlanadi), ularning qaysi sport turiga layoqatli ekanligini aniqlash (hozirgi paytda sportning 16 turi bo’yicha bolalarni saralashning ham miqdoriy, ham sifatiy tuzilmasi aniqlangan) farz va qarzdir. Lekin har qanday vaziyatda ham trener bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig’indisiga e’tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o’ziga xos xislatlarini hisobga olishi shart.

Har bir trener sportchini tayyorlab yetkazishda uning shaxsiy iste’dodi va alohida xususiyatlariga suyangan holda, o’z usuli bo’yicha ish ko’radi. SHuni ham aytish kerakki, trener har qancha tajribali bo’lsin hamma vaqt ham har qanday sportchidan mashhur sportchi yetishtira olmaydi. Masalan: 100 metrga yugurishda bir xil natijaga (10.1-10.2 soniya) erishgan sportchilar: A.Xarri, Merchi va Robert Xeyeslar agar bitta trener bilan mashq qilganida bormi, ulardan uchta sprinter yetib chiqishi amri mahol edi. Juda nari borsa, ulardan faqat bittasi yuqori natija ko’rsatishi mumkin edi.

Hozirgi trenerlar mashq va musobaqa yuklamasini rejalashtirishni o’rganib olganlar, lekin sportchi kuchini to’plashni rejalashtirishni mutlaqo bilmaydilar bu jarayoni o’z holiga tashlab qo’yilgan, ya’ni sportchi kuch yig’ish usullarini o’zi qidiradi (massaj, sauna, passiv dam, nazoratsiz ovqatlanish - xullas, kuch tiklanishning butun rejimi).

Biroq, eng yuqori malakali katta trener ham sportchi bilan munosabat qilgan va o’z asosiy mutaxassislik burchini bajarayotgan chog’ida, bir qator ob’ektiv qiyinchiliklariga duch keladi.

Murabbiy mustaqil ravishda sportchidan mashq paytida yuz berishi mumkin bo’lgan har qanday tasodiflarni xotirjamlik bilan qarshi olishni talab qilarkan, uning ortiq darajada hayajonlanishiga, achchiqlanishiga, o’zboshimchalik qilishga mutloqo yo’l qo’ymasliligi kerak.

Mashg’ulot jarayonini omilkorlik bilan samarali boshqa-rishning asosiy sharti mashg’ulot jarayonining tarkibiy qism-larini doimiy ravishda tahlil qilishdir. Bunday tahlilning asosiy tomoni quyidagilardan iborat:

1.Sportchilar tomonidan bajarilgan hamma ishni hisobga olish;

2.Sportchining ahvolini (uning mazkur ishga munosabatini) nazorat qilish, bunday nazorat natijasida sportchining holati haqida jismoniy, texnikaviy malakasining sifatiy rivojlanish sur’ati haqida va mashq yuklamalarini qay darajada bajara olishi haqida xolis ma’lumotlar olish mumkin.

Tavsiya qilingan yuklamalar sportchi organizmi imkoniyat-lariga mos tushganini bildiruvchi alomatlar: uning yaxshi kayfi-yatda bo’lishi, xamma narsadan xafasalasi pir bo’lishi, mashqdan ko’ngli sovishi mumkin. YUklamalarni organizmining funksional holatiga qanchalik mos tushganini puxta aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish lozim bo’ladi: mashg’ulotlarni qiyosiy tahlil qilish, aql-farosatni nazorat qilish, sportchining o’z-o’zi-ni nazorat qilishi, shifokor nazorati.


Download 202,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish