O’zbekiston Respublikasi Foydali Qazilmalari



Download 29,4 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi29,4 Kb.
#618680
  1   2
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Foydali Qazilmalari


O’zbekiston Respublikasi Foydali Qazilmalari
Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston yer usti tuzilishining har xilligi, respublika hududining geologik tarixi geoximik jarayonlar ta’sirida shakllangan qazilma boyliklar, mineral xom ashyo resurslari geografiyasini ham belgilab beradi. Mavjud ma’lumotlarga qarangda, O’zbekiston 2700 dan ko’proq foydali qazilma konlari ma’lum bo’lib, ularning faqat tasdiqlangan zahirasi 970 milliard AQSH dallarni, umumiy miqdori esa 3,3 trillion AQSH dallarini tashkil qiladi.
Foydali qazilma konlar zahiralari, ularning geologik o’rganilganligiga qarab turli kategoriyalarga bo’linadi. Yaxshi o’rganilgan zahiralar sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan zahiralar, barcha zoxiralar esa taxminiy yoki prognoz zahiralar deyiladi.
Qazilma boyliklar zahiralari xalq xo’jalik ahamiyatiga ko’ra balans va nobalans zahiralarga bo’linadi. Balans zahiralar qulay geografik o’rin va yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga (konning umumiy zahirasi, sifati, qatlamlarning tuzilishi va h.k.) hamda ularning qazib olishga ehtiyoj mavjud bo’lganlarni o’z ichiga oladi. Bu talablarga javob bermagan konlar nobalans zahiralar tarkibiga kiradi.
Foydali qazilmalar zahiralari, ularning miqdori, kategoriya va ahamiyati vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi; yangi zahiralar ochiladi, zahiralarning o’rganganlik darajasi va balans zahiralarni to’ldirib borishi ro’y beradi.
O’zbekiston ayrim foydali qazilma zahiralari bo’yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoridan joy oladi. Bunga eng avvalo oltin, mis, volьfram, uran, tabiiy gaz kabilar kiradi. Jumladan, respublikamiz oltin zahirasiga ko’ra dunyoda 4 chi, qazib olishi bo’yicha esa yettinchi-sakkizinchi o’rinlarni egallaydi (ma’lumot uchun: 2007 yilda Avstraliya, JAR va Xitoyda, ularning har birida 250 tonnadan ziyodroq, AQSHda shunga yaqin miqdorda oltin qazib olingan)1.
Ma’lumki, har bir mamlakat milliy iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlashda uning yoqilg’i-energetika mustaqilligi katta ahamiyatga ega. Respublikamiz bu borada yirik tabiiy gaz konlariga ega. Ular asosan Qashqadaryo viloyatida (SHo’rtang, Muborak, Uchqir, SHo’rxok, Zevardi va b.) joylashgan. Buxoro viloyatida ham tabiiy gaz konlari mavjud (Qandim va b.), biroq ularning ko’pchiligini zahiralari tugash arafasida.
Ayni vaqtda Ustyurtda yangi-yangi gaz konlari topilmoqda. Ularning eng yirigi Surg’il koni hisoblanadi.
Garchi dastlabki neft konlari Farg’ona vodiysida ochilgan bo’lsada (masalan, SHo’rsuvda 1886 yilda), hozirgi kunda uning ham asosiy zahiralari Qashqaryoda viloyatiga to’g’ri keladi. SHuningdek, bu yerda eng katta kon Ko’kdumaloq sanalanadi va uning asosida Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi qurilgan.
Neft konlari Surxondaryoda (Hovdog’, Ko’kaydi, Lalmikor), Farg’ona vodiysida (Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Mingbuloq va h.k.). Qoraqalpog’iston Respublikasida (Oqsholoq, O’rga, SHoxpaxti va b.) mavjud. Ustyurt platosi, Orol ko’li akvatoriyasi va unga tutash hududlarda yangi neft konlarini aniqlash bo’yicha hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda (“Lukoyl” kompaniyasi) geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bunday ishlar Surxondaryo viloyatida Malayziya va Eron mamlakatlari bilan birgalikda ham amalga oshirilmoqda.
Respublikada ko’mir konlari geografiyasi nisbatan keng tarqalmagan. Katta zahiraga ega bo’lgan Angren konida (2 mlrd t.) qo’ng’ir ko’mir asosan ochiq usulda qazib olinadi va u ko’proq issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatiladi. Toshko’mir konlari esa Surxondaryo viloyatida – SHarg’un va Boysun (To’da) konlaridan olinadi.
Yoqilg’i resurslariga baho berganda quyidagi xulosa chiqarish mumkin: tabiiy gaz bilan mamlakatimiz yaxshi ta’minlangan va u eksport ham qilinadi; neft zahiralarini ko’paytirish kerak; ko’mir zahiralari esa uncha yuqori sifatli emas va ularning sanoat ahamiyati kamroq.
O’zbekistonda temir ruda zahiralarining ham sanoat ahamiyati cheklangan. Bunday konlar Qoraqalpog’istonning Sulton Uvays tog’ida (Tebinbuloq) hamda Toshkent (Temirkon) va Navoiy viloyatlarida (Surenota) topilgan. Volьfram zahirasiga esa respublikamiz birmuncha boy. Uning asosiy konlari Qo’ytosh, Ingichka, Yaxton, Sargardon, Langar va boshqalardir. Marganets Samarqand viloyatida, molibden koni Hisor, Nurota va CHotqol tizmasida topilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz oltin, mis, kumush, qo’rg’oshin zahiralari bo’yicha ham ajralib turadi. Oltinning eng yirik koni Muruntov va Ko’kpatas hisoblanadi. SHuningdek, Marjonbuloq, Qizilolma, CHodoq, Zarmetan kabi oltin konlari ham mavjud. Jami oltin zahirasining 4/5 qismidan ko’prog’i Markaziy Qizilqumda joylashgan; hozircha respublikada aniqlangan oltin konlarining taxminan 1/4 qismi, o’rganilgan konlarning yarmiga yaqini ishlatilmoqda, xolos.
Mis Olmaliq atrofida (Qalmoqqir, Dalьnoe, Sarichek), polimetal rudalar (Xonjiza, Uchquloch, Lashkarak) zahiralari ham katta sanoat ahamiyatiga ega. SHu bilan birga, respublikada qo’rg’oshin, qalay, vismut konlari ham bor, alyuminiy xom ashyosi – kaolin esa Angren qo’ng’ir ko’mir qatlamlari orasida juda katta zahiralarga ega. O’zbekiston uran konlariga boy; uning asosiy konlari Markaziy Qizilqumda, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan.
Mamlakatimizda turli tog’ kimyosi xom ashyolarining katta zahiralari mavjud. Ular eng avvalo Tubekatan kaliy, Xo’jaikon osh tuzi, Boybichekan tosh tuzi hamda Qoraumbet, Borsa Kelmas, Qo’ng’irot yaqinidagni turli tuz konlaridir. Fosforitning yirik zahirasi Navoiy viloyatida – Markaziy Qizilqumda topilgan va undan hozirgi paytda foydalanilmoqda.
O’zbekistonda har xil qurilish materiallari – qum, gips, granit, marmar konlari bor. Marmar Samarqand, Qashqadryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog’istonda qazib olinadi (G’ozg’on, Langar, Omonqo’ton, Kitob va b.). Nometal foydali qazilmalar – flyuorit, dala shpati, grafit, asbest, talьk, bentonit gillarining ham zahiralari mavjud.

Download 29,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish