Tizimli sharhlashda huquq normasining mazmuni uning huquq tizimida egallagan o`rnini belgilash, uni boshqa huquqiy normalar bilan taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi. Masalan, 1963 yilda qabul qilingan GKning 321-moddasida mulkning ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda yetkazilgan zararlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishiga aytiladi. Bu yerda zarar yetkazilishi shartnoma bo`yicha olingan majburiyatni buzish bilan bog`liq bo`lgani uchun nizo GKning 479-moddasi bilan emas, 321-moddasi bilan hal qilinadi.
Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda qabul qilinganligini belgilash yo`li bilan aniqlanadi. Sharhlash o`zining hajmi bo`yicha tub ma`nodagi sharhda qonunning ma`nosi uning ifodalanish, ya`ni yozilish shakliga aynan to`g`ri kelishi kerak. Cheklangan sharhda qonunning ma`nosi uning ifodalanishiga qaraganda birmuncha torroq ko`rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning mazmuni uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, FKning 115-moddasida: “Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo`ladi”, deb yozilgan.
Bunda “qonun” so`zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o`zining ta`siriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo`linadi. Imperativ normalar, deb ma`lum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o`zgartirilishi mumkin bo`lmagan, qat`iy xarakterda bo`lgan, qat`iy buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib “Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to`la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o`z o`zidan haqiqiy emasdir” (FKning 23-moddasi, 3-qismi), deb aytilgan normani ko`rsatish mumkin. Dispozitiv normalar, deb taraflarning o`z ixtiyorlari bilan to`ldirilishi mumkin bo`lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o`zaro kelishuvi bo`yicha tartibga solinishi mumkinligini ko`rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o`rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko`ra, umumiy mulk ishtirokchilari o`ziga tegishli bo`lgan ulushini o`zlarining kelishuvlariga muvofiq taqsimlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |