O`zbekiston respublikasi fuqarolik huquqining manbalari


Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo`yicha amalda bo`lishi



Download 0,68 Mb.
bet2/5
Sana23.03.2022
Hajmi0,68 Mb.
#507004
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik huquqi mustaqil ish

Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo`yicha amalda bo`lishi

Fuqarolik qonunlarining amalda bo`lish vaqti deyilganda mazkur qonuniy hujjatning kuchga kirishi paytidan to huquqiy kuchini yo`qotish paytiga qadar bo`lgan davr nazarda tutiladi.


O`zbekiston Respublikasining Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risidagi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining qonunlari va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o`zida boshqa muddat ko`rsatilgan bo`lmasa, rasman e`lon qilinganidan so`ng o`n kundan keyin kuchga kiradi5.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini e`lon qilish hamda amalga kiritish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jumladan, normativ xarakterga ega bo`lgan qarorlarda ularning amalga kirish vaqti ko`rsatiladi, agar ko`rsatilmasa qarorlar qabul qilinib, matbuotda e`lon qilingan paytidan kuchga kiradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi, 2-qismiga asosan qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni qo`llashning zarur sharti ularning matbuotda e`lon qilinganligi hisoblanadi. E`lon qilinganlik deyilganda, qonun yoki normativ hujjat matni yoki asosiy mazmuni rasmiy manbalarda, matbuotda nashr etilganligi, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, radio, televideniye orqali ma`lum qilinganligi yoki xizmat tartibida ijrochilarga maxsus yetkazilganligi tushuniladi. Qonun hujjatining e`lon qilinganligi, undan hamma xabardor deb hisoblashga asos bo`ladi va kelajakda “men bu qonundan bexabarman” – degan vaj keltirishi shaxsning qonunga rioya qilmasligiga bahona bo`la olmaydi.
Fuqarolik qonunlari, shu jumladan, Fuqarolik kodeksi ham, umumiy qoida bo`yicha faqat kelajak uchungina amalda bo`lib, orqaga qaytish kuchiga ega emas, ya`ni ular yangi qonunning amalga kiritilish vaqtiga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga tadbiq etilmaydi (FKning 4-moddasi, 1-bandi).
Qonunning orqaga qaytish kuchiga ega bo`lishi, ya`ni mazkur qonun amalga kiritilgan kunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham tadbiq etilishiga shu qonunning o`zida yoki boshqa qonunlarda to`g`ridan-to`g`ri nazarda tutilgan hollardagina yo`l qo`yiladi (FKning 4-moddasi, 2-bandi). Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to`g`risida”gi Qarorining 6-bandida keltirilishicha, kodeks 187-moddasining qoidalari mulkka egalik qilish 1997 yilning 1 martiga qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi. (Axborot uchun: 187-moddaga muvofiq mulkdor bo`lmagan, lekin ko`chmas mol-mulkka o`n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o`ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi).
Fuqarolik qonunlari amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo`yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo`llaniladi, tuzilgan shartnoma bo`yicha tomonlarning munosabatlari bundan mustasno.
Fuqarolik-huquqiy xarakterdagi normativ hujjatlar to bekor qilingunicha yoki yangi hujjatlar bilan almashtirilgunicha amalda bo`ladi.
Fuqarolik qonunlari muayyan hududga taalluqlidir. O`zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari O`zbekiston hududida amalda bo`ladi. O`zbekiston qonun hujjatlarida va boshqa normativ hujjatlarda muayyan qoidalarning ma`lum viloyat, shahar yoki tuman hududidagina tadbiq qilinishi to`g`risida ko`rsatmalar bo`lishi mumkin.
Fuqarolik qonunlarining shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi deyilganda, uning barcha shaxslar, chunonchi, fuqarolar (O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar) va yuridik shaxslar (mahalliy, xorijiy, qo`shma yuridik shaxslar) ga nisbatan bir xilda qo`llanilishi tushuniladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlari umumiy qoida bo`yicha barcha uchun umummajburiy hisoblanadi. Lekin, muayyan sohani tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari faqat shu soha vakillariga taalluqli bo`ladi. Masalan, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun aksiyadorlik jamiyati va uning aksiyadoriga, “Noshirlik faoliyati to`g`risida”gi qonun noshirlar va ularning faoliyatini tartibga solinishiga qo`llaniladi. Muayyan sohani tartibga soluvchi qonun hujjati shu soha vakillari bo`lmagan shaxslarga tadbiq etilmaydi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish